Bosqin Sabablari
Harbiy Bosqichlar
Shaxslar va Diplomatlar
Qal'alar va Istehkomlar
Strategiya va Oqibatlar
100

Rossiya imperiyasiga O‘rta Osiyodan eng ko‘p nima kerak edi?

Paxta xomashyosi va bozor.

100

Bosqinning birinchi bosqichi nechanchi yilda boshlangan?

1847-yilda.

100

Toshkentni egallashda bosh qo'mondon bo'lgan rus generali kim?

M. Chernyayev.

100

Sirdaryo bo'yidagi qaysi qal'a Rossiya uchun asosiy tayanch punkti edi?

Oqmachit qal'asi.

100

Rossiya imperatori Aleksandr II qachon Toshkentni bosib olish haqida ko'rsatma berdi?

1859-yilda.

200

AQSHdagi qaysi voqea Rossiyada "paxta ochligi"ga sabab bo‘ldi?

Shimol va Janub o‘rtasidagi fuqarolar urushi (1861-1865).

200

To'rtinchi bosqichda (1880-1885) qaysi xalq bo'ysundirildi?

Turkmanlar.

200

Turkiston va Chimkent mudofaasiga rahbarlik qilgan Qo'qon amirlashkari kim?

Alimqul (Aliquli).

200

1852-yilda Oqmachit uchun bo'lgan birinchi jang qanday tugagan?

Podsho qo'shinlari mag'lubiyatga uchragan.

200

Rossiya nima sababdan birinchi bo'lib aynan Toshkentni egallashni rejalashtirdi?

Chunki Toshkent iqtisodiy va strategik jihatdan xonlikning eng muhim markazi edi.

300

Rossiya nima uchun aynan XIX asrning o'rtalarida bosqinni tezlashtirishga majbur bo'ldi?

Mintaqaga Angliya (Britaniya) mollarining kirib kelishi va ta'siri kuchaygani uchun.

300

Ikkinchi bosqichda (1865-1868) qaysi ikki yirik davlatga qarshi yurish qilindi?

Qo'qon xonligi va Buxoro amirligi.

300

Rossiya hududlarni o‘rganish uchun yuborgan elchilarini Pyotr I davrida kim boshqargan?

Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy.

300

"Sibir istehkom chizig'i" qaysi hududlarni birlashtirgan?


Semipalatinskdan Verniy (Almati) shahrigacha bo'lgan masofani

300

xonliklarning iqtisodiy va harbiy jihatdan zaiflashishiga ichki tomondan nima sabab bo'lgan?

Xonliklar o'rtasidagi uzoq davom etgan o'zaro urushlar, ichki nizo va ziddiyatlar.

400

Rossiya imperiyasi O'rta Osiyoni egallash orqali qaysi davlat bilan chegaradosh bo'lishga intilardi?

Afg'oniston (va u orqali Hindiston yo'nalishi)

400

Birinchi bosqich yakunida (1865) qaysi yirik shahar va qaysi gubernatorlik tashkil etildi?

Toshkent shahri egallandi va Turkiston viloyati (Orenburg general-gubernatorligi tarkibida) tuzildi.

400

1832-1844-yillar oralig'ida Buxoroga kelgan ingliz vakillari (A. Byorns, I. Volf) ning asosiy maqsadi nima edi?

 Xonliklarning siyosiy-harbiy ahvolini o'rganish va Rossiyaga qarshi ittifoq tuzish imkoniyatini ko'rish.

400

"Yangi Qo'qon chizig'i" qachon va qaysi shahar egallangandan so'ng vujudga keldi?

1864-yil kuzida, Chimkent shahri egallangach.

400

 Nima uchun Aliquli (Alimqul) o'z qo'shinini Turkistondan olib chiqib, Chimkentga chekinishga majbur bo'ldi?

N. Veryovkinning shahar va Yassaviy maqbarasini yakson qilish haqidagi tahdididan so'ng, aholini va obidalarni saqlab qolish uchun.

500

Qrim urushidagi (1853-1856) mag'lubiyat Rossiyaning O'rta Osiyo siyosatiga qanday ta'sir qildi?

 Rossiya o'z obro'sini tiklash va yo'qotishlar o'rnini qoplash uchun asosiy e'tiborini sharqqa, O'rta Osiyo xonliklarini bo'ysundirishga qaratdi.

500

1847-yildan 1885-yilgacha davom etgan bosqinning umumiy xronologik davomiyligini matnga tayanib hisoblang.

38 yil (matnda 20 yildan ortiq faol tayyorgarlik va bosqin haqida ham aytilgan).

500

 General N. Veryovkin Turkiston shahrini egallashda qanday ma'naviy "shantaj" (ultimatum) qo'lladi?

Agar shahar taslim bo'lmasa, Amir Temur tomonidan qurilgan Ahmad Yassaviy maqbarasini to'pga tutib, yakson qilishini aytdi.

500

XIX asr oxirida Toshkent shahri mudofaasi uchun nima xizmat qilgan va uning uzunligi qancha bo'lgan?

20 kilometrlik qal'a devori.

500

Irtish daryosi bo'yida 1718-yilda qurilgan istehkomlar Rossiya uchun strategik jihatdan qanday vazifani bajargan?

Ular kelgusida O'rta Osiyo ichkarisiga harakat qilish uchun "tramplin" (boshlang'ich nuqta) va chegara nazorati vazifasini bajargan.

M
e
n
u