Markaziy bankning asosiy vazifasi nima?
Mamlakat pul-kredit siyosatini yuritish, milliy valyuta barqarorligini ta’minlash va bank tizimini nazorat qilish.
Banklar paydo bo‘lgunga qadar aholining pul mablag‘lari qayerda saqlangan?
Ibodatxonalarda saqlangan
Qurilish bankining asosiy vazifasi nima edi?
Qurilishni moliyalashtirish va uzoq muddatli kredit berish
Qaysi valyuta “greenback” laqabi bilan mashhur?
AQSH dollari.
YaIM oshsa ham nega aholining farovonligi oshmasligi mumkin?
Daromad teng taqsimlanmasa yoki inflyatsiya yuqori bo‘lsa, o‘sish oddiy aholiga yetib bormaydi.
Markaziy bank inflyatsiyani qanday boshqaradi?
Foiz stavkalarini o‘zgartirish, pul massasini nazorat qilish va kredit siyosati orqali.
Qadimgi Gretsiyada pul almashtiruvchilar nima deb atalgan?
Trapezida deb atalgan.
Tashqi savdo banki qayerda joylashgan edi?
Moskvada joylashgan edi.
Oltin standarti nima edi?
Valyutaning qiymati oltin bilan ta’minlangan tizim
“Opportunity cost” nima?
Bir tanlov evaziga voz kechilgan eng yaxshi alternativ qiymat.
Qayta moliyalash stavkasi nima?
Bu Markaziy bankning tijorat banklariga kredit berishdagi asosiy foiz stavkasi.
Qadimgi Rimda pul almashtiruvchilar nima deb atalgan?
Mensarilar deb atalgan.
Asakabank nima maqsadda tashkil etilgan?
Avtomobil sanoati korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun
Qaysi valyuta xalqaro rezerv valyuta hisoblanadi?(kamida 3 tasini sanang)
AQSH dollari, yevro, funt sterling, yen.
Dunyoda eng past inflyatsiyaga ega davlatlardan biri qaysi?
Shveysariya.
Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilsa, iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?
Kreditlar qimmatlashadi, iste’mol va investitsiya kamayadi, inflyatsiya bosimi pasayadi.
1994 yildagi 1132 foizlik inflyatsiya 1997 yilda necha foizga tushdi?
27,6 foizga tushdi.
Jirobanklar qayerda tashkil topgan?
Florensiya va Venetsiyada tashkil topgan.
Dunyodagi eng qimmat valyuta qaysi?
Quvayt dinori.
Jahonda birinchi sug‘urta kompaniyasi qayerda va qachon paydo bo‘lgan?
Londonda, 17-asrda.
Monetar siyosat bilan fiskal siyosatning farqi nima?
Monetar siyosatni Markaziy bank yuritadi, fiskal siyosatni esa hukumat soliqlar va byudjet orqali amalga oshiradi.
1988–1990 yillarda qaysi maxsus banklar tashkil etildi?
Sanoat Qurilish banki, Agrosanoat banki, Uy-joy qurilish va ijtimoiy ta’minot banki, Jamg‘arma bank va Tashqi iqtisodiy faoliyat banki.
Amsterdamda bank qachon tashkil etilgan?
1605-yilda.
Carry trade strategiyasi nima?
Past foizli valyutada qarz olib, yuqori foizli valyutaga investitsiya qilish strategiyasi.
Dunyodagi birinchi fond birjasi qayerda ochilgan?
Amsterdamda, 1602-yilda.