iste'molchilarning muayyan vaqt ichida va ma'lum narxlar darajasida tovar yoki xizmatlarni sotib olishga bo'lgan xohishi va moliyaviy imkoniyati (to'lov qobiliyati)
Talab (Demand)
ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar tomonidan muayyan vaqt ichida va ma'lum narxlar darajasida bozorga chiqarilgan tovar va xizmatlar hajmi.
Taklif (Supply)
bozorda talab hajmi bilan taklif hajmini o'zaro tenglashtiradigan va xaridor bilan sotuvchini birdek qoniqtiradigan narx darajasi.
Muvozanatli narx (Equilibrium price)
mamlakatdagi barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan muayyan vaqt ichida va turli narxlar darajasida bozorga chiqarilgan yakuniy tovar va xizmatlarning umumiy hajmi
Yalpi taklif (Aggregate supply)
- milliy valyuta rasmiy kursining xorijiy barqaror valyutalarga (masalan, AQSh dollari, Yevro) nisbatan qasddan yoki bozor omillari ta'sirida pasaytirilishi.
Devalvatsiya (Devaluation)
muayyan vaqt (ko'pincha bir yil) davomida mamlakat hududi ichida barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan yakuniy iste'mol uchun yaratilgan tovar va xizmatlarning bozor qiymati.
Yalpi ichki mahsulot (YIM / GDP)
mamlakat rezidentlari (fuqarolari va korxonalari) tomonidan ham mamlakat ichkarisida, ham xorijda yaratilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning umumiy bozor qiymati
Yalpi milliy mahsulot (YMM / GNP)
mamlakatda pul massasining tovarlar hajmiga nisbatan ko'payishi natijasida pulning qadrsizlanishi va umumiy narxlar darajasining muttasil o'sishi
Inflyatsiya (Inflation)
tovar va xizmatlar narxi umumiy darajasining pasayishi hamda pul sotib olish qobiliyatining mos ravishda oshishi jarayoni.
Deflyatsiya (Deflation)
iqtisodiyotda ishlab chiqarishning pasayishi (turg'unlik) va ishsizlikning o'sishi bilan bir vaqtda yuqori inflyatsiya jarayonining parallel ravishda kechishi
Stagflyatsiya (Stagflation)
raqobatchilarni bozordan siqib chiqarish maqsadida tovarlarni tashqi yoki ichki bozorda ularning tannarxidan yoki o'rtacha bozor narxidan sezilarli darajada past narxlarda sotish
Demping (Dumping)
bozorda muayyan tovar yoki xizmatni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi yagona bir korxonaning mutlaq hukmronlik holati.
Monopoliya (Monopoly)
muayyan tovar yoki xizmatlar bozorida bir-biri bilan raqobatlashuvchi bir nechta yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi kompaniyalarning hukmronlik holati.
Oligopoliya (Oligopoly)
davlat tomonidan iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash maqsadida davlat budjeti xarajatlari va soliqqa tortish stavkalarini o'zgartirish orqali amalga oshiriladigan siyosat.
Fiskal siyosat (Fiscal policy)
Markaziy bank tomonidan pul massasi, kreditlar hajmi va foiz stavkalarini tartibga solish orqali narxlar barqarorligini ta'minlashga qaratilgan siyosat
Monetar siyosat (Monetary policy)
tovarlar, xizmatlar va pullarning bozorda erkin harakatlanishini hamda iqtisodiy aloqalarni ta'minlovchi muassasalar (banklar, birjalar, sug'urta kompaniyalari, savdo uylari) majmui.
Bozor infratuzilmasi (Market infrastructure)
tijorat banklari jalb qilgan depozitlarining majburiy tarzda Markaziy bankdagi maxsus hisobvaraqda zaxira sifatida saqlanishi shart bo'lgan minimal foiz ulushi.
Majburiy rezerv normasi (Reserve requirement)
davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) davomida shakllanadigan daromadlari va amalga oshiriladigan xarajatlarining qonun bilan tasdiqlanadigan markazlashtirilgan pul fondi (rejasi).
Davlat budjeti (State budget)
muayyan moliya yilida davlat budjeti xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketgan qismi
Budjet defitsiti (Budget deficit)
muayyan moliya yilida davlat budjeti daromadlarining uning xarajatlaridan oshib ketgan qismi
Budjet profitsiti (Budget surplus)
mamlakat ichida ishlab chiqarilgan tovarlar, xizmatlar yoki kapitalning chet el xaridorlariga sotish maqsadida mamlakat bojxona hududidan tashqariga olib chiqilishi
Eksport (Export)
— aktivlarning (mol-mulk, qimmatli qog'ozlar va h.k.) o'z qiymatini yo'qotmagan holda tezlik bilan naqd pulga aylana olish qobiliyati.
Likvidlilik (Liquidity)
— asosiy vositalarning (bino, dastgoh, transport) jismoniy va ma'naviy eshishi natijasida o'z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga qismlab o'tkazib borishi jarayoni.
Amortizatsiya (Depreciation/Amortization)
- daromad olish yoki ijtimoiy samoraga erishish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga, loyihalarga yoki qimmatli qog'ozlarga uzoq muddatga yo'naltiriladigan moliyaviy va moddiy resurslar.
Investitsiya (Investment)
— risklarni kamaytirish maqsadida moliyaviy mablag'larni yoki ishlab chiqarishni bir-biri bilan bog'liq bo'lmagan turli aktivlar, tarmoqlar yoki bozorlar o'rtasida taqsimlash
Diversifikatsiya (Diversification)