Savol: Genetika alohida genlarni va ularning irsiylanishini o'rgansa, Genomika fani organizmning genetik tahliliga qanday yondashadi?
Javob: Genomika organizmning barcha genlarini (butun genomni) va ularning bir-biri bilan o‘zaro ta’sirini yaxlit tizim sifatida o‘rganadi.
Nima uchun muz suv yuzasida cho‘kmaydi?
Javob: Chunki muzning zichligi suvnikidan kichik bo‘ladi.
Savol: "Ko‘z rangidagi kutilmagan holat"
Qanday qilib ikkala ota-onasining ko‘zi jigarrang bo‘lgan oilada ko‘k ko‘zli farzand dunyoga kelishi mumkin?
Javob: Ikkala ota-ona ham ko‘k ko‘z genini yashirin (retsessiv) holda tashib yurganda
Mitoxondriya DNKsi (mtDNK) va yadro DNKsi o'rtasidagi asosiy farqlarni sanab o'ting.
javob: Shakli (halqasimon), intronlarning deyarli yo'qligi, giston oqsillari bilan bog'lanmaganligi va onalik liniyasi bo'yicha irsiylanishi.
Savol: Guruhingizdagi talabalar soni nechta kishi Real Madrid yoki Barcelonaga muxlislik qiladi?
Ustoz aytgan guruxga muxlislik qiladiganlar koʻp bolsa 100 ball...
Aftobusda keksalarga joy bermasangiz ular "Qaytar dunyo"deyishadi!
Savol:Shunda ular ham yoshligida hech kimga joy bermagani uchun aftobusda joy bermaydimi?
Javob uchun raxmat ☺️ Shunchaki kayfiyatni koʻtardik. Tabriklaymiz 200 bal hissobingizda😁
Savol: "Tana harorati" (O‘rtacha)
Inson tana harorati 36.6 C bo‘lsa-da, nega biz havo harorati 36 C bo‘lgan issiq kunda o‘zimizni noqulay va issiq his qilamiz? Vaholanki, tashqaridagi harorat tanamiz bilan deyarli teng-ku?
Javob: Inson tanasi doimiy ravishda energiya ishlab chiqaradi va ortiqcha issiqlikni tashqariga chiqarishi kerak. Agar havo harorati tana haroratiga teng bo‘lsa, issiqlik almashinuvi sekinlashadi va tana "sovishga" qiynaladi.
Savol: Nima uchun daltonizm kasalligi asosan erkaklarda uchraydi, ayollar esa deyarli hech qachon bu darddan aziyat chekmaydi (lekin tashuvchi bo‘ladi)?
Javob: Daltonizm geni X xromosomasida joylashgan. Ayollarda ikkita X bo‘lgani uchun bitta sog‘lom gen kasalni yopib ketadi, erkaklarda esa ikkinchi X yo‘q.
Endosimbioz nazariyasiga ko'ra, mitoxondriyalar qaysi qadimiy organizmlardan kelib chiqqan deb hisoblanadi?
javob: Aerob proteobakteriyalardan
"Choy va qoshiq"
Stakandagi issiq choyga kofirlangan (metal) qoshiq solib qo‘ysangiz, choy tezroq soviydimi yoki qoshiqsiz?
Javob: Qoshiq bilan tezroq. Metall issiqlikni o‘ziga olib, havoga tezroq tarqatadi (radiator vazifasini bajaradi).
Savol: Genomikada SNP (Single Nucleotide Polymorphism) tushunchasi ko'p uchraydi. Bu tushuncha genlar darajasida nimani anglatadi?
Javob: Bu genomning ma'lum bir nuqtasida faqat bitta nukleotidning o'zgarishi bo'lib, odamlar o'rtasidagi genetik farqlarning asosiy sababchisidir.
Savol: "Kavsh qaytaruvchilar" (Qiyin)
Sigir va qo‘ylar faqat o‘t yeydi. O‘tda (kletchatkada) oqsillar juda kam. Lekin bu hayvonlarning go‘shti va suti oqsilga boy.
Ular oqsilni qayerdan oladi?
Javob: Ularning oshqozonida yashovchi simbiotik bakteriyalar kletchatkani parchalaydi. Hayvon o‘tni emas, aslida o‘sha ko‘paygan bakteriyalarni hazm qilish orqali o‘ziga kerakli oqsillarni oladi.
Savol: Bir tuxumdan rivojlangan egizaklarning DNKsi bir xil. Nima uchun ularning barmoq izlari baribir turlicha bo‘ladi?
Javob: Barmoq izlari faqat genga emas, balki ona qornidagi atrof-muhitga (harakat, bosim) ham bog‘liq.
