Dinlarning kelib chiqishi haqida fanda nechta asosiy qarash mavjud?
Javob: Ikki xil qarash – teologik va materialistik yondashuv mavjud.
Teologik yondashuvga ko‘ra din qanday paydo bo‘lgan?
Javob: Din insoniyat yaratilishi bilan birga Alloh tomonidan yuborilgan deb qaraladi.
Materialistik yondashuvga ko‘ra din nima?
Javob: Din inson tafakkuri, hissiyotlari va ijtimoiy hayot mahsuli hisoblanadi.
Animizm nima?
Javob: Ruhlar mavjudligiga, tabiatdagi barcha narsa va hodisalarda ruh borligiga ishonishdir. .
Totemizm nima?
Javob: Odamlarning muayyan hayvon yoki o‘simlik bilan qarindoshlik aloqasi bor deb e'tiqod qilishidir.
Materialistik yondashuvning rivojlanishiga qaysi olimning asari turtki bo‘lgan?
Javob: Charlz Darvinning "Turlarning kelib chiqishi" (1859) asari.
Gerbert Spenser dinning kelib chiqishini nima bilan bog‘lagan?
Javob: Qo‘rquv hissi va ajdodlarga sig‘inish bilan bog‘lagan.
Zigmund Freyd dinning kelib chiqishini qanday tushuntirgan?
Javob: U dinning kelib chiqishini qo‘rquv hissi va "Edip kompleksi" nazariyasi bilan izohlagan.
Maks Myuller dinning kelib chiqishini nima bilan bog‘lagan?
Javob: Tabiat hodisalaridan hayrat va qo‘rquv hissi bilan bog‘lagan (naturalizm).
5. Animizm atamasini ilmiy muomalaga kim kiritgan?
Javob: Ingliz antropologi Eduard Teylor.
Fetishizm nima?
Javob: Moddiy buyumlarga g‘ayritabiiy kuch berib, ularni muqaddas deb e'tiqod qilishdir.
Zamonaviy dinlarda fetishizm qanday ko‘rinishda saqlanib qolgan?
Javob: Tumar, ko‘zmunchoq va tabarruk buyumlarni ulug‘lash shaklida.
Shomonizm nima?
Javob: Ruhlar bilan aloqa o‘rnatishga ishonishga asoslangan qadimgi diniy tasavvurdir.
Shomonlar marosim vaqtida qanday harakatlarni bajargan?
Javob: Qo‘shiq aytish, raqs tushish, nog‘ora chalish va jazavaga tushish orqali marosim o‘tkazgan.
Sehrgarlik (magiya) nima?
Javob: Tabiat va hodisalarga g‘ayritabiiy kuchlar orqali ta'sir ko‘rsatish mumkinligiga ishonishdi
Sehrgarlikning eng keng tarqalgan turi qaysi bo‘lgan?
Javob: Davolash va himoya qilishga qaratilgan sehr-jodu.
Arxeologik ma'lumotlarga ko‘ra, sehrgarlik qaysi davrga borib taqaladi?
Javob: Mustye davriga, taxminan 100–40 ming yil avvalga.
Neolit davrida odamlar hayotida qanday o‘zgarishlar yuz bergan?
Javob: Dehqonchilik, chorvachilik rivojlandi, odamlar o‘troq hayot kechira boshladi.
Dehqonchilikning rivojlanishi diniy tasavvurlarga qanday ta'sir ko‘rsatdi?
Javob: Quyosh, oy, yer, osmon va tabiat kuchlariga sig‘inish kuchaydi.
Totemizmning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Javob: Jamiyatni birlashtirish va tartibga solish.