Irbis qaysi hayvonning ikkinchi nomi?
Qor barsi
Baliqlarni yuragi 2xonali ,bizniki 4xonali qaysi birikuchliroq ishlaydi?
4xonali
Elekrtomanfiyligi eng yuqori boʻlgan element qaysi
Ftor
Boʻsh qoringa nechta tuxum yeyish mumkin?
Faqat bitta
Tabriklayman sizda 100ball bor
100
Jayra qaysi qoʻriqxonalarda tarqalgan?
Zarafshon, Chotqol
Oʻsimliklar havoga kislorod chiqargani uchun tepada Ozon degan qatlam paydo boʻlgan .Bu qatlam yer yuzidagi jonzotlarni nimadan himoya qiladi?
Quyosh nurlaridan .(Zararli kuydiruvchi nurlardan ).
U dunyodagi eng yengil narsa , lekin uni uzoq vaqt ushlab turishga hech kimning kuchi yetmaydi?
Oʻz nafasi
Qaysi holatda 11+3=2 boʻladi?
Soatda.(Soat 11:00ga 3soat qoʻshsangiz ,soat 2:00 boʻladi)
Samalyot AQSh va Kanada chegarasida halokatga uchradi Qonunga koʻra, omon qolganlar qaysi davlatga dafn qilinishlari kerak?
Omon qolganlar dafn qilinmaydi
Zarafshon qoʻriqxonasi va Qizilqum qoʻriqxonasini bogʻlab turuvchi bitta umumiy mashhur qush bor .Bu qush ham Zarafshon toʻqaylarida,ham qizilqum qumliklarda uchraydi.U qaysi qush?
Qirgʻuvul
Agar bir hayvon juda faol harakatdan kam harakat(passiv)hayot tarziga oʻtsa ,unda qaysi evolutsion yoʻnalish boshlanadi?
Katagenez(umumiy degenaratsiya)
Agar guruhingizda aprel oyida tugʻilgan ishtirokchi boʻlsa 300ball bor
300
Xonada 10ta sham yonim yonib turibdi.Kuchli shamol esib ,3ta shamni oʻchirib ketdi .Keyinroq yana 2tasi oʻchdi. Ertalab qarasa,nechta sham qolgan boʻladi?
5ta sham
Dunyodagi yagona toʻrt tizzali hayvon qaysi?
Fil
Tasmaniyada bu hayvon 19-asrning 40-yillarida bazan uchrab turgan yirtqichlar turkumiga kiradigan hayvon qaysi edi?
Qopchiqli boʻri
Agar hayvonning faqat rangi yoki tumshugʻi oʻzgarsa (lekin oʻzi oʻsha -oʻsha boʻlib qolsa ) bu qanday oʻzgarish?
Moslashish(Idioadaptatsiya).
Sizdan oldingi guruhga 100ball beriladi
100ball
Ikki ota va ikki oʻgʻil ovga chiqishdi Ular jami 3ta quyon turishdi, lekin har biriga bittadan butun quyon tegdi.Bu qanday boʻlishi mumkin?
Ular uch kishi boʻlgan :Bobo ,ota va nevara
Sizni shunday narsangiz borki ,undan boshqalar sizdan koʻra koʻproq foydalanishadi Bu nima?
Ismingiz
Bu qoʻriqxonalardagi oʻsadigan oʻsimliklar turlarini qoʻshganimizda 1200chiqar ekan . Qoʻriqxonalar nomini toping
Zomin,Surhon
Tabriklayman sizda 500ball bor
500
Davriy jadvaldagi elementlarning nomlanishida umuman ishlatilmagan harf qaysi?
J harfi
Siz yugurish musobaqasida qatnashyapsz.Agar siz ikkinchi oʻrindagi yuguruvchini quvib oʻtsangiz ,hozir nechanchi oʻrindasz ?
Ikkinchi oʻrinda
Uni yasagan odamga u kerak emas.Uni sotib olgan odam undan foydalanmaydi. Undan foydalanadigan odam esa uni kirmaydi.Bu nima?
Tobut