Davlat xaridlari jarayoniga doir talablar
Tender
Auksion
Davlat xaridlari aralash
Zakovat savollari
1

Davlat xaridlari jarayoni amalga oshirish qanday bosqichlarni oʻz ichiga oladi ?

davlat xaridlarini rejalashtirish;

 xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish;

 shartnomani tuzish va bajarish;

 davlat xaridlari monitoringi.

1

Tenderning ikkinchi bosqichida faqat bitta ishtirokchi qolsa qolganlari texnik bosqichdan o‘ta olmagan bo‘lsa, komissiya ushbu yagona ishtirokchini g‘olib deb e’lon qila oladimi?

Yo‘q

1

Auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon u amalga oshirilishidan kamida nechi ish kuni avval joylashtirilishi kerak.

besh ish

1

Davlat xaridlari amalga oshirish ustidan nazoratini oʻz vakolatiga kirmaydigan organ qaysi.

Hisob palatasi;

Bosh prokuraturasi;

Ichki ishlar boshqarmasi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi;

Ichki ishlar boshqarmasi

1

"Dunyo boʻylab" jurnalida yozilishicha, Samarqand palovini tayyorlash bir necha bosqichlardan iborat.Birinchi bosqich bu ishni qilishdir. Bu ishga  amal qilinmasa uning oxiri kesik bo’lishi aytib o'tilgan. 

Savol:Bu ishni bir xil harfdan boshlanuvchi 3 so'zda yozib bering.

Bismilloh bilan boshlash.

Izoh:Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Har bir ish “Bismillah” bilan boshlanmas ekan, uning oxiri kesikdir”», deganlar.

2

Kelgusi yil uchun davlat xaridlarining yillik reja-jadvallari korporativ buyurtmachilar tomonidan joriy yilning nechinchi sanasiga qadar maxsus axborot portalida joylashtirish shart ?

25-dekabrga qadar

2

Tender g‘olibi deb e’lon qilingan ishtirokchi shartnoma tuzishni rad etdi. Buyurtmachi uning zakolatini ushlab qoldi. Keyinchalik zaxira g‘olibi ham shartnoma tuzishni rad etdi. Bunday holatda buyurtmachi 2-o‘rin egasining ham zaklatini ushlab qolishga huquqi bormi ?

Yo‘q, bunday huquqqa ega emas. O‘RQ-684 ning 64-moddasiga ko‘ra, shartnoma tuzish majburiyati faqat 1-o‘rin egasi (g‘olib) zimmasida bo‘ladi. Zaxira g‘olibi uchun shartnoma tuzish bu — majburiyat emas, huquqdir.

2

Auksionni oʻtkazish chogʻida ishtirokchilar auksion boshlangan paytdan eʼtiboran va u tamom boʻladigan paytga qadar narx boʻyicha qancha miqdorda  takliflar berishga haqli.

Cheklanmagan

2

Ikki bosqichli davlat xaridlarini amalga oshirish uchun eng kamida nechta aʼzodan iborat xarid komissiyasi tuziladi.

Yetti aʼzodan

2

Temza daryosi yonida joylashgan ushbu charxpalak Buyuk Britaniyadagi eng katta charxpalak hisoblanadi.Uning balandligi 135 metr bo'lib,32ta labidan iborat.O'z nomiga mos tarzda unda butun SHAHARNI KO'RISH mumkin.

Savol:Ushbu charxpalak nomini ikki so'zda yozib bering.

London ko'zi.


3

Birgalikdagi davlat xaridlari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi axborot davlat buyurtmachilari tomonidan maxsus axborot portaliga shartnomalar tuzilgan sanadan eʼtiboran nechi ish kunidan kechiktirmay joylashtilishi shart.

besh ish

3

Tender ishtirokchisi tenderda nechat taklif  berishga haqli ?

Bitta taklif.

