Merkantilizm atamasi qaysi yillar oralig'ida yaratilgan iqtisodiy adabiyotlarga nisbatan ishlatiladi ?
1500-1750 yillar oralig'ida
Keyingi Merkantilizm qaysi davrlarni qamrab oladi?
16-asrning ikkinchi yarmidan 17-asrning ikkinchi yarmigacha bulgan davrni qamrab oladi.
Merkantilizm qaysi davlatlarda keng tarzda rivojlandi?
Ispanya; Italiya; Angliya; Fransiya.
Iqtisodiyot nazariyasi tarixchilari qaysi yillar oralig'ida iqtisodiy tahlil sifat va miqdor jihatidan mukammallashganini aniqlashgan?
1660-1776 yillar oralig'ida
Fransiyada XVII asrda faol proteksionizm siyosatini olib borgan moliya vaziri kim?
Jan Btist Kolber
Sxolastik iqtisodiyot adabiyotlar bilan merkantilistlar adabiyoti mualliflari o'rtasida qanday farq bor?
Sxoalastik adabiyotlarni o'rta asr cherkov ruhoniylari yozgan, merkantilizm nazariyasini esa savdogar tadbirlorlar yozgan.
Merkantilistlar davlat boyligi haqida qanday fikr yuritishgan?
Davlat boyligi tovar, iste'mol yoki ishlab chiqarishda emas, balki qimmatbaho metallar egaligida deb fikr yuritishgan.
Keyingi merkantilizm vakillaridan biri shotlandiyalik JON LO ning 2ta asarini ayting
1-(Pul va savdo) 1705-yilda chop etilgan.
2-(Regentstvo davri moliya tarixi)
Zamonaviy iqtisodiy tilda merkantilistlar nima deb atalganlar.
Manfaat qidiruvchilar
Fransuz merkantilizmi va klassik siyosiy iqtisoddagi fransuz maktabi qanday nomlangan?
fransuz merkantilizmi kolbertizm, fransuz maktabi esa fiziokratizm deb atalgan.
Merkantilizmning asosiy tamoyillarini sanab bering.
Oltin qimmattbaho narsalarga boylik sifatida qarash; tashqi savdoni tartibga solish; arzon xom ashyo importi; import qilinadigan sanoat tovarlariga proteksionistik tariflar; tayyor mahsulot eksportini rag'batlantirish ; past ish haqni saqlab qolish uchun aholi o'sishini qo'llab-quvvatlash. Ularning asosi-aktiv savdo balansi dokrinasi.
Dastlabki va Keyingi merkantilizmni asosiy farqi nima ?
Dastlabki-(Pul balansiga asoslangan)
Keyingi-(Savdo balansiga asoslangan)
A.Smit merkantilistlar tushuna olmagan nimani tushungan edi. (Boylik haqida )
Boylikning asosiy manbai bu mehnat ekanligini anglab yetdi.
MErkantilistlarni eng katta yutug'i nimada edi.
Iqtisodiyotni tahlil qilish mumkinligini anglab yetganida.
Merkantilistlar qaysi sohalarning qonuniyatlarini aniqlab bergan?
Savdo va pul muomalasi
Merkantilistlar nima uchun ichki iste'molni cheklash va ishchilarga kam ish haqi to'lashni yoqlaganlar?
Merkantilistlar eksportni maksimal darajaga yetkazish, mahsulot tannarxini pasaytirish va ishchilarni tinimsiz mehnat qilishga majburlash uchun shu choralarni yoqlaganlar.
Pul Miqdori va narxlarning umumiy bosqichi o'rtasidagi aloqa 1569 chi yilda kim tomonidan taqdim etilgan? (U qayerlik bulgan).
Fransiyalik JIYN BODIN
Ispaniyada pul bilan mavqeyi teng bulgan narsa nima? Agar u narsani davlatdan olib chiqsa qanday jazo quyilardi?
Qimmatbaho metallar; O'lim jazosi
Keyingi merkantilistlar oldingilarning qanday xatolarini anglab yetgan.
PUl boylik ulchovi emasligini.; barcha davlatlar bir vaqtda ijobiy savdo balansiga ega bulolmasligini.; hech bir davlat uzoq vaqt ijobiy balansini ushlab tura olmasligini; savdo ikkala davlatga ham foydali bulishi mumkinligini; ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti ustunliok berishini.
Merkantilistlar nimalarga etibor bermagan?
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga va ishsizlik muammosiga
Merkantilistlarn xalqaro sa.vdoda bir davlatning boyishi boshqa davlatning zarar ko'rishi hisobiga amalga oshadi, deb hisoblashiga qanday iqtisodiy faraz asos bo'lgan.
Dunyodagi umumiy boylik o'zgarmas, degan faraz.
Dastlabki va keyingi merkantilizm davlatning iqtisodiy siyosatidagi asosiy xususiyatlaridagi farqi nima?
Dastlabki-(Iqtisodiy muammolarning markazlashgan yechimi)
Keyingi-(Savdo va ishlab chiqarishni iqtisodiy tartibga solish usullari)
"Muomalada buzilgan pullar emas, balki to'la qimmatli pullar bo'lishi kerak, chunki faqat ular tashqi tovar aylanmasida yaroqli hisoblanadi" degan g'oya kimga tegishli. (Angliyalik Merkantilist)
UIlyam Stafford
Merkantilistlar va klassik iqtisodchilar shaxsiy manfaat va xalq farovonligi urtasidagi munosabatga qamday qaragan?
Merkantilistlar ularni qarama-qarshi deb bilib, davlat shaxsiy manfaatni yunaltirish kerak degan; klassiklar esa farovonlik tabiiy ravishda shaxsiy manfaatdan kelib chiqadi, deb hisoblagan.
Kolbert davridagi Fransiya siyosati sanoat va qishloq xo'jaligiga qanday turlicha tasir qilgan?
Proteksionizm kuchli manufaktura tarmog'ini yaratdi, lekin, donni chiqarishni taqiqlash va emport qilishni erkinlashtirish fermer xujaliklarining shakllanishiga tusqinlik qildi va ichki bozorning Torligiga olib keldi.