Husayn Boyqaroning “Risola” asari kimga bag’ishlangan?
A) Otasiga B) sevimli nabirasi Mo’min Mirzoga C) Alisher Navoiyga D) bobokaloni Amir Temurga
C) Alisher Navoiyga
Amir Temur davlatida soliqlarning davlatni mustahkamlashdagi ahamiyati hisobga olinishi bilan birgalikda yana nimaga alohida e’tibor qaratilgan?
A) mamlakatda xalq farovonligini ta’minlashga B) soliq to‘lashga layoqatli soliq to‘lovchilar bo‘lishiga C) soliq to‘lovchilar manfaatini himoya qilishga D) Xazina daromadlari soliqli va soliqsiz daromadlarga ajratishga
B) soliq to‘lashga layoqatli soliq to‘lovchilar bo‘lishiga
Har bir daraja uchun o‘ta aniqlikdagi va har bir daqiqa uchun farqlarni o‘z ichiga olgan to‘rtta eng kichik raqamlar (sakkizta kasr hajmiga teng) uchun sinuslar jadvalini ishlab chiqqan olimni aniqlang.
A) Alouddin ibn Muhammad B) G’iyosiddin Jamshid C) Qozizoda Rumiy D) Mir Sayyid Sharif Sheroziy
B) G’iyosiddin Jamshid
Mirzo Ulug’bek qaysi sanada tavallud topgan?
A) 1394-yil 22-mart B) 1395-yil 20-sentyabr
C) 1394-yil 27-oktyabr D) 1377-yil 23-mart
A) 1394-yil 22-mart
Amir Temur 1405-yil 18-fevral kuni qayerga yurishi vaqtida, qahraton qishda, vafot etdi?
A) Hindistonga B) Xitoyga C) O’trorga D) Turkistonga
B) Xitoyga
Husayn Boyqaro onasining ismi kim?
A) Feruzabegim B) Nigorbegim
C) Robiyabegim D) Shodmulkbegim
A) Feruzabegim
Ulug‘bek qanday maqsadda tamg‘a solig‘ini birmuncha oshirdi? A) savdogarlarni o’z tarafiga og’dirib olish B) mamlakatda adolatli soliq siyosatini yo’lga qo’yish C) tashqi savdodan davlat xazinasiga tushadigan daromadni ko‘paytirish D) xorijiy mamlakatlar bilan savdo aloqalarini tartibga solish
C) tashqi savdodan davlat xazinasiga tushadigan daromadni ko‘paytirish
Quyidagi ma’lumotlar qaysi shaxs haqida ekanligini aniqlang.
- Eronning Kirmon shahridan bo’lgan;
- “Dori tayyorlash san’ati” asari muallifi;
- Mirzo Ulug’bek davrida Samarqanda
faoliyat yuritgan.
A) Burhoniddin Nafis ibn Avaz Hakim B) Mir Sayyid Sharif Sheroziy C) Tojiddin Hakim D) Abu Bakr Roziy
A) Burhoniddin Nafis ibn Avaz Hakim
Mirzo Ulug’bek tug’ilgan shahar bugungi qaysi davlat hududiga mos keladi?
A) Ozarbayjon B) Eron
C) Iroq D) Armaniston
B) Eron
Amir Temur barpo etgan buyuk saltanat o‘z ichiga jami nechta o‘lka va viloyatlarni olgan?
A) 25 ta B) 29 ta C) 27 ta D) 23 ta
C) 27 ta
Alisher Navoiy “Nafis majlislar” asarining qaysi majlisini Husayn Boyqaroga bag’ishlagan?
A) 1-majlis B) 8-majlis
C) 10-majlis D) 6-majlis
B) 8-majlis
Qaysi temuriyzoda shahzodalar yerlarni meros tarzida egalik qilish huquqi bilan ulashganlar?
1) Ulug‘bek; 2) Abu Said; 3) Mironshoh;
4) Shohrux; 5) Sulton Husayn; 6) Sulton Ahmad.
