Xalqaro moliya institutlari (XMI) nima?
Bir nechta davlat yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etilib, mamlakatlar va loyihalarni moliyalashtirish, maslahat berish, risklarni kamaytirish va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi institutlar.
To‘lov balansi va valyuta zaxirasi muammosi yuzaga kelganda qaysi institutga murojaat qilinadi?
Xalqaro Valyuta Fondiga (IMF).
ICSIDning asosiy vazifasi nima?
Davlat va xorijiy investor o‘rtasidagi investitsiya nizolarini arbitraj va murosaga keltirish orqali hal qilish.
XMI resurslarining mamlakat uchun qanday xavflari bo‘lishi mumkin?
Qarz yukining ortishi, shartlilik, loyihalarning samarasizligi va institutsional qaramlik xavfi mavjud.
TXMMning asosiy 4 ta tayanchi qaysilar?
English common law, xalqaro sud/arbitraj, mustaqil regulator (FSA) va raqobatbardosh soliq rejimi.
XMIlarning asosiy moliyaviy instrumentlari qaysilar?
Kredit, grant, texnik yordam, kafolat va equity.
IMF va Jahon banki guruhining asosiy farqi nimada?
IMF asosan makroiqtisodiy va valyuta barqarorligiga, Jahon banki guruhi esa uzoq muddatli rivojlanish, infratuzilma, sektor islohotlari va kambag‘allikni kamaytirishga e’tibor beradi.
IDAning asosiy vazifasi nima?
Eng kambag‘al va zaif mamlakatlarga imtiyozli kreditlar va grantlar berish hamda kambag‘allikni kamaytirishga yordam berish.
IsDB boshqa institutlardan qaysi jihati bilan ajralib turadi?
Islom taraqqiyot banki rivojlanish loyihalarini islomiy moliya tamoyillari asosida qo‘llab-quvvatlaydi.
TXMMda qanday huquqiy tizim qo‘llanilishi rejalashtirilgan?
Angliya va Uels umumiy huquqi (English common law) hamda equity tamoyillarini qo‘llash nazarda tutilgan.
SDR nima?
SDR — Maxsus qarz olish huquqi, ya’ni IMF tizimida xalqaro zaxira aktivi bo‘lib, mamlakatlarning likvidligini va zaxiralarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
EFF qanday muammolar uchun mo‘ljallangan?
Iqtisodiyotda chuqur va uzoq muddatli strukturaviy muammolar mavjud bo‘lganda, islohotlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi.
IBRD kimlarga moliyaviy yordam beradi?
O‘rta daromadli va kredit olish imkoniyatiga ega past daromadli mamlakatlarga uzoq muddatli rivojlanish kreditlarini beradi.
AIIBning asosiy e’tibori nimaga qaratilgan?
Barqaror infratuzilma, mintaqaviy ulanish (connectivity), texnologik infratuzilma va xususiy kapitalni jalb qilishga.
TXMMning asosiy maqsadi nima?
Global kapitalni jalb qilish, O‘zbekiston moliya bozorini rivojlantirish va mamlakatni xalqaro moliya tizimiga chuqurroq integratsiya qilish.
IMF faoliyatining 3 ta asosiy yo‘nalishi qaysilar?
Iqtisodiy monitoring va siyosiy maslahat, moliyaviy yordam hamda salohiyatni rivojlantirish.
SBA qanday holatda qo‘llaniladi?
Qisqa yoki o‘rta muddatli to‘lov balansi bosimi va makroiqtisodiy inqiroz sharoitida qo‘llaniladi.
IFC qanday faoliyat bilan shug‘ullanadi?
Xususiy sektor loyihalariga kredit, equity, maslahat va sindikatsiyalangan moliyalashtirish orqali yordam beradi.
ADB qanday tashkilot?
Osiyo va Tinch okeani mintaqasida rivojlanish, kambag‘allikni qisqartirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi mintaqaviy rivojlanish banki.
TXMM nima?
Toshkent xalqaro moliya markazi — xalqaro investorlar va moliyaviy kompaniyalar uchun O‘zbekiston hududida alohida huquqiy, tartibga solish va soliq sharoitlariga ega maxsus moliyaviy yurisdiksiya.
IMFning asosiy vazifasi nimadan iborat?
Makroiqtisodiy va valyuta barqarorligini ta’minlash, to‘lov balansi muammolariga duch kelgan mamlakatlarga moliyaviy yordam berish.
Jahon banki guruhi nechta institutdan iborat? va sanab bering
IBRD, IDA, IFC, MIGA va ICSID.
Xorijiy investorlarni siyosiy risklardan himoya qilish uchun kafolat va sug‘urta beradi. Masalan, ekspropriatsiya, urush, valyuta konvertatsiyasi cheklovi va shartnoma buzilishi risklari.
MIGA nima uchun kerak?
EBRD asosan qaysi yo‘nalishlarni moliyalashtiradi?
Xususiy sektor, banklar, energetika, transport, kommunal infratuzilma, yashil iqtisodiyot va korporativ boshqaruv yo‘nalishlarini.
TXMMning Financial Services Authority (FSA) qanday vazifalarni bajaradi?
Moliyaviy tashkilotlarni litsenziyalash, nazorat qilish, qoidalar ishlab chiqish, AML/CFT tizimini yuritish va fintech mahsulotlarini sandbox orqali sinovdan o‘tkazish.