L.N. Tolstoy aytgan: “Maishiy turmushga bag‘ishlangan barcha asarlarda voqealar rivojlanib borib u bilan tugaydi. Ammo hayotda esa hamma voqealar undan keyin boshlanadi”. Tolstoy nimani nazarda tutgan?
Javob: To'y
Bir quruvchi bir uyni 30 kunda qurib bitirdi. Ikkinchi quruvchi shu uyni 20 kunda qurdi. Ikkala quruvchi baravariga ishlashsa necha kunda uyni bitirishadi?
1/30+1/20=1/x x=12kun
1 daqiqada 2 marta, 1 soatda 1 marta, 1 kunda topib boʻlmaydigan narsa nima?
A harfi
XX asrdagi yillar ichida bir yil borki uni teskari qilib qoʻysangiz ham shakli va qiymati oʻzgarmaydi. Bu qaysi yil?
1961
U tartib boʻyicha toʻqqizinchida turadi, lekin uning nomi lotincha boʻlib tarjimasi yettinchi degan maʼnoni bildiradi.Bu nima?
Sentyabr
Qalam-rbmbn
Daftar-ebgbs
Kitob-ljupd
Sumka-?
Sumka-tvnlb
Alifboda oʻzidan keyin keladigan harflarning yozilishi
Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas.
Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas.
U nima?
Musiqa
Ona tiliga qiziquvchilar uchun savol:
Yalqov,tanbal,dangasa,
Sen emasmi Mirolim?
Oʻqib keldim domlajon,
Bular bari ..........
Nuqtalar oʻrnida qaysi soʻz boʻlishi kerak edi?
Sinonim.Izoh: Yalqov,tanbal,dangasa soʻzlari sinonim hisoblanadi.
Piterdagi dastlabki ajraluvchi mostlardan biri A.D.Menshikov tomonidan qurilgan bo'lib, undan o'tish pullik edi. Piyodalardan 1 tanga, otliqlardan 2 tanga, aravalardan 5 tanga olingan.
Diqqat savol: Eng baland narx bir rubl nimalardan olingan?
Kemalardan
Bir maktab o'qituvchisining e'tirof etishicha, o'quvchilarning yozma ishlarini tekshira turib, ular tomonidan qilingan bir imloviy xatoni ko'rib, “huddi arablarga o'xshab yozibdi” deb xazil qilar ekan.
Diqqat Savol: Agar bu xatoni o'ngdan chapga yozishga aloqasi bo‘lmasa, unda qanday xato haqida gap ketmoqda?
Yangi gapni bosh xarf bilan emas, kichik xarf bilan boshlagan o'quvchilarni ko'rganda, "xuddi arablarga o'xshab yozibdi" deb xazil qilar ekan. Sababi, bilasizki arab yozuvida bosh xarflar bo'lmaydi.
Qadimdan bizgacha yetib kelgan lotin aforizmiga koʻra – "Siz haqiqatni soʻzlasangiz, "X"ning keragi yoʻq!"
Diqqat Savol: Aforizmda keltirilgan "X" kim?
Guvoh
Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo, bir kitob yozdi va ingliz tiliga tarjima qildirib Britaniyaga sotuvga qo'ydi, biroz vaqt o'tgach, sotuv qanday ketayotganini tekshirish maqsadida kitob sotuvchiga xat yozdi va o'z xatida sotuvchining intellektual salohiyatini ham tekshirib ko'rmoqchi bo'ldi, xatni kod orqali yozdi, shundan keyin kitob sotuvchi ham Viktor Gyugodan qolishmagan holda, kitobning juda yaxshi sotilayotganini aytib javobini kodli tarzda qaytardi, uning xati birgina "!" belgisidan iborat edi.
Diqqat savol: Viktor Gyugoning xati qanday bo'lgan?
"?" belgisi edi.
Aytaylik, sizda ham menda ham bitta olma bor. Biz olmalarni almashsak, baribir har birimizda bitta olma bo‘ladi.
Agar, sizda ham menda ham bitta g‘oya bo‘lsa, ularni almashsak har birimizda ikkitadan g‘oya bo‘ladi.
Diqqat Savol: Biz u narsalarni almashsak, ikkalamizda ham qolmaydigan narsani yozing.
javob: sir
Peshonasida bitta ko'zi bor bu so‘qirga odamzotning bir umr ishi tushadi. U huddi ko'zi ojizlardek qadamini o‘ylab bosadi, uni kimdir yetaklab yuradi. Yo‘qsa egnida bir parcha ham kiyimi yo‘q holda muzdek bo‘lib yotaveradi. Uning xizmatidan bahra olmagan bironta ham odam yo‘q. Qizig'i rivojlanish eng oliy cho'qqiga chiqqan davrda ham u bir xil bo'lib qolaveradi.
