Davlat moliyasi nimani ifodalaydi?
Markazlashgan pul jamg‘armalarini shakllantirish, taqsimlash va sarflash bilan bog‘liq munosabatlar.
Moliya tizimi deganda nima tushuniladi?
Moliyaviy munosabatlar va institutlar yig‘indisi.
Davlat byudjeti nima?
Davlat vazifalarini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan pul jamg‘armasi.
Davlat byudjeti daromadlarining asosiy turi qaysi?
Soliq daromadlari.
Byudjetlararo munosabatlar qaysi darajada amalga oshiriladi?
Respublika va mahalliy darajada.
Davlat moliyasida nechta asosiy jarayon mavjud sanab bering?
3 ta – shakllanish, taqsimlanish, sarflanish.
Moliya tizimi nechta asosiy bo‘g‘indan iborat?
3 ta.
Davlat byudjetining huquqiy asoslari qaysilar?
Byudjet kodeksi va byudjet tizimi to‘g‘risidagi qonun.
Soliqsiz tushumlarga nimalar kiradi?
Jarimalar, davlat mulkidan tushumlar.
Mahalliy byudjetlar nimani moliyalashtiradi?
Hududiy ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarni.
Davlat moliyasining iqtisodiy mazmuniga nimalar kiradi?
Yalpi qiymatni taqsimlash, ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish, davlat boshqaruvi va mudofaani moliyalashtirish.
Davlat moliyasi tarkibiga nimalar kiradi?
Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari jamg‘armalar, davlat krediti.
Davlat byudjetining asosiy elementlari nimalardan iborat?
Daromadlar va xarajatlar.
Respublika byudjeti xarajatlarining asosiy yo‘nalishi qaysi?
Ijtimoiy soha va aholini qo‘llab-quvvatlash.
Markazlashtirilgan byudjet modeli nimasi bilan ajralib turadi?
Barcha byudjetlar yagona markazda boshqariladi.
Davlat moliyasi qaysi sohalarning rivojlanishini ta’minlaydi?
Itimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar.
Xo‘jalik subyektlari moliyasiga qaysilar kiradi?
Tijorat korxonalari, notijorat tashkilotlar va jamoat tashkilotlari moliyasi.
Byudjet tizimi nimani o‘z ichiga oladi?
Respublika va mahalliy byudjetlarni.
Grantlar va subsidiyalar nima uchun ajratiladi?
Notijorat tashkilotlar va ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun
Aralash byudjet modeli nimani anglatadi?
Markaziy va mahalliy vakolatlar taqsimlangan tizim.
Davlat moliyasi nima sababdan iqtisodiy barqarorlik vositasi hisoblanadi toliq javob bering?
U daromadlarni qayta taqsimlaydi, inflyatsiyani jilovlaydi va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Uy xo‘jaliklari moliyasi nimani anglatadi?
Aholining daromadlari va xarajatlari bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlar.
Byudjet tasnifi nimani anglatadi?
Daromad va xarajatlarning guruhlanishini.
Markazlashtirilgan investitsiyalar nimani moliyalashtiradi?
Respublika ahamiyatiga ega yirik loyihalarni.
Byudjetni boshqarishning nechta modeli mavjud va ular qaysilar?
3 ta – markazlashtirilgan model, markazlashtirishdan chiqarilgan model va aralash model.