1-Jamoa
2-Jamoa
3-Jamoa
4-Jamoa
5-Jamoa
100

O‘smirlik davri qaysi yosh oralig‘ini o‘z ichiga oladi?

O‘smirlik davri 10–11 yoshdan 14–15 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

100

O‘smirlik davriga o‘tish ko‘pincha nechanchi sinfdan boshlanadi?

Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish 5-sinfdan boshlanadi.

100

Qiz bolalar o‘smirlik davrida o‘rtacha necha sm o‘sadi?

Qiz bolalar o‘rtacha 5–7 sm o‘sadi.

100

O‘g‘il bolalar o‘rtacha necha sm o‘sadi?

O‘g‘il bolalar o‘rtacha 5–10 sm o‘sadi.

100

O‘smirlik davri nechta bosqichga bo‘linadi?

O‘smirlik davri ikki bosqichga bo‘linadi: kichik o‘smirlik va katta o‘smirlik davri.

200

O‘smirlik davri qanday davr hisoblanadi?

O‘smirlik — bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi.

200

O‘smirlik davrida qanday fiziologik o‘zgarishlar yuz beradi?

Bu davrda bo‘y tez o‘sadi, jinsiy yetilish boshlanadi, ichki sekretsiya bezlari faoliyati kuchayadi, yurak-qon tomir tizimida o‘zgarishlar kuzatiladi.

200

Qaysi bez faoliyati bu davrda faollashadi?

Gipofiz bezining faoliyati faollashadi va boshqa bezlar ishini kuchaytiradi.

200

O‘smirlar o‘zlarini qanday tutishga harakat qiladilar?

O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar va mustaqillikka intiladilar.

200

O‘smirlik davrida yetakchi faoliyat turlari qaysilar?

O‘qish, muloqot va mehnat faoliyati yetakchi faoliyat hisoblanadi.

300

O‘smirlik davri nega inqiroz davri deb ataladi?

Chunki bu davrda keskin fiziologik va psixologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, o‘smir o‘z o‘rnini topa olmay psixik portlashlar va ziddiyatlar yuzaga keladi.

300

O‘smirlar nima sababdan tengdoshlariga ko‘proq ishonadilar?

Chunki ular tengdoshlari orasida o‘zini erkin his qiladi, shaxsiy fikrlarini bemalol bildiradi va kattalarning aralashuvini yoqtirmaydi.

300

O‘smirlik davrida diqqat qanday o‘zgaradi?

Ixtiyorsiz diqqat ustun bo‘lgan davrdan farqli ravishda o‘smirlikda ixtiyoriy diqqat rivojlanadi va o‘smir o‘z diqqatini boshqara oladi.

300

O‘smirlik davrida xotira qanday rivojlanadi?

Mantiqiy xotira jadal rivojlanadi, mexanik xotira esa sustlashadi.

300

O‘smirlik davrida charchash qaysi yoshlarda kuchayadi?

13–14 va 16 yoshlarda charchash keskin kuchayadi. 

400

O‘smirlik davrida motivatsion soha qanday rivojlanadi?

O‘smirlar do‘stlik, o‘rtoqlik va o‘zaro yordamlashuvni yuqori qadrlaydilar. Ular mustaqillikka intiladilar, boshqalardan ajralib turishni xohlaydilar, lekin kuch-quvvatlarini qayerga yo‘naltirishni har doim ham bilavermaydilar.

400

O‘smirlik davrida do‘stlikning ahamiyati nimada?

Do‘stlik o‘smir uchun eng muhim ijtimoiy munosabat bo‘lib, ular sirlarini ko‘proq tengdoshlariga ishonadilar va o‘z shaxsini erkin namoyon qiladilar.

400

O‘smirlik davrida tafakkur qanday rivojlanadi?

Nazariy tafakkur rivojlanadi, isbot va dalillar bilan fikrlash kuchayadi, deduktiv xulosa chiqarish qobiliyati paydo bo‘ladi.

400

O‘smirlik davrida shaxsiy kattalik hissi nimani anglatadi?

O‘smir o‘zini bolalardan ajratib, kattalar olamiga mansub deb his qiladi va mustaqil bo‘lish huquqini talab qiladi.

400

Salbiy xulq-atvor sabablari nimaga bog‘liq?

Ijtimoiy sharoit, tengdoshlar ta’siri, maktab va oiladagi munosabatlarga bog‘liq.

500

O‘smirlik davridagi biologik va psixologik o‘zgarishlar o‘zaro qanday bog‘liq?

Jinsiy yetilish va endokrin tizimdagi o‘zgarishlar organizmning tez o‘sishiga olib keladi. Bu biologik o‘zgarishlar o‘smirning psixikasida ham tub burilish yasab, hissiy beqarorlik va mustaqillikka intilishni kuchaytiradi.

500

O‘smirlik davri inqirozining sabablari nimada?

Keskin fiziologik o‘zgarishlar, o‘z o‘rnini topa olmaslik, kattalarga qarshi ichki ziddiyat va yangi ijtimoiy talablar inqirozni yuzaga keltiradi.

500

Tengdoshlar ta’siri o‘smir shaxsiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Tengdoshlar o‘smir xulq-atvoriga kuchli ta’sir qiladi, ular orasida ijtimoiy fikr shakllanadi va o‘smir o‘zini baholaydi.

500

O‘smirlik davrida intellektual rivojlanish qanday namoyon bo‘ladi?

Nazariy bilimlarni egallash, mantiqiy fikrlash, dalillash, deduktiv xulosa chiqarish qobiliyatining rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladi.

500

O‘smirlik davrida emotsional rivojlanish qanday kechadi?

Ichki kechinmalar kuchayadi, hissiyotlar barqaror bo‘lmaydi, lekin katta o‘smirlik davrida iroda va o‘z-o‘zini nazorat qilish rivojlana boshlaydi.

M
e
n
u