Ekologiyada muhit deganda nima tushuniladi?
Tirik organizmlarni o‘rab turgan jamiki tabiiy ekologik omillar yig‘indisi.
Ekologik omillar nechta asosiy guruhga bo‘linadi?
3ta : abiotik biotik antropogen
Tirik organizmlar nechta asosiy hayot muhitini egallagan?
4ta
Minimum qonuni” muallifi kim va qaysi yilda ilgari surilgan?
: Yu. Libix, 1840-yil.
Ekotizim” atamasini kim va qachon fanga kiritgan?
A. Tensli, 1935-yil.
Muhit elementlari organizm hayotiga qaysi 4 jarayonga ta’sir qiladi?
O‘sish, rivojlanish, ko‘payish va tarqalish
Abiotik omillar nimani anglatadi?
Notirik tabiat omillari.
Suv muhitida yashovchi organizmlar qanday ataladi?
Gidrobiontlar.
Cheklangan ta'sir nima?
ma'lum bir hududda organizmning yashashi mumkin emasligi ma'lum boʻladi
Ekotizimda avtotrof organizmlar qanday nomlanadi va ular nima
Produtsentlar.
Organik modda hosil qiluvchi yashil o‘simliklar.
Tabiiy muhit nimalardan iborat?
Suv, havo, tuproq, quyosh, o‘simlik va hayvonlardan iborat.
Biotik omillar nimani o‘z ichiga oladi?
: Tirik organizmlarning bir-biriga ta’siri.
Tuproq muhitiga xos bo‘lgan 3 ta xususiyatni ayting.
Yorug‘lik yo‘qligi, kislorod kamligi, CO₂ ko‘pligi.
hayot tashkillashuvi nima?
Omillarning organizm hayotiy jarayonlariga, uning oʻsib rivojlanishiga, koʻpayishiga koʻrsatgan tasiri
Redutsentlar qaysi organizmlar hisoblanadi?
Bakteriyalar va zamburug‘lar.
Sun’iy muhit nima?
Inson tomonidan yaratilgan, mehnat mahsuliga asoslangan muhit.
Biotik omillarning 4 turi qanday ataladi?
Fitogen, zoogen, mikrobogen, mikogen.
Yer usti havo muhitida yashovchi organizmlar nomi?
: Aerobiontlar.
Modifikasion ta'sir
organizmlarda morfologik va anatomik oʻzgarishlar yuz beradi;
Konsumentlar hosil qilgan ikkilamchi bir halqadan ikkinchisiga o‘tish bilan oldingi mahsulotning 100 % idan qanchasini saqlab qoyadi
Taxminan 10%
“Atrof muhit” tushunchasini ekologiyaga kiritgan biolog olim kim?
Ya. Yaksol (1864–1944)
Antropogen omillar yana qanday nom bilan yuritiladi?
Texnogen
Xoʻjayin organizm bilan oʻzaro munosabatiga koʻra parazitlikning 2 turi? Va ularning tarifi
Ektoparazitlar – xoʻjayin organizm tanasining tashqi qismlarida yashaydi (bit, burga
Endoparazitlar – xoʻjayin organizmning tana boʻshligʻida, ichki organ va toʻqimalarida, hujayralarida yashaydi (bezgak plazmodiysi, askarida
Chidamlilik hududidan chiqib ketganda organizm bilan nima sodir bo‘ladi?
Nobud bo’ladi
Ekosistema nechta turga bo‘linadi va ular qaysilar?
3 ta — makro, mezo va mikroekosistema.