3

Auksionning qoʻshimcha sahifasidan foydalanishda budjet buyurtmachisi auksionda qanday auksion yacheykasi orqali savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon berishi kerak.

“Mahalliy auksion”

3

Davlat xaridlarining reja-jadvali qanday maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak ?

xarid predmeti;

xarid predmetining miqdori va narxi;

xarid oʻtkaziladigan oy;

davlat buyurtmachisining nomi va manzili;

xarid predmetini moliyalashtirish manbalari va muddatlari;

tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish joyi (manzili).

3

2004-yilda 11 yoshli bolakay qo'lida ko'tarib turgan qog'ozi bilan 30million yevrolik masalani hal qiladi. Hozirda ushbu qog'oz "Old Trafford"ning muzey zalida saqlanmoqda.

 Diqqat savol: Bolakayning ismi nima ?

Rooney

4

Davlat xaridlari uchun ajratilgan mablagʻlardan foydalanish maqsadida bir nechta davlat buyurtmachisi ayni bir turdagi tovarlarning xaridini qaysi organ orqali amalga oshirishi mumkin.

Markazlashgan xarid organi

4


-4

4

Auksion yakunlanishiga 1 daqiqa qolganida ishtirokchi yangi narx taklifini kiritdi. Qonunchilik va tizim qoidalariga ko‘ra, bu holatda auksion yakunlanish vaqti bilan nima sodir bo‘ladi va bu mexanizm nima maqsadda o‘rnatilgan?

Har bir oxirgi taklifdan so‘ng auksion vaqti yana 10 daqiqaga uzaytiriladi . Bu mexanizm barcha ishtirokchilarga o‘zaro raqobat qilish uchun tengdir.

4


+4

4

U Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqda mashhur bo'lgan kaft shaklidagi tumor bo'lib, zargarlik buyumi va devorga osilgan bezak sifatida qo'llaniladi. U yomon koʻz va balolardan asraydi deb hisoblashgan.

Savol: Uning nima ekanligini ayting.

Javob :Xamsa

Qabul:Fotima qo'li 

Izoh:Xamsa arabcha besh ma'nosini beradi.Islom dinidagi bu ramz ham Xamsa deb ataladi.

5

Davlat buyurtmachisi eng yaxshi takliflarni tanlash yoki tender natijalari boʻyicha aniqlanadigan gʻolib bilan qancha muddatga hadli kelishuv tuzishi mumkin.

Bir yildan uch yilgacha

5

Tender ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash muddati takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran nechi ish kunidan oshishi mumkin emas.

Qirq besh ish kunidan

5

Tender yoki tanlovdan farqli o‘laroq, auksionda Xarid komissiyasi g‘olibni "tanlamaydi". Unda Xarid komissiyasining auksion jarayonidagi asosiy va eng mas’uliyatli vazifasi aynan qaysi bosqichda namoyon bo‘ladi?


Xarid komissiyasining eng asosiy roli auksion boshlanishidan oldin , ishtirokchilarning takliflarini ko‘rib chiqish va ularni savdolarga qo‘yish yoki qo‘ymaslik bosqichida namoyon bo‘ladi.

5

Qaysi maxsus axborot tizimi orqali budjet buyurtmachlari shartnoma asosida tovarni (ishni, xizmatni) qabul qilganligandan keyin uni bir ish kuni mobaynida maʼlumotlarni operatorga yuboradi.

DMBAT

5

AQShda 62 yildan beri yonayotgan va yana taxminan 250 yil yonishni davom etadigan bir shahar bor.Bu shaharda axlatlarni yoqib yuborish odat tusiga kirgandi,lekin  1962-yilda kutilmaganda  yong'in yaqin atrofdagi ko'mir koniga o'tib ketadi.Aytgancha Silent Hill nomli qo'rqinchli  filmning ayrim kadrlari shu shaharda olingan ekan.

Savol:Bu shaharni yozib bering

Javob:Centraila

M
e
n
u