A) 1,3,4,6 B) 2,4,5,6
C) 1,3,5,6 D) 1,2,4,5
D) 1,2,4,5
Quyidagi ma’lumotlar Navoiyning qaysi asariga tegishli: - Navoiyning tabiblar va tibbiyot haqidagi
fikrlari bayon etilgan. - Bu asarda Navoiy tibbiyot va tabiblar masalasiga maxsus bob bag‘ishlagan.
A) “Majolis un nafois” B) “Mahbub ul-qulub”
C) “Hayrat ul-abror” D) “Xazoyin ul-maoniy”
B) “Mahbub ul-qulub”
Quyidagi bunyodkorlik ishlari MIRZO ULUG’BEK nomi bilan bog’liq? 1) Buxoro shahridagi madrasa; 2) Bibixonim jome masjidi; 3) Ko‘k gumbaz masjidi; 4) Gumbazi Sayidon majmuasi; 5) Samarqand shahridagi madrasa; 6) Ixlosiya madrasasi; 7) Chinnixona; 8) Xalosiya xonaqohi;
A) 1,3,4,5,7 B) 2,3,4,6,7
C) 1,2,5,6,7 D) 1,2,3,4,6
A) 1,3,4,5,7
Kim 1405-yilning 18-mart kuni Samarqandni egallab, o’zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon qiladi? A) Sulton Ahmad Mirzo B) Xalil Sulton Mirzo C) Sulton Husayn Mirzo D) Said Sulton Mirzo
B) Xalil Sulton Mirzo.
Husayn Boyqaro o’limidan keyin, Xuroson kim tomonidan bosib olingan?
A) Zahiriddin Bobur B) Muhammad Shayboniyxon C) Shoh Ismoil Safaviy D) Abu Said
B) Muhammad Shayboniyxon
Quyidagi soliqlar va atamalar hamda ularning izohi mos ravishda berilgan javobni aniqlang.
1) Avorizot 2) Sari shumor 3) Tamg‘a 4) Xolisa
a) savdo boji, savdogarlardan olinadigan soliq.
b) davlat xavf ostida qolib, harbiy safarbarlik e’lon c) davlat daromadlari va qilingan paytlarda yig’ilgan favqulodda soliq yerlari bilan shug‘ullanuvchi oliy mansabdorlardan iborat hay’at. d) harbiy yurishlar davrida mag‘lub etilgan aholidan olingan jizya solig‘i
A) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a
B) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c
C) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d
D) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c
D) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c
Oqsaroyga berilgan quyidagi ta’rif muallifi va asari berilgan qatorni toping. “Uning toq va ravoqlari ayiq yulduziga yetadi, binobarin, dunyoda unga teng keladigan narsani hech kim hech qachon ko‘rmagan va eshitmagan”
A) Sharafiddin Ali Yazdiy – “Zafarnoma” B) Xondamir – “Habib us-siyar” C) Nizomiddin Shomiy – “Zafarnoma”D) Klavixo – “Esdaliklar”
C) Nizomiddin Shomiy – “Zafarnoma”
Quyidagi asarlardan Yan Geveliy qalamiga mansub bo’lganlarini belgilang. A) “Astronomiya darakchisi” va “Yulduzlar jadvali” B) “Selenografiya” va “Sofistika” C) “Selenografiya” va “Metafizika” D) “Astronomiya darakchisi” va “Selenografiya”
D) “Astronomiya darakchisi” va “Selenografiya”
Kim Xalil Sultonni qo‘lga olgan Amir Xudoydod qo‘shinlarini yengdi va Xalil Sultonni asirlikdan ozod qiladi? A) Mironshoh B) Pirmuhammad C) Shohrux D) Sulton Husayn
C) Shohrux
