Men sizga tegishliman, lekin boshqalar meni sizdan ko'ra ko'proq narsani qiladi. Nima?
Men ismingizman
Uni hamma beradi, lekin hech kim olishni xohlamaydi. U nima?
Maslahat
Xorazm viloyatini Buxoro Respublikasida joylashgan toʻgʻrimi
Yoʻq
Qadimgi ajdodlarimiz (saklar va massagetlar) o‘g‘il bolalarni 5 yoshdan 20 yoshgacha asosiy qaysi uchta narsaga o‘rgatishgan?
Otda yurishga, kamondan o‘q otishga va to‘g‘rilikka (rostg‘oylikka
Bu qahramon o'zini eng qo'rqinchli maxluq deb hisoblaydi, lekin aslida u yashil, mehribon va botqoqlikni hamma narsadan ustun qo'yadi. Uning yonida doim tinmay gapiradigan eshak bor. U kim?
Shrek
Hamma narsani ko‘radi, lekin o‘zini ko'ra olmaydi. U nima?
Koʻz
U qanchalik ko'p bo'lsa, shunchalik kam ko'rasiz. U nima?
Qorongʻulik
Ogahiy Qirgʻiziston respublikasining Oʻsh viloyatida tugʻilgan. Bu toʻgʻrimi
Yoʻq
Zardushtiylikning muqaddas kitobi "Avesto"da inson barkamol bo‘lishi uchun qaysi uchta "ezgu" amalga amal qilishi kerakligi aytilgan?
Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amallar birligiga.
Bu yerda asosiy qahramon o‘zining yagona dushmani — o‘z akasining o‘limida o‘zini aybdor his qiladi. Taxtni qaytarib olish uchun u cho‘ldagi erkin hayotdan (Hakuna Matata) voz kechib, o‘z mas’uliyatini tan olishi kerak.
Qirol sher
Bir qadam oldinga yursangiz, orqangizda qoladigan, lekin siz bilan birga tug'ilib, birga o'ladigan narsa. U nima?
Qadam izi
Uni sotib olib bo‘lmaydi, lekin boy berish oson. U nima?
Ishonch yoki vaqtt
Munis Xorazmiy yoshlarga do‘st tanlash va nafs borasida qanday nasihatlar bergan?
Do‘st tanlashda hushyor va ehtiyotkor bo‘lishni, nafs balosidan saqlanishni, chunki nafs kishini xorlikka va obro‘sizlikka olib kelishini aytgan.
Buyuk olim Al-Xorazmiyning fikricha, talaba bilim olishda nimalarga tayanmog‘i lozim?
Shaxsiy kuzatishlariga, olgan bilimlarini amalda qo‘llashga hamda tajriba va savol-javob usullariga
Bu dunyoda hayvonlar insonlar kabi kiyingan va yashaydi. Asosiy qahramon — ayyorlikda ayblangan tulki va tartibni saqlashga uringan quyon. Ularning birlashishi jamiyatdagi stereotiplarni parchalab tashlaydi.
Hayvonlar shahri
Bir odam yomg'ir ostida ketmoqda. Uning na soyaboni, na bosh kiyimi bor. Lekin uyiga borguncha uning birorta ham sochi ho'l bo'lmadi. Bu qanday bo'lishi mumkin?
U odamning sochi yoʻq kal edi.
Keladi — lekin hech qachon yetib kelmaydi. U nima?
Ertaga
Muhammad Rizo Ogahiy tilning inson hayotidagi o‘rni va ilmning foydasi haqida nima degan?
Inson til orqali boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. Ilm esa shunday foydali xazinaki, u insonning ikki dunyosini obod qiladi.
Alpomish" dostonida yoshlar tarbiyasida qaysi insoniy fazilatlar va jismoniy sifatlar ulug‘langan?
Vatanparvarlik, xalq uchun fidoyilik, sadoqat hamda kurash va merganlik kabi jismoniy sifatlar.
Bu hikoyada o‘limdan keyingi hayot musiqalar va ranglar bilan bezatilgan. Agar tiriklar olamida seni hech kim eslamasa, sen bu dunyodan butunlay g‘oyib bo‘lasan.
Koko siri
Shunday narsani aytingki, u bir vaqtning o‘zida ham bor, ham yo‘q. Uni isbotlab bo‘lmaydi, lekin hamma u haqida gapiradi. U nima?
Kelajak
Uni butun dunyo qidiradi, lekin topgan zahoti yo‘qotadi. U nima?
Javob topilsa savol yoʻqoladi
Yusuf Xos Hojib "Qutadg‘u bilig" asarida bilim va zakovat (aql-idrok) haqida qanday fikr bildirgan?
Zakovat bor joyda ulug‘lik, bilim bor joyda esa buyuklik bo‘ladi. Bilimli va zakovatli inson o‘z tilagiga yetadi deb hisoblagan.
Shoira Nodiraning fikricha, inson boshqa mavjudotlardan o‘zining qaysi hislati bilan ajralib turadi?
Muhabbat (mehr-oqibat) bilan. Uning fikricha, muhabbatsiz kishi haqiqiy odam hisoblanmaydi.
Bu asarda asosiy qahramon — inson emas, balki "vijdon" yoki "ichki ovoz" timsolidir. U doimo sho‘x va tartibsiz qahramonning yonida yuradi, uni xatolardan qaytarishga urinadi. Eng qizig‘i, u multfilm davomida faqat bitta gapni takrorlashdan charchamaydi: "Ahil bo‘lib yashash" — bu nafaqat shior, balki najot yo‘li ekanini uqtiradi.
Leopold