Insonlarga psixologik yordam koʻrsatishni qadimda kimlar bajargan?
Kohinlar, diniy arboblar, faylasuflar
Psixologik xizmatning aynan mutaxassis psixologlar tomonidan amalga oshirilishi nechinchi asrdan boshlangan?
XIX asrdan
Psixologik xizmat dastlab qayerda rivojlangan?
Amerikada
Psixologik xizmat nechinchi yildan boshlab rivojlana boshlagan?
1800- yildan
Amerikaning birinchi amaliyotchi psixologlari qanday muammoni oʻrganishgan?
Oʻz-oʻzini tarbiyalash muammosini
Fransiyada psixologik xizmat qaysi olim tomonidan joriy etilgan?
Alfred Bine
Fransiyada nechinchi yildan boshlab psixologik xizmatni mamlakatda amalga oshirish zarurligi tasdiqlangan?
1894- yildan boshlab
Bine-Simon testi nechinchi yilda yaratilgan?
1905- yilda
Bine-Simon testi nimalarni aniqlashga qaratilgan edi?
Umumiy dastur boʻyicha oʻqiy olmaydigan bolalarni tekshirish orqali aqliy taraqqiyotda orqada qolgan oʻquvchilarni aniqlash
1970- yilda Fransiyada qanday guruhlar psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etdi?
Psixologik -pedagogik yordam
Sobiq sovet Ittifoqida birinchi boʻlib qayerda maktabda psixologik xizmat tashkil etildi?
Estoniyada
X.I Liymets va Yu. L Serd qaysi turdagi yoshlar uchun mahsus maktablarda ish olib bordilar?
Tarbiyasi qiyin oʻsmirlar uchun
Rassiyada nechinchi yilda maktablarda psixolog shtati ochildi?
1982- yilda
Oʻzbekistonda qaysi universitetda ilk bor amaliyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochilgan?
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida
Psixologik xizmatni 3 nuqtai nazardan korib chiqish mumkin bular qaysilar?
Ilmiy nuqtai nazardan
Tashviqot nuqtai nazardan
Amaliy nuqtai nazardan
Ilmiy nuqtai nazar psixologik xizmatning qanday muammolarini ishlab chiqadi?
Metodologik muammolarini
Ilmiy nuqtai nazar ijrochilarining asosiy funksiyasi nimalardan iborat?
Psixologik xizmat ishida psixodiagnostik, psixokorrektsion va rivojlantiruvchi metodlarni ishlab chiqish va nazariy asoslashga bagʻishlangan ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish
Psixologik xizmatni tashviqot nuqtai nazari qanday bilimlardan foydalanishni nazarda tutadi?
Odamlarning psixologik bilimlaridan
Psixologik xizmatning amaliy nuqtai nazari nimani tashkil etadi?
Psixologlarning amalga oshiradigan ishlarini tashkil etadi?
Bugungi kunda psixologik xizmat faoliyatining nechta yoʻnalishi mavjud?
2 ta dolzarb va kelajak yoʻnalishlari
Psixologik xizmatning vazifalarini ayting.
-har bir shaxsning individual xususiyatlari, qiziqishlari, layoqat va qobiliyatlariga muvofiq rivojlanishida uning psixologik imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish
-odamlarning shaxsiy qiziqishlari, moyilliklari, qobiliyatlari, salomatligini inobatga olgan holda psixologik yordam koʻrsatish
Psixologik xizmatning asosiy yoʻnalishlari qaysilar?
Psixodiagnostika
Psixologik targʻibot va tashviqot
Psixoprofilaktika
Psixologik xizmat
Kasb-hunarga yoʻnaltirish
Psixologik diagnostika nimalarni aniqlashga moʻljallangan yoʻnalish hisoblanadi?
Insonni psixologik -pedagogik jihatdan chuqurroq oʻrganishga yoʻnaltirilgan boʻlib, individual xususiyatlarini, muloqotdagi va xulq-atvoridagi nuqsonlarning sababini aniqlashga moʻljallangan
Aholi orasida turli xil psixologik bilimlarni egallash borasidagi tadbirlarni oʻtkazish qaysi yoʻnalishning vazifasi hisoblanadi?
Psixologik profilaktika
Ota- onalarni psixologik bilimlarni egallashga jalb etish , ularni psixologik madaniyatini oshirish maqsadida turli mashgʻulotlar, oʻquv maʼruzalar uyushtirish qaysi yoʻnalishning vazifasi hisoblanadi?
Psixologik tashviqot