Burhoniddin Marg‘inoniyning «Hidoya» asarida iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi qanday qoidalar yoritilgan?
Asarda savdo-sotiq, qarz, ijara, mulkchilik va shartnomalarga oid huquqiy qoidalar yoritilgan.
Forobiy qaysi laqab bilan mashhur?
"Ikkinchi muallim".
Beruniyning eng yirik asarlaridan uchtasini ayting.
"Hindiston", "Yodgorliklar", "Qonuni Mas'udiy".
Ibn Sino necha yil yashagan va nechta asari bor?
980–1037-yillarda yashagan, 280 dan ko'p asari bor.
Nizomulmulk qaysi asarni yozgan va qachon?
"Siyosatnoma" ("Siyar ul-muluk"), 1091-yilda.
Marg‘inoniy qarashlarida mulkchilik va mulkdorning huquqlariga qanday ahamiyat berilgan?
Mulkdan foydalanish, uni tasarruf etish va mulkiy huquqlarni himoya qilishga katta e’tibor berilgan.
Odamlar nega jamoaga muhtoj?
Ehtiyojini yolg'iz qondira olmaydi, shuning uchun o'zaro bir-biriga yordam beradi.
Beruniyga ko'ra, odamlar nega uyushgan holda yashaydi?
Zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun. Ehtiyojlar ko'p bo'lgani uchun birlashib, turar joy va shaharlar yaratadi.
Asar nechta bobdan iborat?
73 bobdan.
U qaysi davlatda vazir bo'lgan?
Saljuqiylar davlatida: avval Alp Arslon, keyin Malikshoh saroyida.
Savdo-sotiq, qarz va ijara qoidalari iqtisodiy hayotda qanday rol o‘ynagan?
Bu qoidalar iqtisodiy bitimlarni tartibga solib, tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilagan.
Forobiy mulk orttirishga qanday qaraydi?
Mulk orttirishda xavf yo'q. Boshqalarga zarar keltiradigan boylik to'plash esa yomon.
Beruniy insonning qadr-qimmatini nima bilan belgilaydi?
Avlod-ajdodi bilan emas, mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan.
Xalq hukmdordan qanday uch narsani kutadi?
Pulning qadrini ushlab turish, xususiy mulk huquqini ta'minlovchi qonunlar va yo'llarni o'g'rilardan muhofaza qilish.
Nizomulmulk davlat xizmatchilariga maosh to'lash haqida nima taklif qiladi?
Maosh martaba va bilimga qarab berilsin (differensiya). U raiyat hisobidan emas, xazinadan to'lansin.
Marg‘inoniy qarashlarida adolat va halollik qanday namoyon bo‘lgan?
Bitimlarda qonun-qoidalarga rioya qilish, tomonlarning huquqlarini himoya qilish va majburiyatlarni bajarish muhim hisoblangan.
Forobiyning mehnatga qarashi nega muhim?
U mehnatni hayot va boylik manbayi deb biladi. Fozil shaharda hamma foydali hunar bilan shug'ullanishi kerak. Quldorlar mehnatga nafrat bilan qaragan davrda bu yangi qarash edi.
Beruniy qul mehnatiga qanday qaraydi va nega?
Majburiy mehnatga qarshi. Bunday mehnat samarasi past, erkin kishilar faoliyati esa ustun.
Ibn Sinoning ideal davlati qanday tavsiflanadi?
Hamma o'z foydasini ko'zlab mehnat qiladi. Boylik teng taqsimlanadi, ashaddiy kambag'allik bo'lmaydi. Halol mehnat tufayli urushlar tugaydi.
Xazina haqidagi 48-faslning asosiy g'oyasi nima?
Shohda ikkita xazina bo'lishi kerak: asosiy va xarajat xazinasi. Asosiy xazinadan bir dirxam ham zaruriyatsiz sarflanmaydi, xazina doim ko'payib boradi. Har ehtimolga qarshi tegilmaydigan zaxira ham bo'ladi
Marg‘inoniyning iqtisodiy qarashlari o‘sha davr iqtisodiyotiga qanday hissa qo‘shgan?
Uning qarashlari savdo-sotiq va mulkiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishga yordam bergan.
Forobiy taqsimotga nega alohida e'tibor beradi?
Taqsimot to'g'ri bo'lmasa, ko'pchilik qashshoqlashadi. Shuning uchun u mavjud boyliklarni to'g'ri hisobga olishni talab qiladi.
Basradagi billur buyumlar misoli nimani ko'rsatadi?
Mehnat taqsimotini: usta o'lchab belgilaydi, hunarmand yasaydi. Beruniy ish haqini samaradorlikka bog'laydi va olimlar mehnatini rag'batlantirish foydali ekanini ta'kidlaydi.
Mehnat taqsimoti haqidagi fikri G'arbdagi qaysi g'oya bilan bog'lanadi?
Taqsimot unumdorlikni oshiradi va sifatni yaxshilaydi, deydi. G'arbiy Yevropada bunga faqat 1776-yilda Adam Smit e'tibor qaratgan.
Nizomulmulk va Makiavelli qarashlari qanday farq qiladi?
Makiavelli hukmdor xalqni kuch va qurol bilan ushlab turishi kerak deydi. Nizomulmulk esa siyosiy jihatdan boshqarishni yoqlaydi: hukmdorning axloqi, adolati va insonparvarligi muhim.