Mitoxondriyada transkripsiya jarayoni qayerda amalga oshadi va unda qaysi ferment asosiy rolni o'ynaydi?
javob: Mitoxondriya matriksida; mitoxondrial RNK-polimeraza (POLRMT).
Savol: "Kosmosdagi qalam"
Nima uchun kosmonavtlar koinotda oddiy qalamdan (karandash) foydalanishmaydi?
Javob: Xavfsizlik uchun. Qalam uchi sinishi va uning grafit kukunlari vaznsizlikda asboblar ichiga kirib, qisqa tutashuv berishi mumkin.
Savol: Genom (DNK) o'zgarmas bo'lsa-da, organizmning turli to'qimalarida (masalan, jigar va miya) genlarning ishlashi turlicha. Genomning ma'lum bir vaqtdagi faollik ko'rsatkichi qanday ataladi?
Javob: Transkriptom (RNK molekulalarining umumiy yig'indisi).
Savol: "Ranglar olami" (Murakkab)
Nega sut emizuvchi yirtqichlarning (masalan, yo'lbars) rangi ko'pincha sarg'ish-olovrang, ular ovlaydigan o'tхo'r hayvonlar (kiyiklar) esa rangni ajrata olmaydi va hamma joyni yashil ko'radi?
Nega yo'lbars evolutsiya davomida yashil rangga kirmagan?
Javob: Chunki kiyiklar uchun olovrang va yashil rang bitta tusda ko'rinadi (ular dikromat). Yo'lbars uchun yashil pigment ishlab chiqarish biologik jihatdan murakkab, ammo sarg'ish rang ham kiyik ko'ziga o't-o'lanlar bilan bir xil bo'lib ko'rinaveradi.
Olimlar muzlikdan topilgan mamont qoldiqlaridan DNK olib, uni fil tuxum hujayrasiga joylashtirsa, nega 100% toza mamont tug‘ilmaydi?
Javob: Chunki hujayraning mitoxondriyasidagi DNK (ona filniki) baribir saqlanib qoladi.
Polisistron transkripsiya" deganda nima tushuniladi?
javob: Bir vaqtning o'zida butun DNK zanjiridan bitta uzun RNK molekulasi sintezlanishi va keyinchalik u alohida genlarga bo'linishi
Nega nam bo‘lgan kiyim (masalan, suv tekkan ko'ylak) quruq kiyimga qaraganda to‘qroq rangda ko‘rinadi?
Javob: Yorug‘likning yutilishi. Suv qatlami yorug‘likni mato ichiga chuqurroq yo‘naltiradi, natijada ko‘zimizga kamroq yorug‘lik qaytib chiqadi.
.Savol: Inson genomining taxminan 98-99% qismi oqsillarni kodlamaydi. Ilmiy tilda oqsillarni kodlovchi va kodlamovchi DNK qismlari qanday ataladi?
Javob: Oqsillarni kodlovchi qismlar — ekzonlar, kodlamovchi (va oqsil sintezida kesib tashlanuvchi) qismlar — intronlar deb atalad
Odam vafot etganidan bir necha soat o‘tgach, uning mushaklari qotib qoladi?
Mantiqiy savol: Mushak qisqarishi uchun energiya (ATP) kerak bo‘lsa, nega energiya ishlab chiqarish to‘xtaganidan keyin mushak bo‘shashmay, aksincha qotib qoladi?
Javob: Mushakning bo‘shashishi uchun ham energiya kerak. ATP molekulasi mushak tolalarini bir-biridan ajratish uchun sarflanadi. Energiya tugagach, tolalar bir-biriga yopishgan holatda qulflanib qoladi.
Savol: "Yashash uchun kurash"
Odamlarda gemofiliya (qon oqishining to'xtamasligi) kabi og'ir irsiy kasalliklar bor. Nima uchun evolutsiya davomida bu zararli genlar butunlay yo'q bo'lib ketmaydi?
Javob: Chunki bu genlar yashirin (retsessiv) holda sog'lom odamlar orasida avloddan-avlodga "bilinmasdan" o'tib yuradi.
Mitoxondrial genetik kod yadro genetik kodidan qaysi stop-kodonlar yoki aminokislotalar bilan farq qiladi?
javob: Masalan, UGA yadroda "stop" bo'lsa, mitoxondriyada triptofanni kodlaydi; AUA esa izolaytsin o'rniga metioninni kodlaydi.
Savol: Inson tanasidagi shunday a'zoki, u tug'ilganda bo'lmaydi, o'lgandan keyin esa birinchilardan bo'lib yo'qoladi, lekin u tirikligimizda bizni butun dunyodan himoya qiladi va ovqat hazm qilishimizga yordam beradi. Bu nima?
Mikroflora