Jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligida qaysi taomillar qo'llanishi mumkin?
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va Jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotishni boshlash.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini amalga oshirish muddati qancha?
3 yil
Jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi alomatlari qaysilar?
3 oy
BHM 200 baravari.
Jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomili koʻpi bilan qancha muddatga joriy etiladi?
6 oy muddatga
Jismoniy shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritish tugatilgan sanadan eʼtiboran qancha muddatda ushbu shaxs oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilganligi haqidagi faktni maʼlum qilmasdan turib oʻz zimmasiga kredit shartnomalari va (yoki) qarz shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni qabul qilishga haqli emas?
5 yil
Qanday holatlarda toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini tamomlash haqidagi ajrimni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza ko'rib chiqiladi?
Qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulki yashirilganligi yoki jismoniy shaxsning mol-mulki qonunga xilof ravishda uchinchi shaxslarga berilganligi dalillari aniqlangan taqdirda
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish jarayonida qarzdor jismoniy shaxs kreditorlar yigʻilishining roziligi bilan qanday miqdordagi bitimlarni tuzishi mumkin?
BHM 40 baravaridan oshmagan miqdordagi mol-mulkni, qimmatli qogʻozlarni, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni va transport vositalarini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita boshqa shaxsga oʻtkazish yoxud sotib olishga qaratilgan bitimlar.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini kimlar taqdim qilishi mumkin.
Qarzdor jismoniy shaxs, kreditor va moliyaviy boshqaruvchi.
Er-xotinning umumiy mulkini sotish qanday amalga oshiriladi?
Tugatish massasiga er-xotinning (sobiq er-xotinning) umumiy mulkini sotishdan tushgan mablagʻlarning qarzdor jismoniy shaxsning bunday mol-mulkdagi ulushiga muvofiq boʻlgan qismi kiritiladi, ushbu mablagʻlarning qolgan qismi qarzdor jismoniy shaxsning eriga yoki xotiniga (sobiq eriga yoki xotiniga) toʻlanadi.