Qaysi narsa qancha ko‘p olinsa, shuncha kichrayadi?
Chuqur
Nima sababdan tun va kunduz almashadi?
Yer o‘z o‘qi atrofida aylangani uchun
Qaysi hayvon suv ichmasdan uzoq vaqt yashay oladi?
tuya
Nima uchun odam uxlaydi?
dam olish uchun
Og‘irroq qaysi biri: 1 kg temir yoki 1 kg paxta?
Ikkalasi ham teng
Nega muz suvda cho‘kmaydi?
U suvdan yengil
Qaysi hayvon kechasi faolroq bo‘ladi?
boyog'li
Elektr toki nima uchun xavfli?
Tanaga zarar yetkazishi mumkin
Qaysi narsa yuguradi, lekin yurmaydi?
Daryo
Nega Yerda hayot mavjud?
Suv, havo va qulay harorat bor
Qaysi hayvon rangini o‘zgartirib yashirina oladi?
Xameleon
Qushlar nima sababdan ucha oladi?
Qanotlari bor
Nimani sindirish mumkin, lekin ushlab bo‘lmaydi?
va'da
Yurakning asosiy vazifasi nima?
Qonni butun tanaga tarqatish
Qaysi hayvon sovuqdan saqlanish uchun qalin jun chiqaradi?
ayiq
Qaysi savolga “ha” deb javob berib bo‘lmaydi?
“Siz hozir uxlayapsizmi?”
Bir xonada 3 ta ota va 2 ta o‘g‘il bor. Nechta odam bor?kimlar?
3 ta (bobo, ota, o‘g‘il)
O‘simliklar ovqatni qanday tayyorlaydi?
Fotosintez orqali
Qaysi hayvon suvda yashab, o‘pkasi bilan nafas oladi?
Delfin (yoki kit)
Qaysi narsa og‘izsiz gapiradi?
kitob