YaIM ni nechta hisoblash usuli bor?
3
"Ko‘rgazmali iste'mol" effekti kimga tegishli
T.Veblen
2025-yilda YaIM hajmi birinchi marta 145 milliard AQSh dollaridan oshgan, eksport 33.8 milliard dollarga yetgan davlat qaysi? ( 2 so'zda ayting)
O'zbekiston Respublikasi
Real mahsulot sotib olish quvvatini ko'rsatadigan ko'rsatkich nima?
Xarid Qobiliyati
Kundalik munosabatlar jarayonida stixiyali shakllanadigan, yozilmagan qoidalar nima deb ataladi?
Norasmiy Normalar
Dunyoda eng katta YaIM ga ega davlatlar top 10 taligida, 3 chi o'rinni egallagan davlat qaysi? (2025 )
Germaniya
Okun qonuniga ko‘ra, ishsizlik darajasining tabiiy darajadan 1% ga oshishi, amaldagi YaIMning potentsial YaIMdan qanchaga ortda qolishiga sabab bo‘ladi?
Tahminan 2-3 % ga
barcha iqtisodiy resurslar davlat tasarrufida bo‘lgan, nima ishlab chiqarish, qanchadan sotish va qanday taqsimlash qarorlari markaziy rejalashtirish organlari tomonidan bir tomonlama belgilanadigan tizim nima deyiladi?
Buyruqbozlik iqtisodiyoti
Bir kishi 60 dollarga ot sotib oldi. Keyin uni 70 dollarga sotdi. So'ngra o'sha otni 80 dollarga qayta sotib oldi va 90 dollarga yana sotdi. U jami qancha foyda yoki zarar qildi?
20 dollar foyda qildi
Bu so‘z nemischa so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, hamyon degan ma’noni bildiradi. Bu iqtisodiy atama bo‘lib, hozirgi kunda bir nechta turlari mavjud? Bu qanday so'z?
Birja
Bu oddiy fuqarolarning nohaq, korrupsiyalashgan va samarasiz davlat qonunlariga nisbatan ko'rsatgan o‘z-o‘zini himoya qilish reaksiyasidir. Bu nima?
Xufyona Iqtisodiyot
Umr ko‘rish davomiyligi Eng yuqori bolgan hudud? ( Jahonda)
Monoko
Daromadning o'zgarishi bilan talab miqdorining teskari bog'liqlikda o'zgaradigan tovarlar nima deyiladi?
Past toifali tovarlar
Ichki ehtiyojlardan kelib chiqib, sekin-asta ro'y beradi. Ko'pincha norasmiy normalar bilan kechadi. Xarajati kam, natijasi barqaror > Savol bu nima?
Evolyutsion o'zgarishlar
Joriy yilning dastlabki 8 oyida 5,3 million O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga chiqdi. Eng ko‘p borilgan davlat qaysi?
Qirg‘iziston (2,4 mln),