Google Driveʼda tekinga qancha xotira beriladi?
15GB
Google hisobida standart yosh chegarasi necha yosh etib belgilangan?
13 yosh
Elektron jadvallar bilan ishlash uchun qaysi Google xizmati ishlatiladi?
Google Sheets
Telefoningiz va internet aloqasi yoʻq joyda Google hisobingizga kirish uchun oldindan nimadan foydalanish kerak?
Zaxira kodlari / Backup codes
Yangi xabar kelganini tekshirish va xat yuborish uchun qaysi dastur/xizmatga kiramiz?
Gmail
Bitta Google hisobi (Gmail va parol) orqali nechta Google xizmatlariga kirish mumkin?
Barcha Google xizmatlariga bitta hisob orqali kiriladi
Google Docs xizmatining anʼanaviy Microsoft Word dasturidan eng katta afzalligi nimada?
Real vaqt rejimida boshqalar bilan hamkorlikda onlayn tahrirlash
Online taqdimotlar va slaydlar tayyorlash uchun Googleʼning qaysi bepul xizmati ishlatiladi?
Google Slides
Sinfdagi oʻquvchilarga uy vazifasini tarqatish va baholash uchun qaysi Google servisi eng qulay?
Google Classroom
Kuchli parol tarkibida qanday 4 ta asosiy element boʻlishi kerak?
Katta harf, kichik harf, raqam va maxsus belgi
Ikki bosqichli tasdiqlash (2FA) yoqilganda 1-bosqich va 2-bosqichda nima kiritiladi?
1-bosqichda Login/Parol, 2-bosqichda SMS kod yoki bildirishnoma
Internet kafeda yoki birovning kompyuterida Google hisobiga kirgandan soʻng qanday muhim amalni bajarish kerak?
Hisobdan chiqish (Sign out) va brauzer tarixini/parolni saqlamaslik
Google kompaniyasiga qaysi yili asos solingan?
1998-yilda
Google nomi qaysi soʻzdan olingan?
"Googol" (1 raqami va 100 ta nol)
Google’ning birinchi bosh idorasi qayerda joylashgan edi?
Garajda
Google’ning elektron pochta xizmati nima?
Gmail
Google’ning bulutli xotira xizmati nima?
Google Drive
13 yoshdan kichiklarga hisobni kim nazorat qiladi?
Ota-ona (Family Link)
Google parolini unutganda nima yordam beradi?
Tiklash telefon raqami yoki pochta.
Akkauntni qoʻshimcha himoyalash tizimi nima deb ataladi?
Ikki bosqichli tasdiqlash (2FA)
Google’ning bosh qarorgohi (bosh binosi) nima deb ataladi?
Googleplex.
Smartfonlar uchun Google yaratgan mashhur operatsion tizim nima?
Android
Soxta havolalar orqali parol o‘g‘irlash kiberxavfsizlikda nima deyiladi?
Fishing (Phishing)
Zaxira kodlari (Backup codes) jami nechta bo‘ladi?
10 ta