Diqqat Savol: O‘sha predmetning nomi nima?
igna
Choʻponlar qoʻylarini haydash va oʻzini himoya qilish uchun turli xil daraxtlardan tayoqlar qilishadi, lekin choʻponlar ichida eng ko‘p tayoq tayyorlanadigan daraxt bu zarang. Birinchidan zarang qattiq, juda mustahkam, osonlikcha sinmaydi lekin bu uning choʻponlar orasida mashxur boʻlishining asosiy sababi emas.
Diqqat Savol: Nega choʻponlar oʻzlari bilan zarang daraxtidan tayyorlangan tayoqlarni olib yurishni moʻqul ko‘radi?
Javob: Qo‘lni terlatmaydi.
Bundan taxminan 10 yillar oldin Azarbayjonlik bir guruh tadbirkorlar O'zbekistonga kelib o'sha paytga nisbatan ancha oldin chop etilgan xususiy va hukumat gazetalarini katta hajmda sotib olib ketishgan. Biznikilar hayron!
"Baribir eski gazeta-ku, soqqani qilamiz" deb qaysidir ma'noda Azarbayjonlik tadbirkorlarga juda katta mablag‘ ishlab olishiga o‘zlari bilmagan holda yordam berishgan.
Diqqat Savol: Azarbayjonlik tadbirkorlar qanday qilib katta mablag‘ ishlab olishgan?
Gazetalarga mevalarni o‘rab, Yevropaga exsport qilishgan.
Izoh: O‘sha paytda salofanlar bo‘lmaganmi?
Bo‘lgan. Lekin Yevropaliklar aynan O‘zbekistonning mevalarni qimmatga olishardi. Qadoqqa qarashsa O‘zbekcha yozuvli gazetalar bo‘lgan. Ya'ni ular mevani O‘zbekistonniki deb sotishgan.
U bugungi kunga kelib butun dunyoga ma'lum bo'lib ulgurgan. Marhum adib To'g'ay Murod u haqida "Oydinda yurgan odamlar" qissasida: "U elimiz tarixi, unda elimiz kechmish tarixi bor, fojialari bor" — degan. Boshqa bir maqolada esa u "O'zbek xalqining qalb xaritasi" deyilgan.
Diqqat Savol: U nima?🤔
javob: Atlas
Donetsklik shifokor Andrey Mazur o’zining Kesha laqabli to’tiqushiga 3 xil tilda bir necha so’z va raqmdan iborat bo’lgan bir jumlani yodlatgan. U har doim bu jumlani takrorlashga
o’zining to’tiqushini o’rgatgan. Bir kun kelib buni foydasi tegib qolishiga Mazur ishonadi. Savol
quyidagicha, u to’tiqushiga bir necha so’z va raqamdan iborat bo’lgan qanday jumlani yodlatgan?
Javob: U to’tiqushiga o’zining uy adresini yodlatgan. Agarda to’tisi yo’qolib qolsa topib olgan
odamlar unga oson qaytarib olib kelishi uchun.
Алломалар учун илм-фанни эгаллашдан ташқари яна бир масъулиятли, айни
пайтда жуда зарур бир жараён борки, бу ҳақда Ибн Сино ҳазратлари шундай ёзганлар:
Рақибларимдан менинг бир устунлигим, эринмай у ишни қилганимдур. Улар ғафлат
уйқусида ётганларида мен машаққат билан у ишни бажарганман. Ҳурматли
билимдонлар, айтингчи алломанинг буюклиги, рақибларидан устунлиги нимада бўлган?
Javob: Ҳозирги пайтда унингсиз биронта илмий иш ҳисобга ўтмайди. 1000
йил олдин Ибн Сино ҳазратлари бошқа олим ва табиблардан устунлик жойлари барча
муолажа ва мулоҳазаларни қоғозга туширганларида бўлган. Бу оддий ҳақиқатни илғай
билганлари учун бутун дунёда у кишининг таълимотлари ҳукмрон
Ўзбек халқ мақолларидан бирини эшитинг:
Илон қувса ўрга қоч
... қувса гўрга қоч – деган.
Илон ўрга, яъни тепаликка яхши ўрмалай олмас экан, шунинг учун. Мақолни 2-
қаторидаги ҳайвон унча-мунчага қувламайди, аммо бир қувиш қилса, жаҳл отига минса
ундан қочиш амру маҳол. Аммо қабристонга кириб олсангиз, марра сизники, уни
шиддат отидан тушира оласиз. Савол: 2-қатордаги номи келтирилган ҳайвонни топинг.
Жавоб: У унча-мунчага қутуравермайди. Аммо бир қутурса, ундан қочиб
қутулиш амри маҳол. Аммо у дўнг жойларда яхши ҳаракат қила олмайди, ноқулай
аҳволда қолиб, чопиб олмай қолади. Мақолни тўлиғлигича ўқийман:
Илон қувса ўрга қоч
Туя қувса гўрга қоч.