Mualliflik huquqi qachon paydo bo'ladi, ro'yxatdan o'tish kerakmi?
Asar yaratilgan paytda paydo bo'ladi. Ro'yxatdan o'tish yoki boshqa rasmiyatchilik talab qilinmaydi (10-modda).
Bu qaysi modda ?
Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi.
Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida gʻamxoʻrlik qiladi.
53
Hayotning yagona mazmuni insoniyatga xizmat qilishdir.
Lev Tolstoy
Shaxs qaysi davlat fuqarosi ekanini belgilaydigan hujjat.
Pasport
Qonunning 6-moddasida mualliflik huquqi ob'ektlari sifatida nimalar sanalgan?
Adabiy asarlar, drama va ssenariy asarlari, musiqa asarlari, audiovizual asarlar, tasviriy san'at asarlari, EHM uchun dasturlar va boshqa ijodiy ishlar.
Oliy majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlaridan istalgan 2 tasi...
1) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
2) Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qilish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
3) xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish;
4) Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish toʻgʻrisida va uni oʻtkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
6) Oʻzbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;
7) Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;
8) bojxona, valyuta va kredit ishlarini qonun yoʻli bilan tartibga solish;
9) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
10) Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilash;
11) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni joriy qilish;
12) Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yoʻli bilan tartibga solish, chegaralarini oʻzgartirish;
13) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini oʻzgartirish;
14) davlat mukofotlari va unvonlarini taʼsis etish;
15) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
16) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini va uning oʻrinbosarini saylash;
17) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tugʻilganda urush holati eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlash;
18) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
19) Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi har yilgi milliy maʼruzani eshitish;
20) parlament tekshiruvini oʻtkazish;
Muvaffaqiyatsizlikka uchrash og‘ir, biroq eng yomoni muvaffaqiyatga erishish uchun sira harakat qilmaslikdir.
Teador Ruzvelt
Biron-bir masalani hal etish uchun tashkil etiladigan majlis, yigʻilish
Konferensiya
2-modda xalqaro shartnoma va milliy qonun o'rtasidagi ziddiyatni qanday hal qiladi?
Agar xalqaro shartnomada mualliflik huquqi qonunchiligidagidan boshqacha qoida belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.
Prezident o'z vazifasini bajara olmay qolganda uning vakolatlarini kim bajarib turadi va qancha muddatda prezidentlikga saylov o'tkaziladi va kim tomonidan saylov tashkillashtiriladi?
Senat raisi,3 oy,Markaziy saylov komissiyasi
Aql tarozisida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asossizdir.
Abu Ibn Sino
Fuqaroning vafot etgan taqdirda oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkni tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi.
Vasiyat
38-moddaga ko'ra, muallifning mutlaq mulkiy huquqlari odatda qanday yo'l bilan boshqa shaxsga o'tadi?
Mualliflik shartnomasi tuzish orqali.
Konstitutsiyani 1-moddasini so'zma so'z aytip bering!
Oʻzbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega boʻlgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
Davlatning “Oʻzbekiston Respublikasi” va “Oʻzbekiston” degan nomlari bir maʼnoni anglatadi.
“Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”.
Abdulla Avloniy
Oʻz sayti yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali fikr-mulohazalarini, munosabatlarini beruvchi, blog yurituvchi kishi.
Bloger
54-moddaga ko'ra, ijrochining huquqlari qancha muddat amal qiladi?
Ijro birinchi marta amalga oshirilganidan keyin 50 yil.
qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik.
Eng avvalo ezgu axloqqa ega bo‘lishga harakat qiling, zero, axloq qonunning asosidir.
Pifagor
Birovning ishonchiga kirib, aldab mol-mulkini oʻzlashtirib olish
Firibgarlik