Pul muomalasi nima
Pulning iqtisodiyotda to‘xtovsiz harakatda bo‘lishi.
Kredit nima?
Bo‘sh pul mablag‘larini qarzga berish munosabatlari.
Bank nima?
Kredit tizimining negizini tashkil qiluvchi muassasa.
Foiz normasi nima?
Foiz daromadining qarz summasiga nisbatidir.
Pul emissiyasi nima?
Pulni muomalaga chiqarish jarayon
Pul tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan birini ayting
Milliy pul birligi.
Ipoteka krediti nima?
Ko‘chmas mulk garovi evaziga beriladigan kredit.
Bank operatsiyalari nima?
Mablag‘larni jalb qilish va joylashtirish operatsiyalari.
Likvidlik nima?
Aktivlarning naqd pulga aylana olish qobiliyati.
Pul agregati nima?
Muomaladagi pul shakllarining yig‘indisi.
Muomala uchun zarur pul miqdori nimalarga bog‘liq?
Tovarlar hajmi, narxlar darajasi va pul aylanish tezligiga.
Tijorat krediti kimlar o‘rtasida bo‘ladi?
Korxonalar va xo‘jalik subyektlari o‘rtasida.
Bank foydasi (marja) nima?
Olingan va to‘langan foizlar orasidagi farq.
Nima uchun pul mutlaq likvid hisoblanadi?
Chunki u to‘lov vositasi sifatida bevosita ishlatiladi.
Fisher tenglamasi nimani ifodalaydi?
Pul massasi, narxlar, tovar hajmi va pul aylanish tezligi bog‘liqligini.
Kredit rivojlansa muomala uchun zarur pul miqdori qanday o‘zgaradi?
Kredit hisob-kitoblari rivojlansa pulga ehtiyoj kamayishi mumkin.
Kredit resurslarining asosiy manbalaridan ikkitasini ayting.
Korxona foydasi va aholi bo‘sh pul mablag‘lari.
Bank tizimi odatda nechta bosqichdan iborat?
2 bosqichdan: Markaziy bank va tijorat banklari.
Yuqori inflyatsiyada qaysi aktivlar yuqori likvid hisoblanadi?
Barqaror chet el valyutalari va ko‘chmas mulklar.
Miqdoriylik nazariyasiga ko‘ra pul miqdori o‘zgarsa nima yuz beradi?
Tovarlar narxi va pulning xarid qobiliyati o‘zgaradi.
Agar pulning aylanish tezligi pasaysa, lekin tovarlar hajmi va narxlar o‘zgarmasa, muomala uchun zarur pul miqdori qanday o‘zgaradi?
Muomala uchun zarur pul miqdori ortadi.
Kredit munosabatlari rivojlangan iqtisodiyotda nima uchun muomala uchun zarur pul miqdori kamayishi mumkin?
Chunki to‘lovlarning bir qismi kredit asosida amalga oshiriladi va pulga ehtiyoj kamayadi.
Nima uchun ikki bosqichli bank tizimi pul-kredit tizimi barqarorligi uchun muhim hisoblanadi?
Chunki Markaziy bank pul muomalasini tartibga soladi, tijorat banklari esa kredit munosabatlariga xizmat qiladi.
Yuqori inflyatsiya sharoitida nima uchun pul mutlaq likvid vosita ustunligini yo‘qotishi mumkin?
Chunki pul qadrsizlanadi va aholi barqaror valyuta yoki ko‘chmas mulkka ko‘proq murojaat qiladi.
Fisher tenglamasiga ko‘ra iqtisodiyotda pul massasi oshib, tovarlar hajmi o‘zgarmasa qanday holat yuz beradi?
Narxlar oshadi va pulning qadri pasayadi.