Pulning o‘z vazifalarini bajarish jarayonidagi to‘xtovsiz harakati nima deb ataladi?
Pul muomilasi
Pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi nima deb ataladi?
Inflyatsiya
Budjet taqsilligi nima?
Bu davlat xarajatlari daromadlardan oshib ketganda yuzaga keladigan holat.
Ishchi kuchi nima?
Insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari yig‘indisi nima deb ataladi?
2008-yildagi jahon moliyaviy inqirozi dastlab qaysi davlatda va qaysi bozorda boshlangan edi?
AQShda, ipoteka (uy-joy krediti) bozorida
Muomaladagi qog‘oz va metall pullarni o‘z ichiga oluvchi pul agregati qaysi?
M0 agregrati
Inflyatsiya ilk bor qaysi tarixiy davrda muomalada qog‘oz pullarning haddan ortiq ko‘payishini ifodalash uchun qo‘llanilgan?
1861–1865 yillardagi Shimoliy Amerika fuqarolar urushi davrida.
Soliq nima?
Bu davlat tomonidan majburiy ravishda undiriladigan to‘lov shakli hisoblanadi.
Rasman ish bilan band bo‘lsada, amalda to‘liq ishlamaydigan va mehnat unumdorligi juda past bo‘lgan holat qanday ishsizlik deyiladi?
Yashirin ishsizlik
Qishloq xo‘jaligida mahsulotlarning sotilmay qolishi va fermerlarning xonavayron bo‘lishi bilan kechadigan inqiroz turi?
Agrar inqiroz
Pulning qiymatini yo‘qotishi va narxlarning umumiy oshishi bilan bog‘liq iqtisodiy hodisa nima deyiladi?
Inflyatsiya
Inflyatsiyaning qaysi turi ishlab chiqarish xarajatlari oshishi hisobiga mahsulot birligi narxining ko‘tarilishi bilan izohlanadi?
Taklif inflyatsiyasi
Laffer egri chizig‘i nima?
Bu egri chiziq soliq stavkasi va budjet tushumlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Jon Meynard Keyns nazariyasiga ko‘ra, ishsizlikning asosiy sababi nima?
Yalpi talabning yetishmasligi
Iqtisodiy adabiyotlarda "Yetarlicha iste’mol qilmaslik" nazariyasiga ko‘ra, inqirozning asosiy mexanizmi qanday tushuntiriladi?
Aholi daromadlarining katta qismini jamg‘arishga yo‘naltirishi natijasida iste’mol tovarlariga talab kamayadi, bu esa ishlab chiqarishda ortiqcha mahsulot to‘planib qolishiga va narxlarning tushib, inqiroz boshlanishiga olib keladi
Bozorda pul sifatida muomalada bo‘ladigan barcha moliyaviy mablag‘lar yig‘indisi nima deb ataladi?
Pul taklifi
Narxlar indeksi qanday iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida hisoblanadi?
Joriy davr iste’mol narxlari va bazis davr iste’mol narxlari nisbatiga ko‘ra.
Regressiv soliq nima?
Bu soliq turi daromad oshgani sari uning o‘rtacha stavkasi kamayib boradi.
Bir ishdan bo‘shab, yangi ishga joylashgunga qadar o‘tgan qisqa davrdagi ishsizlik qaysi turga kiradi?
Friksion ishsizlik
Iqtisodiy sikllarni quyoshdagi dog‘lar yoki urushlar kabi "tashqi omillar" bilan tushuntiruvchi nazariya qanday nomlanadi?
Eksternal nazariya
Bankdagi depozitlar asosida yangi pullarning ko‘payib borish jarayoni qanday nomlanadi?
Pul taklifi multiplikatori (bank multiplikatori).
Narxlarning o‘sish darajasi 200 foizdan yuqori bo‘lsa, inflyatsiyaning bu turi qanday nomlanadi va iqtisodiyotda qanday tavsiflanadi?
Giperinflyatsiya — narxlarning juda yuqori sur’atda oshishi.
Proporsional soliq nima?
Bu soliq turi barcha daromadlardan bir xil foizda undiriladi.
Ishsizlik va inflyatsiya o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni ifodalovchi chiziq qanday nomlanadi?
Fillips egri chizig’i
Agrar inqirozlarning sanoat inqirozlariga qaraganda ancha uzoq davom etishining sabablaridan biri — "erga xususiy mulk monopoliyasi" qanday salbiy oqibatni keltirib chiqaradi?
Yer rentasining doimiy o‘sib borishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qimmatlashtirib yuboradi, natijada aholining xarid qobiliyati past davrda mahsulotni sotish qiyinlashadi va inqiroz cho‘zilib ketadi