Turkiston Muxtoriyatida kim tashqi ishlar vaziri bo'lgan?
Mustafo Cho'qay
"To'rt tomon qibla" trilogiyasi muallifi kim?
Erkin Vohidov
Toshkent shahridagi VEBSTER universiteti qaysi mamlakat bilan hamkorlikda tashkil etilgan?
AQSH
Xalq qahramoni Shiroq qaysi hukumdorga qarshi kurashgan?
Eron shohi Kir (Kambiz) ga qarshi kurashgan.
Hadislarni jamlagan buyuk muhaddis, "Al-Jome as-sahih" asari muallifini aniqlang.
Imom al-Buxoriy
Prezident Shavkat Mirziyoyev ilk bor BMTning nechanchi sessiyasida nutq so'zlagan?
72
Mirzo Ulug'bek qaysi yillarda hukmdorlik qilgan?
1409-1449
"Movaraunnahr" geografik atamasining lug'aviy ma'nosi nima?
"Daryo narigi tomoni" — ya'ni Amudaryo va Sirdaryo oralig'idagi hududni anglatadi.
Sh.M. Mirziyoyev 2003-yilda qanday lavozimga tasdiqlangan?
Bosh vazir
O'zbekistonda so'm-kupon qachon muomalaga kiritilgan?
1993-yil 15-noyabrda
O'zbekiston qachon Shanxay Xalqaro Hamkorlik Tashkilotiga a'zo bo'ldi?
2001
O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod saylovgacha necha yil davomida O'zbekiston hududida muqim yashagan bo'lishi lozim?
10 yil
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti qaysi mamlakat bilan hamkorlikda tashkil etilgan?
Italiya
Amir Temur necha yil davomida Temuriylar davlatini boshqargan?
35 yil (1370–1405)
O'zbekiston 2017-yil "Inson taraqqiyoti indeksi"da nechanchi o'rinni egallagan?
105-o'rin
Sovet Ittifoqi qachon to'la parchalanib ketgan?
1991-yil 24-dekabrda
O'zbekistonning ilk vitse-prezidenti kim edi?
Shukurillo Mirsaidov
O'zbekiston SSRda Prezident lavozimi qachon ta'sis etildi?
1990-yil 24-martda
1996-yili qaysi buyuk sarkardaning 660 yillik yubileyi xalqaro miqyosda keng nishonlandi?
Amir Temur
O'zbekiston SSR Oliy Kengashi 1990-yil 24-martda nima qildi?
O'zbekiston SSRda Prezident lavozimini ta'sis etdi va Islom Karimovni prezident etib sayladi.
Turkiston general-gubernatorligi qachon tashkil etilgan?
1867-yil
Qo'qon xonligiga asos solgan hukmron sulola hisoblangan o'zbek urug'i qanday ataladi?
Ming urug'
1993-yil sentyabrda Buxoroda qaysi mashhur shayxning 675 yillik yubileyi nishonlangan?
Bahouddin Naqshband
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi necha bosqichda amalga oshirilgan?
3 bosqichda amalga oshirilgan (1997–2001, 2001–2005, 2005–2010).
1917-yil noyabrda tashkil etilgan, milliy ozodlik g'oyalarini ifoda etgan milliy hukumatni toping.
Turkiston muxtoriyati