Oldi-sotdi shartnomasida tovarni qabul qilish arabcha atama bilan?
qabul
Salam shartnomasi nimani anglatadi?
Javob: Keyinchalik beriladigan tovarni naqd pul evaziga sotish
Islom huquqida shirkat necha asosiy turga bo'linadi?
Javob: Ikki: milk (egalik) va aqd (shartnoma) asosida
'Bay'' so'zi qanday ma'noni anglatadi?
Javob: Oldi-sotdi (savdo)
Oldi-sotdi shartnomasida shartlar necha guruhga bo'linadi?
4 guruhga
Oldi-sotdi shartnomasini tuzishda taraflarning roziligi qanday arabcha atama bilan ifodalanadi?
Javob: Ijob va qabu
Salam shartnomasi bo'yicha mahsulot yetkazib beruvchi tomon qanday ataladi?
Javob: Musallam ilayh
Shirkati amvol nima?
Javob: Tomonlar pul/mol-mulkni kapital sifatida qo'yib daromad oladigan sheriklik
Muomala layoqati (ahliyati ado) yoshi islom huquqida necha yosh?
Javob: 15 yosh
Shirkati vujuhda tovarni qanday yo'l bilan sotib olinadi?
Nasiyaga (qarzga)
Tovarning asl narxi (tannarx) islom huquqida qanday ataladi?
Javob: Qiymat
Shuf'a (shifoat) huquqi nima?
Javob: Ko'chmas mulkni sotib olishda imtiyozli (ustunlik) huquqi
Shirkati a'mol qanday sheriklik?
Javob: Tomonlar o'z xizmatini sarmoya sifatida qo'yadigan sheriklik
Taraflar o'zlari kelishgan bahoda tuzilgan oldi-sotdi qanday ataladi?
Javob: Musovama
Ko'chmas mulkni imtiyozli sotib olish huquqi (shuf'a) kimga tegishli EMAS?
Ijaraga olgan shaxsga
Taotiy (mu'otoh) usulida shartnoma qanday tuziladi?
Javob: Faqat harakat (amaliy) orqali - og'zaki so'zsiz
Ko'chmas mulkni imtiyozli sotib olishda guvohlar hozirligida rasmiy talab nima deyiladi?
Javob: Talabi-ishhod
Riboning oldini olish uchun yuzaga kelgan shirkatning maxsus shakli nima?
Javob: Muzoraba
'Mahjur alayh' kim?
Javob: Muomala layoqati biror sababga ko'ra cheklangan shaxs
Tannarxda sotish (na foyda, na zarar) qanday ataladi?
Tavliya
Tannarxdan ko'prog'iga, ya'ni foyda bilan sotish qanday ataladi?
Javob: Murobaha
Shuf'a huquqiga ega bo'lgan 3 toifadan birini ayting.
Javob: Sheriklar / Yonma-yon ko'chmas mulk egalari
Oldi-sotdi shartnomasini bitta shaxs tuza oladigan holat qaysi?
Ota o'z bolasining mulkini tasarruf qilganda
Oldi-sotdi shartnomasidagi 4 shartlar guruhini ayting.
Javob: In'iqod, sihhat, nafoz, luzum
Islom huquqida shartnoma tuza olmaydigan shaxslar kimlar?
Voyaga yetmaganlar, aqli norasolar, kasodga uchraganlar, o'lim jazosiga hukm qilinganllar