Rim imperatori Kaligula shu darajada o’z hokimyatidan foydalanganki, unga atab marmardan saroy qurdirgan? Kimga yoki nimaga atab saroy qurgan?
O’z tulporiga atab
1860-yil Kaliforniyada chiqqan e’lon:18 yoshdan katta bo‘lmagan, yosh, ozg‘in va baquvvat yigitlar kerak.
Tajribali chavandoz bo‘lishi va har kuni o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yishga tayyor bo‘lishi shart.
Yetimlar afzal ko‘riladi.
Maosh — haftasiga 25 dollar.
Pochta xodimlari
“1001 kecha” ertaklar turkumida tirik qolish uchun Shahrizoda har kecha podshohga nima qilishi kerak edi?
Ertak aytib berishi kerak edi
Tibetliklarda bu narsa ko’p bo’lishi mehmonga hurmat belgisi bo’lsa, bizda kam bo’lishi hurmat belgisi hisoblanadi. Gap nima haqida ketyapti?
Tibetliklarda mehmon piyolasi doim to’la bo’lshi kerak
Qadimda olimpiada g’oliblarining haykallari nima uchun to’liq yalong’och holatda yasalgan?
Sport bilan shug’ullangan tanasini to’liq namoyish etish uchun. Libosda mushaklar ko’rinmaydi
Boshlovchiga eng kam so’zdan foydalanib paxta qo’ygan inson ballni oladi
200 ball
STERKORARIUS qadimgi Rimda mavjud bo’lgan kasb bo’lib, u rim aholisdagi ularni yig’ib keng dalalarga eltgan va dehqonlarga sotgan. Ushbu kasbni aniq nimani sotganini yoki o’zbek tilida ayting
Go’ng va inson axlatlarini olib ketuvchi
Hans Kristian Andersan ertagida malikaning haqiqiyligini sinash uchun bir usul qo’llashadi. Qirq qavatli ko’rpa va bir narsa orqali haqiqiy malika aniqlanadi. Qanday usulligini ayting?
Qirq qavatli ko’rpa ostiga no’xat donasi qo’yiladi. Haqiqiy malikalar o’ta nozik bo’lib buni sezishi kerak edi
AQShda 1893-yildagi Oliy sud qarori tufayli pomidor qonuniy jihatdan sabzavot sifatida tasniflangan. Botanik jihatdan esa meva. Nimaga oliy sud pomidorni sabzavot sifatida tasniflagan?
Buning sababi o‘sha davrdagi boj solig‘i bilan bog‘liq edi: sabzavotlarga boj solingan, mevalarga esa yo‘q.
Og’izda poyga o’ynang kim yutsa ball o’shaniki
Yutganga 400 ball
2 o’ringa 200 ball
Xitoy imperatori Sin shi Xuandi qarigan chog’ida butun amaldorlariga uni topib kelishni buyurgan. Nimani?
Yoshlik eliksirini
Qadimgi Rimdamarhumning kiyimlarini kiyish, uning yuzi kabi niqobni taqish va marhumga o‘xshab raqsga tushib, uning xatti-harakatlarini taqlid qilish uchun haq to‘langan kasb nomini ayting
Motam masxarabozi
Bir tup tut bir tup tutning tagida bir tup turup. Bir tup tutning tomiri bir tup turup tomirini turtib turibdimi? Bir tup turup tomiri bir tup tutning tomirini turtib turibdimi?
Tez aytishni kim tez ko’p aytsa ball bering
XX asr boshlarida Horace Fletcher o‘zining g‘alati parhezini targ‘ib qilgan. U istagancha yeyishni ammo bu ish orqali degan. Fletcherizm parheziga ko’ra qanday yeyish kerak?
Har bir luqmani 32 marta chaynab yeyish kerak.
Marafon yugurishi aslida Marafon jangidagi bir holatdan kelib chiqqan uning masofasi aynan 42,195 km bo’ladi. Bu qaysi holat?
G’alaba xabarini yetkazgan
Muqaddas Rim imperatori Fridrix II saroyida qoplonlar, sherlar, tuyalar, fillar, burgutlar alohida bir ish uchun boqilgan, bu narsa Frixrix II ga nisbatan jahon hayrati deb atalishiga sabab bo’lgan.
Ulardan kortej sifatida foydalangan
Buxoro amirligi va Xiva xonligida manbalarda qayd etilishicha shotirbegi yoki shotir deb ataluvchi lavozim bo’lgan u nima ish bilan shug’ullangan?
Xon oldida yugirib yelib xizmatini qilib yuruvchi shaxs bo’lgan
“Uch cho‘chqacha” ertagida bo‘ri eng avval qaysi uyni buzadi?
Somondan yasalgan uyni
Xalda ishtirok etmayotgan do’stiga telefon qilib undan 200 ming qarz ola olgan odamga ballni bering
400 ball
Tennis to’pi dastlab oq rangda bo’lgan ammo 1970-yildan o’zgargan bunga sabab nima?
Televizorda oq rangdagi to’p ko’rish qiyin bo’lgan.
Adabiyotlarda aytilishicha Fransiya qiroli Lyudovik XV ko’plab saroy xarajatlari va urushlar olib borgan. Amaldor davlat xarajatlari ko’payotganini ogohlantirganda nima degan?
Mendan keyin ne bo’lsa bo’lar
O’ylab topilgan maqolni kim kulguli qilib yakunlasa ball bering:
Shodi tog’aning echkisi….
Kimda ko’p kulgu bo’ldi?
“Oltin baliq” ertagida chol baliqni tutgach, undan 1-nima so‘raydi?
Javob: Dastlab hech narsa so‘ramaydi — baliqni qo‘yib yuboradi.
Buxoroda Mang’it amirlari davrida osh musobaqasi o’tkazilgan ushbu musobaqa nomi qanday bo’lgan?
Dekchapazi
Nega golf to‘pi tekis emas, yuzasida yuzlab chuqurchalari bor?
Chuqurchalar havo oqimini boshqarib, qarshilikni kamaytiradi va ko‘taruvchi kuchni oshiradi.