......... deganda, o‘quvchilarning bilish jarayonida egallab olishi lozim bo‘lgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va ko‘nikmalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi.
Ta’limning mazmuni
......... bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi:
a) ijtimoiy ishlab chiqarishning eng zarur ehtiyojlari, ijtimoiy tuzumning xususiyatlari;
b) davlatning xalq ta’limi va muayyan turdagi o‘quv yurti oldiga qo‘yadigan maqsad va vazifalari;
v) o‘qitish qoidalaridan kelib chiqadigan va o‘quvchilarning imkoniyatlarini (yosh imkoniyatlari va boshqalar) e‘tiborga oluvchi didaktik talablar.
Ta'lim mazmuni
.......... – o'quv materiali zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan, ishonchli va ilmiy jihatdan to'g'ri bo'lishi kerak.
Ilmiylik tamoyili
............ - mavzular oddiydan murakkabga, osondan qiyinga qarab ketma-ketlikda beriladi.
Tizimlilik va izchillik tamoyili
............ - nazariy bilimlar amaliyot bilan uyg'unlashtiriladi va kundalik hayotda qo'llash imkonini yaratadi.
Hayot bilan bog'liqlik tamoyili
.......... – bilim berish bilan birga o'quvchining axloqiy, ma'naviy va intellektual rivojlanishi ham ta'minlanadi.
Ta'lim, tarbiya va rivojlantirish birligi tamoyili
– mazmun o'quvchilarning yoshi, qobiliyati va psixologik xususiyatlariga mos bo'lishi kerak.
O'quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili
............ - ta'lim bosqichlari bir-biri bilan bog'langan bo'lib, oldingi bilimlar keyingi bosqich uchun asos bo'ladi.
Uzluksizlik va uzviylik tamoyili
........... – o'quvchilarda bilim bilan bir qatorda amaliy ko'nikma va kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Kompetensiyaviy yondashuv tamoyili
Ta'lim mazmunini loyihalashning tamoyillari va mezonlariga rioya qilish...........
o'quv jarayonining sifatini oshiradi, o'quvchilarda mustahkam bilim, amaliy ko'nikma va zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa ta'limning samaradorligini ta'minlaydigan eng muhim omillardan biridir.
Ta'lim mazmuni mezonlari nechta va qaysilar
8ta
Dolzarblik, Ilmiy asoslangan lik, Amaliy ahamiyatlilik, Tushunarlilik, Tizimlilik, Integrativlik, Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga moslik, Natijadorlik.
Ta'lim mazmuni quyidagi.......... asosida tanlanadi:
Dolzarblik – zamonaviy jamiyat va mehnat bozori talablariga javob berishi.
Ilmiy asoslanganlik – ilm-fan yutuqlariga mos bo'lishi.
Amaliy ahamiyatlilik – olingan bilimlarni amaliyotda qo'llash imkonini berishi.
Tushunarlilik – o'quvchilarning yoshiga va tayyorgarlik darajasiga mos bo'lishi.
Tizimlilik – mavzularning mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirilgan bo'lishi.
Integrativlik – boshqa fanlar bilan uzviy bog'liq bo'lishi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga moslik – milliy an'analar va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettirishi.
Natijadorlik – belgilangan ta'lim maqsadlariga erishishni ta'minlashi.
Mezonlar
Ta'lim mazmunini belgilab beruvchi asosiy hujjatlar:
Davlat ta'lim standarti (DTS), o'quv reja, o'quv dasturi, darslik va o'quv qo'llanma.
......... – ta'limning maqsadi, vazifalari, o'quvchilarning egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va kompetensiyalarga qo'yiladigan minimal talablarni belgilaydi.
Davlat ta'lim standarti (DTS)
....... – ta'lim yo'nalishi bo'yicha o'qitiladigan fanlar ro'yxati, ularning ketma-ketligi va har bir fanga ajratilgan o'quv soatlari miqdorini belgilaydi.
O'quv reja
.......... - har bir fan bo'yicha o'rganiladigan mavzular, ularning mazmuni, maqsadi, vazifalari va ajratilgan soatlarni ko'rsatadi.
O'quv dasturi (fan dasturi)
....... – o'quv dasturi asosida tayyorlangan asosiy o'quv adabiyoti bo'lib, o'quvchilar uchun zarur nazariy va amaliy bilimlarni o'z ichiga oladi.
Darslik
......... – darslikni to'ldiruvchi qo'shimcha adabiyot bo'lib, mavzularni chuqurroq o'rganish va mustahkamlashga yordam beradi.
O'quv qo'llanma
Maktab o‘quvchilariga bilim berish yoshiga qarab nechta tizimga solinadi va qoidalarga asoslanadi
3ta
a) Boshlang‘ich ta’lim - I- IV sinflar.
b) Umumiy o‘rta ta’lim - V-IX sinflar.
v) O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, akademik litseylar, kasb-hunar kolleji.
DTSning amaliy ahamiyati
ta'lim sifati va mazmunining bir xil bo'lishini ta'minlaydi, o'quvchilar bilimini adolatli baholashga imkon yaratadi.
O'quv rejaning amaliy ahamiyati
ta'lim jarayonini tartibli tashkil etish, vaqtni to'g'ri taqsimlash va barcha fanlarni o'z vaqtida o'qitishni ta'minlaydi.
Ta'lim mazmunini belgilab beruvchi hujjatlar
Davlat ta'lim standarti (DTS) – ta'limning davlat talablarini belgilaydi.
O'quv reja – fanlar va o'quv soatlarini taqsimlaydi.
O'quv dasturi – fan mazmuni va mavzular ketma-ketligini belgilaydi.
Darslik – o'quvchilarning asosiy bilim manbai hisoblanadi.
O'quv qo'llanma – darslikni to'ldiradi va bilimni chuqurlashtiradi.
Kalendar-tematik reja – darslarni yil davomida rejalashtiradi.
Ishchi o'quv dasturi – ta'lim muassasasining sharoitiga moslashtirilgan dasturdir.
Kommunikativ kompetensiya – bu
shaxsning turli vaziyatlarda boshqa insonlar bilan samarali, madaniyatli va maqsadga muvofiq muloqot qila olish qobiliyatidir. U nafaqat fikrni aniq bayon etish, balki boshqalarni tinglash, tushunish, hamkorlik qilish va nizolarni madaniyatli hal etishni ham o'z ichiga oladi.
Kompetentlik turlari
6ta
Kommunikativ kompetentlik.
Axborot bilan ishlash kompetentligi.
O'zini o'zi rivojlantirish kompetentligi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentligi.
Milliy va umummadaniy kompetentlik.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan foydalanish kompetentligi.
Darslik - o‘quvchilarning ikkinchi «.......... », chunki u, avvalo o‘quvchi uchun zarur qo‘llanmadir.
muallimi