Oʻzbekiston mustaqillikka qachon erishgan?
1991-yil 31-avgustda
Konstitutsiya qachon qabul qilingan?
1992-yil 8-dekabrda.
Oliy Majlis qanday organ hisoblanadi?
Parlament, ya’ni qonun chiqaruvchi oliy organ.
Mahalla institutining jamiyatdagi o‘rni qanday?
Aholini birlashtiradi va ijtimoiy masalalarni hal qilishga yordam beradi
Ommaviy axborot vositalari erkinligi nima degani?
Axborotni erkin tarqatish va fikr bildirish huquqi
Demokratik jamiyat deganda nima tushuniladi?
Xalq hokimiyati ustuvor bo‘lgan, erkinlik va tenglik ta’minlangan jamiyat.
Fuqarolik jamiyati nima?
Fuqarolar davlatdan mustaqil holda faoliyat yuritadigan jamiyat tizimi
Konstitutsiya fuqarolarga qanday huquqlar beradi?
Yashash, ta’lim olish, ishlash, so‘z erkinligi kabi huquqlarni beradi.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat vazifasi nima?
Qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish.
Saylov tizimi qanday tamoyillarga asoslanadi?
Erkinlik, tenglik va yashirin ovoz berish tamoyillariga.
Mustaqillikdan keyin davlat boshqaruvida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
Mustaqil davlat boshqaruvi shakllandi, yangi qonunlar va institutlar yaratildi.
Siyosiy partiyalar nima uchun kerak?
Fuqarolar manfaatini ifodalash va saylovlarda qatnashish uchun.
Fuqarolarning saylovda ishtiroki nima uchun muhim?
Xalq davlat boshqaruvida ishtirok etadi.
Sud hokimiyatining mustaqilligi nimani bildiradi?
Sudlar qonunga asoslanib, mustaqil qaror qabul qiladi.
Islom Karimov davrida qanday siyosiy islohotlar boshlangan?
Konstitutsiya qabul qilindi, davlat boshqaruvi tizimi yaratild
nodavlat notijorat tashkilotlari nima vazifa bajaradi?
Jamiyat muammolarini hal qilish va fuqarolar manfaatini himoya qiladi
Ko‘ppartiyaviylik tizimi nimani anglatadi?
Bir nechta siyosiy partiyalar faoliyat yuritishini bildiradi.
Inson huquqlarini himoya qilish uchun qanday islohotlar amalga oshirilgan?
Qonunlar takomillashtirildi, sud tizimi isloh qilindi.
Shavkat Mirziyoyev davrida qanday yangi islohotlar amalga oshirildi?
Ochiqlik siyosati, sud-huquq va davlat xizmatlari isloh qilindi
Davlat boshqaruvida ochiqlik nima uchun muhim?
Fuqarolar ishonchini oshiradi va korrupsiyani kamaytiradi.
Hokimiyatning nechta tarmog‘i mavjud?
3 ta: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati.
Fuqarolarning murojaat qilish huquqi qanday ta’minlangan?
Xalq qabulxonalari va onlayn murojaat tizimlari orqali.
Sud-huquq tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
Sudlar mustaqilligi kuchaytirildi, adolat tamoyili mustahkamlandi.
Demokratik islohotlarning asosiy maqsadi nima?
Adolatli, erkin va rivojlangan jamiyat qurish.
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kelajak uchun nima beradi?
Barqarorlik, taraqqiyot va fuqarolar faolligini oshiradi.