Mavzu bo‘yicha taxrij manbalari
Mustaxraj va Mustadrak asarlari
Zavoidlar va "Miftoh kunuz as-sunna"
Matnga oid xususiyatlar (Mavzu‘, Qudsiy)
Sanad xususiyatlari va ahamiyati
100

Hadislarni mavzusi bo‘yicha taxrij qilish boshqa usullarga nisbatan qanday baholanadi?

Boshqa usullarga nisbatan osonroq hisoblanadi. Boshqa usullarga nisbatan osonroq hisoblanadi.

100

"Mustaxraj" (mustaxrajlar) turidagi asarning asosiy tushunchasi nimani anglatadi?

Muallif boshqa bir muhaddisning kitobidagi hadislarni olib, uning matn va tartibini o‘zgartirmagan holda o‘zining alohida sanadlari bilan rivoyat qilishidir.

100

Hadisshunoslikda "Zavoid" (zavoidlar) deb qanday kitoblarga aytiladi?

Ishonchli manbada bor bo‘lib, boshqa (asosiy) to‘plamlarda uchramaydigan ziyoda hadislar jamlangan kitoblarga aytiladi.

100

Matn va sanadning xususiyatlari asosida taxrij qilish usuli qaysi usuldan kelib chiqqan?

Hadisni uning mavzusi orqali taxrij qilish usulidan kelib chiqqan.  

100

"Latoif al-isnod" holatlaridan bo‘lgan "otasining o‘g‘lidan rivoyati"ni qaysi asar orqali taxrij qilish mumkin?

Abu Bakr Xatib Bag‘dodiyning "Rivoyat al-obo an al-abno" asari orqali.

200

Mavzu bo‘yicha taxrij qilishda foydalaniladigan manbalar necha guruhga bo‘linadi?

Uch guruhga bo‘linadi: barcha mavzularni qamrab olgan, aksar mavzularni qamrab olgan va alohida bir mavzuga bag‘ishlangan to‘plamlar.

200

"Mustadrak" (mustadraklar) asari qanday maqsadda yoziladi?

Bir muhaddis o‘zidan oldingi muhaddisning o‘z shartlariga ko‘ra kitobiga kiritmay qoldirgan hadislarni to‘ldirish maqsadida yoziladi.

200

"Miftoh kunuz as-sunna" kitobining muallifi va ilk nashr yili qaysi?

Sharqshunos olim Arent Yan Vensink (A.J. Wensinck); ilk nashri 1933-yilda amalga oshirilgan.

200

Agar hadis matnida "to‘qimalik" (mavzu‘) belgisi ko‘rinsa, qanday manbalarga murojaat qilinadi?

"Mavzuot" kitoblariga (masalan, Ali Qoriyning "Masnu‘" yoki Kanoniyning "Tanzih ash-sharia" asarlariga) murojaat qilinadi.

200

Isnod musalsal yoki mursal bo‘lsa, qanday maxsus kitoblarga murojaat qilinadi?

Musalsal bo‘lsa "al-Musalsalot al-kubro" (Suyutiy), mursal bo‘lsa Abu Dovud Sijistoniy yoki Ibn Abu Hotimning "al-Marosil" kitoblariga.

300

Muhaddislar istilohida "Jome‘" (jome’lar) deb qanday kitoblarga aytiladi?  

Aqida, hukmlar, raqoiq, odob, tafsir, tarix va siyrat kabi barcha hadis turlari jamlangan to‘plamlarga aytiladi.

300

Hokim Naysaburiyning "Mustadrak" asari qaysi ikki buyuk imomning asarlariga bag‘ishlangan?

Imom Buxoriy va imom Muslimning asarlariga bag‘ishlangan.

300

"Miftoh kunuz as-sunna" asari jami nechta asosiy manbani qamrab olgan? 

Jami 14 ta asosiy manbani (kutubi sitta, musnadlar va tarixiy asarlarni) qamrab olgan.

300

Qudsiy hadislarni taxrij qilishda qaysi mashhur to‘plamlardan foydalanish tavsiya etiladi?

Ibn Arabiyning "Mishkot al-Anvor" va Abdurrauf Munoviyning "al-Ithofot as-saniyya" to‘plamlaridan.

300

Hadis matni yoki sanadida illat yoxud mubhamlik bo‘lsa, qaysi asarlardan izlanadi? J

Ibn Abi Hotimning "Ilal al-hadis" yoki Xatib Bag‘dodiyning "al-Asmo al-mubhama" kabi kitoblaridan. 



400

"As-Sunan" (sunanlar) turidagi kitoblar odatda qaysi mavzudan boshlanadi? Asosan fiqhiy boblar bo‘yicha tartiblanib, ibodatlardan (tahorat va namozdan) boshlanadi.

Asosan fiqhiy boblar bo‘yicha tartiblanib, ibodatlardan (tahorat va namozdan) boshlanadi.

400

Mustaxraj tuzishda sanadlar bittada tutashishi lozim bo‘lgan shart qanday bayon qilingan?

Mustaxraj tuzuvchining sanadi avvalgi musannifning shayxi yoki undan yuqoridagi shayxi bilan tutashishi lozim; bunda yaqinroq shayxda birlashish imkoni bo‘lganda uzoqrog‘i tanlanmasligi kerak.

400

Imom Nuriddin Haysamiyning "Majma az-zavoid" asari qanday uslubda yozilgan?

Haysamiy bu asarni boblarga (mavzularga) ajratib yozgan.

400

Matn va sanad xususiyatlari orqali taxrij qilishda tadqiqotchidan qanday tayyorgarlik talab etiladi?

Bu usul oson emas, faqat hadis va uning ilmlari sohasida tayanch bilimlarga ega bo‘lgan tadqiqotchilargina foydalana oladi.

400

Agar maxsus kitoblarda hadis sanad va matni bilan keltirilmagan bo‘lsa, bu jarayon qanday ataladi?

Bu "taxrij" deb atalmaydi, balki "nisbat berish" (azvo) deb ataladi.

500

"Musannaf" va "Muvatto" kitoblarining o‘ziga xosligi va asosiy mazmuni nimadan iborat?

Har ikkisi fiqhiy tartibda tuzilgan bo‘lib, musannaflarda sahobalar va tobeinlar so‘zlari ham keltiriladi; muvattolar esa ko‘proq Madina ahli amaliga asoslangan rivoyatlarni qamrab oladi.

500

Hokim Naysaburiy "Mustadrak" asarida hadislarni necha turga ajratgan?

Uch turga: 1. Ikki imom yoki birining shartiga ko‘ra sahih bo‘lganlar; 2. Hokimning o‘z sharti bilan sahih bo‘lganlar; 3. Sahih bo‘lmay alohida e’tibor qaratilganlar.

500

"Miftoh kunuz as-sunna"da Sahih Muslim va Musnad Ahmad hadislarini topishda qaysi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi?

Sahih Muslimda hadis raqami orqali, Musnad Ahmadda esa sahifa va jild raqami orqali ko‘rsatib beriladi.

500

Abdurrauf Munoviyning "al-Ithofot as-saniyya" asarining o‘ziga xosligi va undagi hadislar soni qancha?

Unda 272 ta qudsiy hadis alifbo tartibida keltirilgan, ammo sanadlari ko‘rsatilmagan.

500

Sanad va matn xususiyatlariga ko‘ra taxrij qilishning asosiy ilmiy ahamiyati nimada?

Boshqa joylarda topilishi qiyin bo‘lgan hadislarni topishni osonlashtiradi va sanad hamda matnga oid nodir foydali ma’lumotlardan xabardor qiladi.

M
e
n
u