Sifat
Son
Olmosh
Sifat son olmosh
100

Tarkibida ot+fe‘l  qolipidagi qo‘shma sifatlarni  toping? Shirinso‘z,xushxabar ichakuzdi,chiroyli,go‘zal.

Ichakuzdi,

100

Son qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi. 

Qancha? nechta? nechanchi? 

100

Olmoshning nechta ma‘no turlari bor?

7 ta

100

Sonning nechta ma‘no turi bor?

6 ta

200

Sayroqi, kitob,sezgi,aybdor,chiroyli. 

Ushbu so‘zlardan nechtasi sifat so‘z turkumiga kiradi?Topilgan sifat turkumiga tegishli so‘zlarni ayting.

3 ta.Sayroqi,aybdor,chiroyli.

200

Taqsim sonlar qanday hosil qilinishi mumkin ? 

-tadan qo‘shimchasi yoki dona sonni takrorlash orqali.

200

Mashina o‘z-o‘zidan yurib ketdi.Ushbu gapda qaysi olmosh turi qatnashgan?

Olmosh qatnashmagan.o‘z-o‘zidan  so‘zi ibora edi

200

Ushbu qolipga mos 3 ta so‘z yozing alla+so‘roq olmoshi.

Allakim, allaqaysi,allaqachon

300

Qaysi gapda otlashgan yasama sifat qo‘llangan ?  Va otlashgan sifat aynan qaysi so‘z. 

   1.Azizbekni qulatmoq uchun avom jonlandi   

2.Sotqinga shafqat yo‘q, qo‘rqoqqa hurmat  yo‘q.

 3.Bu kengliklarda odam o‘zini ozod qushdek his qiladi. 

2.Sotqinga shafqat yo‘q, qo‘rqoqqa hurmat  yo‘q.Sotqin,qo‘rqoq so‘zlari otlashgan.

300

Sonlarning imlosi haqida aytilgan qaysi fikr to‘g‘ri emas?   

   A) qo‘shma son qismlari ajratib yoziladi.  B)  rim raqamlaridan keyin chiziqcha qo‘yiladi.   

 

 B)  rim raqamlaridan keyin chiziqcha qo‘yiladi.

300

Qaysi qatordagi gapda o‘zlik olmoshi o‘rnida kishilik olmoshini qo‘llab bo‘lmaydi?

A) Rostini aytsam, o‘zim ham unchalik yomon bola emasman. B) Qurvonbibi fotiha to‘yidan keyin biroz o‘ziga kelgan edi.

B) Qurvonbibi fotiha to‘yidan keyin biroz o‘ziga kelgan edi.

300

Hech+so‘roq olmoshi. So‘roq olmoshi+dir. Ushbu qolipga mos so‘zlarga 2 tadan misol ayting

Hech qachon, hech kim, kimdir,nimadir

400

Birinchi bo‘g‘ini tovush o‘zgarishi va takrorlanishidan sifatning qaysi darajasi hosil qilinadi ?   

Orttirma daraja

400

Hisob so‘z qatnashmagan gapni toping.  

   A)O‘zbekiston qasidasi 140 misradan iborat 

   B)Qolgin, sen uchun ikki etak paxta terib beraman

A)O‘zbekiston qasidasi 140 misradan iborat 

400

 Asosi olmoshdan yasalgan sifatlar berilgan javobni aniqlang.

A) o‘shanday, shunaqa

B) har xil, shunchaki

C) o‘zboshimcha, o'zbilarmon 

C) o‘zboshimcha, o'zbilarmon 

400

Bu dostonda shirinsuxan Navoiy umuminsoniy qadriyatlardan kelib chiqib olam va odam to‘g‘risidagi o‘zining mulohazalarini yuksak badiiy shaklda ifoda etadi. Ushbu gapda sifatning tuzilishiga ko‘ra qaysi turi ishtirok etgan?

Qo‘shma sifat

500

U tadbirkor va jasur , dono va adolatli hokim, fozil va o‘qimishli inson , ajoyib lirik  shoir , ilmning har xil sohalaridan yaxshigina xabardor bo‘lgan yetuk olim edi . 

4 ta. Tadbirkor,adolatli,o'qimishli,xabardor.

500

Ikkala maktabdan qatnashgan sakkizta o‘quvchi birinchi marta finalgacha yetib borib , minglab o‘quvchilarning olqishiga sazovor boldi . Gapda sonning qaysi turlari qatnashgan ? Va ular qaysi so‘zlar

Jamlovchi son: ikkala,dona son:sakkizta,tartib son:birinchi,chama son:minglab

500

O‘zligini anglashga bel bog‘lagan xalq buyuk ajdodlari xizmatlarini e’zozlaydi, uni hech kimga oyoqosti qildirmaydi. Ushbu gapda olmoshning ma’no jihatdan qaysi turlari ishtirok etgan?

Kishilik va bo‘lishsizlik olmoshi

500

Olmoshning barcha ma‘no turlarini yozing va misol keltiring

1.Kishilik olmoshi:men 2.Ko‘rsatish olmoshi: bu 3.O‘zlik olmoshi:o‘z. 4 Belgilash olmoshi:Har kim.5.Bo‘lishsizlik olmoshi:hech narsa.6.Gumon olmoshi:allanarsa 7.So‘roq olmoshi: kim?

M
e
n
u