Husayn Boyqaro va Usmonli davlati o’rtasidagi munosabatlar haqida qaysi ma’lumot xato berilmoqda? A) Turkiyadan kelgan elchilarni Boyqari
hurmat bilan kutib olgan B) Turkiaydan Xurosonga Pahlavon Muhammad ismli elchi 4 ta hamrohi bilan kelgan C) Usmonli hukmdorga yozgan maktublarini “Abul G’oziy Sulton so’zimiz” jumlasi bilan boshlagan D) Usmonli davlatiga hurmat bilan, yaxshi aloqalar o’rnatish uchun Alisher Navoiyni yuboradi
D) Usmonli davlatiga hurmat bilan, yaxshi aloqalar o’rnatish uchun Alisher Navoiyni yuboradi
Temuriylar davri yer egaligi tizimiga oid ma’lumotlarni tahlil qilib, NOTO’G’RI berilgan ma’lumotni aniqlang. A) Temuriylar davrida davlat yerlarini suyurg‘ol tarzida in’om qilish ham keng tarqalgan. B) Ayrim temuriyzodalar yoki uluslarni boshqargan shahzodalar yerlarni meros tarzida egalik qilish huquqi bilan ulashganlar. C) Suyurg‘ol egasi markaziy hukumatga bo‘ysunmagan taqdirda suyurg‘ol huquqidan mahrum bo‘lardi. D) Mulki vaqf yerlarining katta qismi ma’muriy, harbiy va diniy arboblarning tasarrufida bo‘lgan.
D) Mulki vaqf yerlarining katta qismi ma’muriy, harbiy va diniy arboblarning tasarrufida bo‘lgan.
Quyidagi ma’lumotlardan Ali Qushchigaoid bo’lganlarini belgilang.
1) Bir daqiqa uchun farqlarni o‘z ichiga olgan to‘rtta eng kichik raqamlar uchun sinuslar jadvalini ishlab chiqdi; 2) Astronomik fizikani tabiiy falsafadan mustaqil ravishda o‘rgandi; 3) Samarqanddagi “Dor ush-shifo”ga rahbarlik qildi; 4) Astronomiyaning falsafaga taxminiy bog‘liqligi to‘g‘risidagi risola yozdi; 5) O’z asarida Yerning aylanishini asoslash uchun empirik dalillarni keltirdi; 6) Shohrux Mirzo va Gavharshodbegim tomonidan qo‘llab-quvvatlangan;
A) 1,5,6 B) 1,3,6 C) 2,4,5 D) 2,4,6
C) 2,4,5
Quyidagilardan NOTO’G’RI ma’lumot berilgan javobni aniqlang.
A) Shohrux vafotidan so’ng uning taxtini nabirasi Alouddavla egallaydi B) Aloudavla bilan sulh shartiga ko’ra Ulug‘bek esa Hirot va Xurosonga bo‘lgan da’vosidan voz kechadi C) Tarnob yaqinida Ulug’bek bilan Abdulatif va Aloudavlaning qo’shinlari to’qnashadi D) Xuroson taxtiga Ulug‘bek o‘tirishi kerak edi chunki u valiahd etib tayinlangan
D) Xuroson taxtiga Ulug‘bek o‘tirishi kerak edi chunki u valiahd etib tayinlangan
Quyidagi voqealarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring.
1) Pirmuhammad vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo‘lida halok bo’ldi; 2) Shohrux Amudaryodan o‘tib, Samarqand sari yurish qiladi; 3) Amir Xudoydot Xalil Sulton qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratib, o‘zi asirga oldi; 4) Qoraqo‘yunli turkmanlarning qabila boshlig‘i Qora Yusuf bilan bo‘lgan jangda Mironshoh halok bo‘ldi; 5) Samarqand yaqinidagi Qizilravot mavzeyida Shayx Nuriddin bilan Mirzo Ulug’bek o’rtasida jang bo’lib o’tdi.
A) 4,1,3,2,5 B) 1,4,2,3,5 C) 1,4,3,2,5 D) 3,2,1,5,4
C) 1,4,3,2,5