Rang nima va qanday hosil bo'ladi?
Rang quyosh nurining yoki yorug`likning ko`zimizga ko`rinishidir va quyosh nuri ta`sirida hosil bo'ladi
Xalq amaliy san`ati deganda nimani tushunasiz?
Xalq amaliy san`ati deganda ajdodlarimiz asrlar davomida yaratib kelgan hamda ustalarimiz tomnidan bugun ham davom ettirilayotgan milliy hunarmandchilik buyumlari va amalliy san`at asarlari tushuniladi.
Tabiat ko`rinishlari, daryolar, tog`lar va o`rmonlar tasvirlangan tasviriy janri nima deyiladi?
Manzara
.... so`zi lotincha "minium" so`zidan kelib chiqqan bo'lib, qadimda qo`lyozma kitoblarni bezashda ishlatilgan kichik hajmli rangli tasvirlarga aytiladi.
Miniatura
.... yunoncha so`z "qurish", "bunyodkorlik", degan ma`noni anglatadi.
Me`morchilik
Rangtasvirda 3 ta asossiy rang bo'lib, ularni boshqa ranglarni aralashtirish orqali hosil qilib bo'lmaydi?
Qizil, sariq, ko'k
Naqsh so`zining lug`aviy ma`nosi nima va uni qayerlarda uchratamiz?
"Naqsh"- arabcha so`z bo`lib, "gul va barg" degan ma`noni anglatadi. Naqshlarni yog`och eshiklarda, gilamlarda, uy-ro`zg`or buyumlarida, pardalarda va boshqa joylarda uchratamiz
Idish tovoqlar, mevalar,sabzavotlar yoki kesilgan gullar kabi jonsiz buyumlar kompozitsiyasi qaysi janrga kiradi?
Natyurmort
Hirot miniatura maktabi qaysi asrlarda Sharqqa mashxur bo`lgan?
XIV-XV asrlarda
Sharq me`morchilik san`ati namunalaridan o`zbekistonning qaysi shaharlarida bor?
Registon (Samarqand),Ichan qal`a va Ochiq osmon ostidagi muzey (Xiva), Masjidi Kalon (Buxoro), Ko`kaldosh madrasasi, Hastimom (Hazrati imom) Toshkent
Spektr ranglar qaysilar?
Kamalakdagi 7 xil ranglar: qizil, zarg'aldoq, sariq, yashil, moviy, ko'k, binafsha.
Islimiy naqsh qanday naqsh?
Egri chiziqli, o`simliksimon shaklga ega elementlardan tashkil topgan naqsh turi.
Inson qiyofasi tasvirlangan janrni nomi nima?
Portret
Kamoliddin Behzod qachon va qayerda tug`ilgan?
1455-yilda Hirotda hunarmand-kosib oilasida tug`ilgan.
Sharqona shahar tasvirini ishlash uchun qanday elementlardan foydalaniladi? Bu uslubda ishlangan tasvirlar qaysi janrga kiradi?
Qadimiy binolar elementlari: ark, peshtoq, gumbaz, minoralar, madrasa ko`rinishlaridan foydalaniladi.
Xromatik rang deganda nimani tushunasiz?Ular qaysi ranglar?
Yunoncha "chromus"(rang) degan ma`noni bildiradi. Oq, qora va kulrangdan tashqari barcha ranglar kiradi
To`g`ri chiziqli geometrik shakllardan tashkil topgan naqsh turining nomini ayting
Grixli naqsh
Bu janrda insonlarning turmush tarzi, mehnati, oila, maktab , ijtimoiy hayot jarayonlari aks ettiriladi.Qaysi janr haqida gap ketyapti?
Maishiy janr
Kamoliddin Behzod nafis, nozik bo`yoqlarda qanday elementlarni o`z asarlarida tasvirlagan?
Tabiat, hayvonot dunyosi, inson va uning hayotiy munosabatlari, me`morchilik san`ati elementlarini.
Zamonaviy binolarni qurishdan avval uning kichraytirilgan shakli , ya`ni nusxasi nima deb ataladi?
Maket
Rangtasvirdagi ishlar qanday tekis yuzalarga va qanday bo`yoqlar yordamida tasvirlanadi?
Qog`oz, devor, taxta, karton, mato kabi tekis yuzalarga akvarel, guash, akril, moybo`yoq kabi bo`yoqlar yordamida tasvirlanadi.
Murakkab naqsh turi qanday elementlarni o'z ichiga oladi?
Islimiy va grixli naqshlarini o'z ichiga oladi
Bu janrda harbiy yurishlar, jang va jang voqealari aks ettirib tasvirlanadi. bu qanday janr?
Batal janri
Kamolidin Behzod kimlarning portretlarini tasvirlagan?
Husayn Boyqaro, Shayboniyxon
Zamonaviy me`morchilikda keng qo`llaniladigan, binoning tashqi ko`rinishi butunlay oynadan iborat bo`lgan uslub qanday nomlanadi?
Xay-tek yoki Shishali fasad