Ofisda yoki uyda ishlash uchun mo’ljallangan shaxsiy kompyuter nomi
planshet
U sizga tegishli, ammo boshqalar undan sizga nisbatan ancha ko’proq foydalanishadi. U nima?
Sizning ismingiz
Kompyuterga axborotni kiritishga yordam beradigan qurilmalar nima deb ataladi?
Kirituvchi qurilmalar
50 ichida nechta o‘nlik bor?
5 ta o'nlik
Dastlabki kompyuterlardan biri qanday nomlangan?
ENIAC
Kim o’tirgan holda yuradi?
Shaxmatchi
Axborotlarni aks ettiruvchi kompyuter qurilmasi nima deb ataladi?
Monitor
Qaysi sonni teskari aylantirsangiz ham o‘zgarmaydi?
8
Dastur asosida ishlaydigan va topshiriqlarni bajaradigan aqlli mashina nima deb ataladi?
Robot
Yo’llari bor, yurib bo’lmaydi,
Yerlari bor – ekib bo’lmaydi,
yam-yashil o’tloq bor – yulishni iloji yo’q,
Dengiz, daryo ko’llari bor, ammo suvi yo’q.
Bu nima?
Xarita
Kompyuterdagi matn va rasmlarni qog'ozga chop etish imkonini beradigan qurilma nomi nima deb ataladi?
Printer
5 ta sham yonib turardi. 2 tasi o‘chdi. Xonada nechta sham qoldi?
5 ta sham qoldi
Klaviatura qanday qurilma turiga kiradi?
kiritish
Bu harf deyarli dunyoning barcha alfavitlarida 1 xil yozilishi bilan rekord o’rnatgan. bu qaysi harf?
O
Kompyuterdan axborotlarni chiqaruvchi qo‘shimcha qurilmalarni ayting.
Printer va kolonka
Qaysi oyda 28 kun bor?
Hamma oyda kamida 28 kun bor.
Ularning “qo’llari”, “oyoqlari” va “boshi” bor. Qahvaxonada mijozlarga xizmat qilishi, yordamchi bo’lishi mumkin. Qanday robotning afzalligi keltirilgan?
Gumanoid robotlar
Nima oq bo’lganda toza hisoblanadi, yashil bo’lganda tozalash kerak?
Maktab doskasi
Vaqtni, balki tana harorati, puls va qadamlar sonini ham ko'rsatishi mumkin bo’lgan qurilma nima deb ataladi?
Smart soatlar
Daraxtda 10 ta qush o‘tirgan edi. Ovchi bittasini otib tushirdi. Daraxtda nechta qush qoldi?
Hech qaysisi qolmadi, hammasi uchib ketadi.