Turizm tushunchasiga qisqa ta’rif bering.
Insonning doimiy yashash joyidan dam olish yoki biznes maqsadida 1 yildan kam muddatga sayohat qilishi.
Mehmonxonalarda "Front Office" bo‘limining vazifasi nima?
Mehmonlarni kutib olish, ro‘yxatga olish, xonalarga joylashtirish va hisob-kitob qilish.
Turistik marketingning asosiy maqsadi nima?
Turistlarning ehtiyojlarini o‘rganish va ularga mos keladigan jozibador tur-mahsulotlarni taklif qilish
Ekoturizmning asosiy tamoyili nimadan iborat?
Tabiatga zarar yetkazmaslik, atrof-muhitni muhofaza qilish va mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlash
Turistik sug‘urta nima uchun zarur?
Sayohat davomida kutilmagan kasallik, jarohat yoki baxtsiz hodisalar xarajatlarini qoplash uchun.
Turoperator va turagentning asosiy farqi nimada?
Turoperator tur-mahsulotni yaratadi (ishlab chiqadi), turagent esa uni iste’molchiga sotadi.
Mehmonxona klassifikatsiyasidagi "yulduzlar" nimani anglatadi?
Xizmat ko‘rsatish sifati, qulaylik darajasi va taqdim etiladigan xizmatlar ko‘lamini.
Turizmda "Mavsumiylik" omili nimaga ta’sir qiladi?
Turistlar oqimining yil fasllariga qarab o‘zgarishi, narxlarning ko‘tarilishi yoki pasayishiga.
Agroturizm (qishloq turizmi) nima?
Turistlarning qishloq joylarida yashab, dehqonchilik va mahalliy urf-odatlar bilan tanishishi
Viza rejimi deganda nima tushuniladi?
Davlat tomonidan chet el fuqarolarining mamlakat hududiga kirishi uchun o‘rnatilgan maxsus ruxsatnoma tartibi.
Turistik destinatsiya nima?
uristlarni jalb qiluvchi barcha zarur xizmat va qulayliklarga ega bo‘lgan geografik hudud (manzil).
Turizmda "Transfer" xizmati deganda nima tushuniladi?
Turistni vokzal yoki aeroportdan mehmonxonaga (va aksincha) yetkazib qo‘yish.
Turistik klaster nima?
Muayyan hududda turizm xizmati ko‘rsatuvchi korxonalarning (mehmonxona, transport, muzey) o‘zaro bog‘langan majmuasi.
Gastro-turizm qanday maqsadni ko‘zlaydi?
Muayyan hududning milliy taomlari, ichimliklari va tayyorlanish jarayonlarini o‘rganish va tatib ko‘rish
Turizmda "Fors-major" holatlari nima?
Inson irodasiga bog‘liq bo‘lmagan, sayohatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi favqulodda hodisalar (tabiiy ofat, urush).
"All Inclusive" tizimining ma’nosi nima?
Mehmonxonada yashash, ovqatlanish va asosiy ko‘ngilochar xizmatlar narxi oldindan to‘langan tizim
Bed and Breakfast" (BB) ovqatlanish turi nimani anglatadi
Xona narxi ichiga faqatgina nonushta xizmati kiritilganligini.
Promoushn" (Promotion) turizmda qanday amalga oshiriladi?
Reklama, ijtimoiy tarmoqlar, ko‘rgazmalar va PR-tadbirlar orqali turistik maskanni tanitish.
Ekstremal turizmga qanday sayohatlar kiradi
Hayot uchun xavfli yoki yuqori jismoniy tayyorgarlik talab qiladigan (alpinizm, dayving, rafting) sayohatlar
Gid-ekskursiyachining huquqiy maqomi qanday?
Maxsus sertifikatga ega bo‘lgan, turistlarga tanishuv xizmatini ko‘rsatuvchi va ularning xavfsizligiga mas'ul mutaxassis.
MICE turizmi deganda nima tushuniladi?
Konferensiya, seminarlar, ko‘rgazmalar va biznes uchrashuvlar bilan bog‘liq ishbilarmonlik turizmi
Turistik vaucher qanday hujjat?
Turistning barcha turistik xizmatlar uchun haq to‘laganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat.
Turizmning mamlakat iqtisodiyotiga asosiy foydasi nimada
Chet el valyutasi kirib kelishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va infratuzilmaning rivojlanishi.
Barqaror turizm (Sustainable tourism) nima?
Turizmni iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muvozanatni saqlagan holda uzoq muddatli rivojlantirish.
Turistik shartnoma nima?
Turist va turistik firma o‘rtasida xizmatlar ko‘rsatish va to‘lov shartlarini belgilovchi yuridik hujjat.