...tan...
EMBLEMA
Hayvonot olami
Ixtiro
Adabiyot
20

Bu matematik termin yunonchada "URUNMOQ" degan manoni anglatadi. TERMINning o'zini ayting.

TANgens

20

"Oyda o'tirib baliq tutayotgan bola", bu qaysi kompaniya belgisi?

Dream Works

20

"MOTODOR"ga raqib qaysi hayvon hisoblanadi.

BUQA

20

Dunyoga mashhur "Coca-Cola" ichimligi dastlab qanday maqsadda ixtiro qilingan edi.

Bosh og'rig'iga qarshi dori sifatida

20

"Robinzon Kruzo" asari (Daniel Defo) bolalar uchun ham juda qiziq. Robinzon orolda necha yil yolg‘iz yashagan? Shunchaki yilini ayting.

28 yil (28 yil 2 oy 19 kun)

40

Marvel olamidagi eng chuqur o‘ylangan, ziddiyatli va qudratli personajlardan biri. Uni shunchaki "yomon odam" deb atash qiyin, chunki u o‘zini "borliqni qutqaruvchi qahramon" deb hisoblaydi. Ikki qizi borligini ayta olamiz. Bu siyohrang maxluq ismini ayting!

TANos. (qizlari esa GAMORA va NEBULA)

40

Uning birinchi maxsuloti samolyotlar bo'lgani bois, logosida ham aynan aylanayotgan parraklarning ko'rinishi tasvirlangan deyishadi. Lekin bu qadimgi Myunxen bayrog'i hisoblanadi. Savol: LOGOTIP qanday kompaniyaga tegishli.

BMW

40

O'ZGA SAVOL

Ko‘zi miyasidan katta bo‘lgan qush.

Tuyaqush

40

Adolf Dassler qanday tikuv firmasi asoschisi xisolanadi.

ADIDAS

40

London, Beyker-strit, 221B (221B Baker Street, London). Bu qaysi mashxur detektiv Personajning manzili?

Sherlok Holms (Artur Konan Doyl)

60

Argentina va Urugvayning dunyoga mashhur milliy raqsi.

Tango

60

SIRENA unchalik chiroyli bo'lmagan maxluq ayol. Kemalarnining yuk tashishiga yordam bergan deya tariflangani uchun ham bu KOFE ishlab chiqaruvchi kompaniya kofe tashish tarixiga hurmat ramzi sifatida ushbu Ayolni o'z LOGOTIPida tanlashgan. BU qaysi kompaniya

Starbaks (starbucks)

60

Bu dengiz jonzotining nafaqat 3 ta yuragi, balki 9 ta miyasi bor, qoni ko'k rangda. Fan tilida octopussy bo'lgan bu jonzotni ayting.

Sakkizoyoq

60

KIM OSHDI SAVOL

Urush tufayli AQShdan Germaniyaga "Coca-Cola" siropini tayyorlash uchun zarur bo'lgan mahsulotlarni olib kelish to'xtab qoladi.Shundan keyin qanday maxsulot o'rinbosar qilib tayyorlanadi?

FANTA

60

Yozuvchi Alan Miln bu asardagi qahramonlarni o‘z o‘g‘lining yumshoq o‘yinchoqlari asosida yaratgan. Masalan Yo'lbars, Ayiq, Ho'tik, Kengru... Shu sababli ularning do'sti sifatida tasvirlangan  bolaga o'zining o'g'lini ismini bergan edi. Savol yozuvchi Alan Milnni o‘g‘lining ismi nima edi

KRISTOFER ROBIN (Vinni Pux)

80

O'ZGA SAVOL

Choʻqqisi uzun, kosasi nokday boʻlgan, odatda tut daraxtidan yasaladigan qadimgi Erondagi eng qadimgi cholgʻu asboblaridan biri boʻlgan. Biz odatda quloqsizlarga nisbatan aynan U ishtirok etadigan iborani ishlatamiz. U nima?

TANBUR (quloq tagida tanbur chertish)

80

Muhandis Ferrucho BUZOQ burjida tug'ilganligi uchun o'z TRAKTORLAR ISHLAB CHIQARUVCHI kompaniyasiga LOGOTIPni oʻz BURJIdan kelib chiqib tanlagan edi. SAVOL bu qaysi kompaniya

Lamborghini. (Dastlab Kompaniya traktor ishlab chiqargan)

80

Dunyoda shunday bir hayvon borki, uning barmoq izlari inson barmoq izlariga shunchalik o'xshashki, hattoki mikroskop ostida ham mutaxassislar ularni chalkashtirib yuborishi mumkin. U faqat bir qit'adagina uchraydi. 2020 ro'y bergan yong'in ularni sal qolsa qirib ham yuborar edi.

Koala

80

Robert Kornelius ismli bir kishi kamerani o'rnatib, ob'ektiv oldida bir necha daqiqa qimirilamay turib, o'zini suratga olgan. Bu ishni birinchi bo'lib qilgan Robert jarayonga biz biladigan judayam mashxur terminni ishlatdi. Bu qanday termin.

SELFIE (selfi tushish)

80

O'ZGA SAVOL


Edigey, Toshchaynar, Jamila, Duyshen, Tabiatni sevuvchi bola... bular har qaysisi bir yozuvchining asarlari bosh qaxramonlari, siz bizga asralar muallifi ismini ayting.

Chingiz Aytmatov

100

Afrikada joylashgan bu davlatning poytaxti DODOMA shaxri. Bu qaysi MAMLAKAT?

TANzaniya

100

Bu belgi kompaniyaning yerda, suvda va havoda hukmronlik qilish istagini (ya'ni motorlar ushbu uchta muhit uchun ham ishlab chiqarilishini) anglatadi. Diqqat savol Bu Qaysi kompaniya Logosi

Mercades BENZ

100

Sakray olmaydigan yagona sutemizuvchi yirik hayvonni ayting.

FIL

100

Uni XV asrda o'lchov birligi sifatida ishlatishgan, ya'ni "ARROBA" taxminan 11.5 kg. Hozirda biz uni asosan elektron qutilarda ko'ramiz. Savol bu qaysi belgi.

@ (Kuchukcha)

100

Uning tug‘ilgan kuni bo‘lgan 2-aprel sanasi butun dunyoda Xalqaro bolalar kitobi kuni sifatida nishonlanadi.

Uning "Irkit o'rdakcha", "Qor malikasi" yoki "Dyuymchaxon" kabi ertaklari bor. 

Bu qaysi yozuvchi?

Daniyalik yozuvchi Xan Kristian Anderson

M
e
n
u