Monopolist bozorda narxni kim belgilaydi?
Monopolist korxona.
Dunyodagi eng katta berk suv havzasi qaysi?
Kaspiy dengizi
Qaysi qush orqaga qarab ham ucha oladi?
Kolibri
Qadimgi Yunonistonda demokratiya ilk bor qaysi shaharda shakllangan?
Afina
Bir kishi 10 kun davomida uxlamasdan yashadi. Qanday qilib?
U kechalari uxlagan!
Bir davlat boshqa davlat qarzini to‘lay olmasligini e'lon qilishi nima deyiladi?
Defolt
Qaysi davlat dunyoda eng ko‘p vaqt mintaqasiga ega?
Fransiya
Bir paytlar pul o‘rnida tuz ishlatilgan. Bu qaysi hududda keng tarqalgan?
Qadimgi Rim
Temuchin qaysi unvon bilan butun mo‘g‘ul qabilalarining hukmdori deb e'lon qilingan?
Chingizxon
Nima uchun Antarktida dunyodagi eng katta cho‘l hisoblanadi, garchi u muz bilan qoplangan bo‘lsa ham?
Chunki cho‘l yog‘ingarchilik juda kam tushadigan hududdir
Yuqori inflyatsiya, yuqori ishsizlik va iqtisodiy turg‘unlikning bir vaqtda kuzatilishi
Stagflyatsiya
Qaysi daryo ekvatorni ikki marta kesib o‘tadi?
Kongo daryosi
Dunyoda eng kop soxtalashtiriladigan uchinchi maxsulot
Asal (Myod)
1219-yilda Xorazmshohlar davlatiga qarshi yurish boshlagan mo‘g‘ul hukmdori kim edi?
Chingizxon
Braziliyaning poytaxti Rio-de-Janeyro emas. U qaysi shahar?
Brazilia
Qaysi iqtisodiy hodisada odamlar narxlar oshishidan qo‘rqib, pulni imkon qadar tez sarflashga urinadi?
Giperinflyatsiya
Dunyodagi qaysi davlat 3 ta okean bilan chegaradosh?
Kanada
Qaysi hayvonning barmoq izlari insonnikiga juda o‘xshaydi?
Koala
Tarixda eng qisqa davom etgan urush taxminan 38–45 daqiqa davom etgan. Qaysi ikki davlat o‘rtasida bo‘lgan?
Buyuk Britaniya va Zanzibar
Qaysi sayyorada bir kun uning bir yilidan uzunroq?
Venera
1991-yilda parchalanishi bilan 15 ta mustaqil davlat yuzaga kelgan siyosiy-iqtisodiy tuzilma qaysi?
SSSR
Dunyoda dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan, lekin o‘zi ham dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan davlatlar bilan chegaradosh nechta davlat bor?
2 ta — O‘zbekiston va Lixtenshteyn.
Inson tanasidagi eng katta organ qaysi?
Teri
1804-yilda Napoleon Fransiyada o‘zini kim deb e'lon qilgan?
Imperator
Olmosning kimyoviy tarkibi qaysi elementdan iborat?
Uglerod