Nega gazli ichimlik ochilganda “pishsh” degan tovush chiqadi?
Chunki ichidagi karbonat angidrid (CO₂) gazi bosimdan chiqib ketadi.
Natriy metalini qaysi olim kashf etgan?
G. Devi.
Dunyodagi eng mashhur sport turi qaysi?
Futbol
Yerga tushayotgan jismlar nima sababdan pastga tushadi?
Yer tortish kuchi (gravitatsiya) tufayli.
Odam tanasidagi eng ko‘p uchraydigan kimyoviy element qaysi?
Kislorod
Nega atir hidi uzoqdan seziladi?
Chunki hid molekulalari havoda tarqaladi (diffuziya hodisasi).
Natriyning eng ko‘p tarqalgan birikmasi qaysi?
Osh tuzi (tosh tuzi).
Basketbol savati yer sathidan qancha balandlikda joylashgan?
3 metr 5 santimetr.
Energiya yo‘qolib ketadimi?
Yo‘q, u faqat bir ko‘rinishdan boshqasiga o‘tadi (energiyaning saqlanish qonuni).
Qonda gemoglobin kislorodni qanday ushlab turadi?
Temir (Fe) atomi orqali kislorod bilan kimyoviy bog‘ hosil qilib.
Nima uchun temir zanglaydi, lekin oltin zanglamaydi?
Temir kislorod va suv bilan reaksiyaga kirishadi, oltin esa juda sust (faol emas) metall.
Kaliyning tuzlari O‘zbekistonning qaysi viloyatlarida qazib olinadi?
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida.
Tennisda “0” ochko qanday ataladi?
“Love
Nima uchun ekvatorda iqlim issiq bo‘ladi?
Quyosh nurlari ekvatorga tik tushgani uchun.
Nima uchun oshqozonda kislota (HCl) bo‘ladi?
Ovqatni parchalash va zararli mikroblarni yo‘q qilish uchun
Nega muz suvda cho‘kmaydi?
Chunki muzning zichligi suvnikidan kichik, suv muzlaganda kengayadi.
Natriy va kaliy sanoatda qanday usulda olinadi?
Suyuqlantirilgan tuzlarini elektroliz qilish orqali.
Marafon yugurish masofasi qancha?
42 km 195 metr.
Tog‘larda nima uchun havo sovuqroq bo‘ladi?
Balandlik oshgan sari havo bosimi va harorat kamayadi.
Nima uchun og‘ir metall ionlari (Hg²⁺, Pb²⁺) tirik organizmlar uchun zaharli?
Ular fermentlarning faol markazini bloklab, oqsil tuzilishini buzadi.
Kelajakda kimyo qaysi muammolarni hal qilishi mumkin?
Energiya, ekologiya, tibbiyot va yangi materiallar muammolarini.
Natriy gidroksid (NaOH) lakmusni qanday rangga bo‘yaydi?
Ko‘k rangga.
O‘zbekiston milliy futbol jamoasi qachon tashkil topgan?
1992-yil
Nima sababdan Oy Yerga qulab tushmaydi?
Markazga intiluvchi kuch va Oy aylanish tezligining muvozanatda bo‘lishi sababli.
Nima sababdan o‘simliklar qorong‘ida uzoq yashay olmaydi?
Chunki fotosintez sodir bo‘lmaydi va energiya zaxirasi tugaydi.