Dinamika qatorlari
Iqtisodiy indekslar
Statistika mantiqiy va hayotiy
Ishsizlik va mehnat bozori
Demografiya va aholi harakati
100

Ma’lum bir oy yoki yil davomida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini ko‘rsatuvchi dinamika qatori turi qanday ataladi?

Davriy (intervalli) dinamika qatori.

100

Indeks so‘zi lotincha "Index" atamasidan olingan bo‘lib, qanday ma’nolarni anglatadi?  

Belgi, ko‘rsatkich

100

"Statistika — bu aldamchilikning eng oliy shakli" degan ibora mashhur bo‘lsa-da, statistikaning asosiy maqsadi nimadan iborat?

Ommaviy hodisalarning shaxsiy qarashlardan xoli bo‘lgan miqdoriy va sifat qonuniyatlarini obyektiv ochib berish

100

Mamlakatning iqtisodiy faol aholisi tarkibiga kimlar kiradi?

Ish bilan band bo‘lganlar va rasman ishsizlar.

100

Aholining tug‘ilishi va o‘limi natijasidagi o‘zgarishi statistikada qanday harakat deyiladi?


Aholining tabiiy harakati.

200

Dinamika qatorining klassik multiplikativ modelidagi har yili ob-havo yoki bayramlar sabab takrorlanuvchi komponent qaysi?

Mavsumiy komponent  

200

Mahsulot narxining umumiy agregat indeksida vazn (taqqoslagich) sifatida qaysi davr hajmi olinadi?

Joriy davrdagi mahsulot miqdori

200

Agar guruhdagi 9 nafar talaba 1 mln so‘mdan stipendiya olsa va 10-talaba 100 mln so‘m daromad qilsa, guruhning daromadini baholashda O‘rtacha arifmetik ko‘rsatkich nega yaroqsiz bo‘lib qoladi?

Chunki to‘plamda juda katta qiymat bor va bu o‘rtacha qiymatni sun’iy oshirib yuboradi (bunday holatda Mediana ishlatiladi).

200

Ishchi kuchining texnologiyalar rivojlanishi va iqtisodiyot tarkibiy o‘zgarishi natijasida talab qilinmay qolishi ishsizlikning qaysi turini hosil qiladi?

Tarkibiy (strukturali) ishsizlik.

200

Aholining bir hududdan ikkinchi hududga ko‘chib o‘tishi (migratsiyasi) statistikada qanday harakat deb ataladi?


Aholining mexanik harakati.


300

Qator darajalarining tebranishlarini tekislash uchun ketma-ket o‘rtacha qiymatlarni hisoblash usuli nima deyiladi?  

Sirg‘anchiqli o‘rtachani hisoblash usuli.

300

Sifat ko‘rsatkichlariga qaysi statistik ko‘rsatkichlar kiradi?   


Baho, tannarx, hosildorlik, mehnat unumdorligi, rentabellik

300

Statistika tarixida "Laspeyres" va "Paashe" indekslaridan so‘ng, ularning geometrik o‘rtachasidan kelib chiqib tuzilgan va "Ideal indeks" deb atalgan indeks muallifi kim?

Irving Fisher (Fisher indeksi).

300

Iqtisodiyotda Ishsizlik darajasi va Yevropa/Jahon amaliyotidagi YaIM yo‘qotishlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi mashhur empirik qonun muallifi kim?

Artur Ouken (Ouken qonuni).


300

Demografik statistikada tug‘ilish yoki o‘lim koeffitsiyenti har 1000 nafar aholiga nisbatan hisoblanganda qaysi birlik ishlatiladi?

Promille (‰).

400

Momentli dinamika qatorida sanalar oralig‘i teng bo‘lmaganda o‘rtacha daraja qaysi formula bilan topiladi?   


O‘rtacha arifmetik tortilgan formula bilan

400

 Laspeyres narx indeksi bilan Paashe narx indeksi o‘rtasidagi asosiy nazariy farq nimada?

Laspeyres indeksi vazn sifatida bazis davr hajmini (q0), Paashe indeksi esa joriy davr hajmini (q1) oladi.

400

Bir mamlakatda muzqaymoq sotilishi ko‘payganda, cho‘kish oqibatida vafot etganlar soni ham ortgan. Bu ikkala belgi o‘rtasida korrelyatsiya bor, lekin sabab-oqibat (regressiya) yo‘q. Nega?

Chunki ularning ikkalasiga ham uchinchi yashirin omil — issiq ob-havo (yoz mavsumi) ta’sir ko‘rsatmoqda.

400

Bir kasbdan ikkinchisiga o‘tayotgan yoki o‘z xohishi bilan ish qidirayotgan shaxslar ishsizlikning qaysi turiga kiradi?

Friksion (ko‘ngilli) ishsizlik.

400

Bir mamlakat fuqarolarining doimiy yashash uchun boshqa xorijiy davlatga ko‘chib ketishi statistikada nima deyiladi?

Emigratsiya (Ko‘chib ketish).

500

Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning o‘tmishdagi rivojlanish tendensiyasi (trend) va o‘zaro bog‘liqliklarini tahlil qilgan holda ularning kelajakdagi holatini baholash statistikada nima deb ataladi?

Prognozlash (bashoratlash yordamida baholash).   


500

Bir nechta mahsulotlarning narxi va sotilish miqdori o‘zgarishini bir vaqtning o‘zida tavsiflovchi indeks shakli qanday nomlanadi?

Agregat (umumiy) indeks.

500

"Simpson paradoksi" statistikada nimani anglatadi?

Bir nechta kichik guruhlarda kuzatilgan trend yoki munosabat ushbu guruhlar birlashtirilganda mutlaqo teskari ko‘rinishga o'tib qolishi hodisasi.

500

Mamlakatdagi 16 yoshdan pensiya yoshigacha bo‘lgan, mehnat qilish qobiliyatiga va huquqiga ega aholi qatlami statistikada nima deyiladi?

Mehnat resurslari (yoki Mehnatga layoqatli aholi).

500

Ma’lum bir hududda (masalan, 1 km2 maydonda) o‘rtacha qancha aholi yashashini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich nima deb ataladi?

Aholi zichligi ko‘rsatkichi.

M
e
n
u