O‘zbekiston Respublikasining umumiy maydoni necha kv. km?
448,9 ming kv. km
O‘zbekiston shimoldan janubga necha km masofaga cho‘zilgan?
930 km
O‘zbekiston hududi g‘arbdan sharqqa va shimoldan janubga necha kmga cho‘zilgan?
G‘arbdan sharqqa 1425 km, shimoldan janubga 930 km.
O‘zbekiston nechta davlat bilan chegaradosh
5-ta davlat
O‘zbekistonning qaysi davlat bilan chegarasi eng uzun?
Qozog‘iston bilan (2203 km).
O‘zbekistonning qaysi davlat bilan chegarasi eng qisqa?
Afg‘oniston bilan (137 km).
Maydoni jihatidan O‘zbekistonning eng kichik viloyati qaysi?
Andijon viloyati (4,2 ming km²).
O‘zbekistonning eng baland nuqtasi qaysi va u qaysi tog‘ tizmasida joylashgan?
Hazrati Sulton cho‘qqisi (4643 m), Hisor tog‘ tizmasida.
O‘zbekistonning eng past nuqtasi qaysi va u qayerda joylashgan?
Mingbuloq botig‘i (-12 m), Qizilqum cho‘lida.
O‘zbekistondagi eng yirik daryolar qaysilar?
Amudaryo va Sirdaryo.
Sirdaryo qaysi daryolarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi?
Norin va Qoradaryo.
O‘zbekistondagi eng yirik chuchuk suvli tabiiy ko‘l qaysi?
Aydarkol
Amudaryo qaysi daryolarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi?
Panj va Vaxsh.
O‘zbekiston hududida nechta davlat qo‘riqxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda?
7 ta
Dunyodagi eng yirik ekologik fojialardan biri sifatida tan olingan O‘zbekistondagi obekt qaysi?
Orol dengizining qurishi.
Aholi eng zich joylashgan viloyat qaysi?
Andijon viloyati.
Aholi eng siyrak joylashgan hudud qaysi?
Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Urbanizatsiya nima?
Shaharlar soni va ularda aholi ulushining ortishi, shahar turmush tarzining kengayishi jarayoni.
O‘zbekistondagi yagona millioner shahar (aholisi 1 mlndan ortiq) qaysi?
Toshkent shahri.
Agglomeratsiya nima?
Katta shahar atrofiga yaqin joylashgan mayda shahar va qishloqlarning iqtisodiy va madaniy jihatdan birlashishi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i nima?
Sanoat va qishloq xo‘jaligi.
Yoqilg‘i-energetika majmuasiga (YEM) qaysi tarmoqlar kiradi?
Ko‘mir, neft, gaz sanoati va elektr energetikasi.
O‘zbekistonda gaz qazib olishning asosiy qismi qaysi hududlarga to‘g‘ri keladi?
Qashqadaryo (Sho‘rtan, Muborak) va Buxoro-Xiva regioniga.
O‘zbekistondagi eng yirik Issiqlik Elektr Stansiyasi (IES) qaysi?
Sirdaryo IES (Shirin shahri yaqinida).
O‘zbekistondagi eng yirik Gidro Elektr Stansiyasi (GES) qaysi?
Chorvoq GESi (Chirchiq daryosida