Ansambl
Bir butun badiiy jamoa bo‘lib tomosha ko‘rsatadigan artistlar guruhi, jamoasi.
Chiqindi
kerakli qismi ishlatilgandan qolgan narsalar; chiqit, qoldiq.
Dastur
muayyan maqsad, ish-harakat yoki tadbirning oldindan belgilab chiqilgan yo‘l-yo‘rig‘i, uni amalga oshirishning tartibi, qonun-qoidasi; programma
Fazo
hamma tomonga cheksiz yo‘nalgan bo‘shliq, osmon, koinot
Gadjet
kichik mexanik yoki elektron qurilma yoki vosita.
Galereya
suratlar namoyish qilinadigan bino, muzey
Hovur
issiqlikdan ko‘tariladigan kuchsiz, yengil bug‘.
Infeksiya
kasallik paydo qiladigan mikroorganizmlar tufayli kasallikning yuqishi; yuqtirish.
Jug‘rofiya
geografiya fanining eski nomi.
Emlamoq
yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun odam yoki hayvon organizmiga teri orqali zardob yubormoq
Logistika
inson faoliyatining u yoki bu sohasini moddiy-texnik taʼminlashni boshqarish tizimi.
Konsepsiya
qarashlar, fikrlar yo‘nalishi tizimi; fikr yuritish, dunyoni tushunish, anglash usuli.
Munajjim
munajjimlik bilan shug‘ullangan, yulduzlarga qarab fol ko‘rgan kishi; astrolog
Muzey fondi
muzeylarda tarixiy ahamiyatga ega barcha eksponatlarning jamlanmasi.
Tatami
dzyudo kurashi uchun mo‘ljallangan tarang, elastik gilam.
Rekonstruksiya
takomillashtirish, yaxshilash maqsadida qayta qurish, yangidan qurish, butunlay yangicha tashkil qilish.
Hurkimoq
cho‘chib ketmoq (asosan hayvon va parrandalar haqida).
Kommunal
jamoa bo‘lib yashashga oid; jamoaviy
Prinsip
biror taʼlimot, dunyoqarash va shu kabilarning dastlabki, asosiy qonun-qoidasi.
Sarhad
Chegara, hudud
Bonus
500 ball
Respondent
ijtimoiy so‘rovda qatnashuvchi shaxs; anketa savollariga javob beruvchi kishi
Restavratsiya
davrlar o‘tishi bilan eskirgan va maʼlum qayta ishlashlar natijasida asl holini yo‘qotgan, buzilgan sanʼat asari yoki arxitektura yodgorliklarini, arxeologik qazilmalarni dastlabki holatiga keltirish, tiklash hamda tiklangan asarlar, narsalarning o‘zi.
Tavofut
Farq
Sanitariya
aholini, atrof-muhitni sog‘lomlashtirishga, tozalikka, gigiyenik talab va meʼyorlarga rioya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi.