Tarkibli nomlarning ilk harfidan iborat qisqartmalar ha misollar ayting...
AQSh, BMT va ...
Feʼlning munosabat shakllariga qaysilar kiradi?
Zamon, shaxs- son, mayl
Mustaqil qoʻllana olmaydigan, gapda gap boʻlagi vazifasida kelmaydigan, oʻzining atash maʼnosiga ega boʻlmagan soʻzlar qanday soʻzlar deyiladi?
Yordamchi soʻzlar
Koʻchirma gapli qoʻshma gaplarda koʻchirma gap qanday yoziladi?
Qoʻshtirnoq ichida
Karimning jahli chiqdi, dagʻ- dagʻ qaltiray boshladi. Ushbu gapdagi taqlid soʻz va uning maʼnoviy guruhini ayting
Dagʻ- dagʻ. Holatga taqlid
AES qisqartma otining yoyilmasini ayting
Atom elektr stansiyasi
Oʻzbek tilida zamonlar nechta?
3 ta
Yalt- yult, taq- tuq qanday soʻzlar?
Taqlid soʻzlar
Xalqaro tashkilot nomidagi har bir soʻz qanday yoziladi?
Bosh harf b.n Masalan, Jahon Tinchlik Kengashi
Gulxanga tashlangan oʻtin charsillab yonmoqda. Ushbu gapda taqlid soʻz?
Bu gapda taqlid soʻz yoʻq
FVV--- bu?
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Topshiriqni bajaryapti. Ushbu gap qaysi zamonda?
Hozirgi zamonda
Qaysi mustaqil soʻz turkumida belgining darajalari haqida aytiladi?
Sifat
fan va texnologiyalar markazi, mudofaa vaziri soʻzlari toʻgʻri yozilganmi? Agar notoʻgʻri boʻlsa qanday yoziladi?
Birinchi soʻzi katta, qolganlari kichkina. Masalan, Fan va texnologiyalar markazi, Mudofaa vaziri kabi
Shildira feʼl asosidagi taqlid sizni ayting
Shildir
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining Raisi toʻgʻri yozilganmi?
Ha
Bolalar yozgi taʼtilni intizorlik bilan kutishmoqda. Ushbu gapdagi feʼl nechanchi shaxs- sonda?
III shaxs koʻplik
Bilan, uchun, kabi soʻzlari qaysi soʻz turkumi?
Yordamchi soʻz turkumidan koʻmakchi
Daraxtning shohi sindi. Ushbu gapdagi imloviy xato yozilgan sizni toping
Shohi emas, shoxi
Yarqira soʻzi qaysi guruhga mansub taqlid soʻzdan yasalgan?
Yarq holatga taqlid
FHDY . Ushbu qisqartma soʻzni yoyib ayting
Fuqarolar holatlari dalolatnomalarini yozish
Oʻqimoq feʼlini shaxs - sonda tuslab bering
Oʻqidim Oʻqidik
Oʻqiding Oʻqidingiz
Oʻqidi Oʻqidilar
U shaxs- sonda tuslanadi, 3 xil zamonga ega. Harakat va holatni ifodalaydi. Gap qaysi soʻz turkumi haqida?
Feʼl
Ikkinchi qismi atoqli otdan iborat boʻlgan otlar qanday yoziladi?
Ajratib
Shov taqlid soʻzidan feʼl yasab bering
Shov+ illa=shovullab i/u ga almashadi