Ibn Arabiy qaysi nazariyani keng tarqalishiga asosiy sabab boʻlgan shaxs hisoblanadi?
Vahdatul vujud
Ibn Arabiy qaysi nomlar bilan ulugʻlangan?
Ulugʻ shayx
Aflotunning oʻgʻli
Ixvon us-Safo qachon va qayerda tashkil topgan?
lX asr Basrada
Qurʼonda qaysi paygʻambarning otasi kofir boʻlganligi ochiq zikr etilgan?
Ibrohim alayhissalom
O’tmishda ko‘chmanchilar ro‘zg‘orida u buyum eng qimmat, hatto muqaddas hisoblanardi. Birov agar ko‘chmanchining o‘zini haqorat qilsa,u buni ko‘pincha esdan chiqarib yuborar, ammo o‘sha narsasini haqorat qilsa, bunga asli chiday olmas, urishib-janjallashar, hatto «to‘p»ga solib to‘qqiz ayb jarima soldirtirar edi
Diqqat savol: Ko‘chmanchilar ro‘zg‘orida bunchalik e’zozlangan buyum nima?
Qozon
Ibn Arabiy soʻfiy sifatida Allohga qanday erish mumkinligini aytgan?
Allohni oliy, mutloq haqiqat holda anglash va unga koʻngilni poklash orqali
Ibn Arabiy Vahdatul vujud nazariyasini asosan qaysi kitoblarida bayon qilgan?
Al-futuhotu al-Makkiya
Fususul hikam
"Al-ahkam as-Sultoniyya val-viloyat ad-diniyya" asari kimga tegishli?
Abul Hasan al-Movardiy
"Farzandlaringizni oʻzingiz tarbiya topgan davrga koʻra emas, ular yashaydigan davrga koʻra tarbiyalab ulaytiring" bu gaplarni kim aytgan?
Ali roziyallohu anhu
Chingiz Aytmatovdan ajoyib o'xshatish:
U oyoqlarim ostiga uzun poyandoz solganday, xira tortgan kuzgi yerlarni to'q qizil, binafsha va pushti ranglarga bezab, kiyilaverib uvadasi chiqib ketgan kamzulimning kumushrang tugmalarida olovday yolqinlanib, izg'irindan quvragan chiylarning popuklariga zeb berib turardi. Bu asarni Chingiz Aytmatov "Erta kelgan turnalar " asari uchun yozgan. Biz undan parcha keltirdik.
Diqqat savol: Bir necha so'z bilan bu holatni topib bering?
Quyoshning botishi
Ibn Arabiy kimlarning asarlarini oʻrgangan?
Xarroz, Hakim Termiziy, Xalloj, Gʻazzoliy
Tarjimatu-l ashvoq
Tavhidiyning qaysi asarining asosiy gʻoyasi aql va vahiy orasidagi umumiylikni topish boʻlgan?
Al-imta val-muanasa
Ibroniy taqvimiga koʻra Kislev oyining 25 -kuni qaysi bayram oʻtkaziladi?
Xanukiya
Bir odam 10-qavatda yashaydi. Har kuni ertalab lift bilan pastga tushadi. Kechqurun qaytganda esa lift bilan 7-qavatgacha chiqib, qolgan 3 qavatni piyoda yuradi. Faqat yomg‘irli kunlarda yoki yonida boshqa odam bo‘lsa, 10-qavatgacha lift bilan chiqadi. Nega?
Uning bo‘yi past bo‘lib, liftning 10-qavat tugmasiga yeta olmaydi. Yomg‘irli kunlarda soyaboni bilan yoki boshqa odam yordamida bosadi.
Ibn Arabiyning qarashlarini kimlar tanqid qilgan?
Ibn Taymiya
Taftozoniy
Ibn Xaldun
Ibn Arabiyning toʻliq ismini ayting
Muhiddin Abu Abdulloh Muhammad ibni Ali Hotamiy Toiy
"Paygʻambarlar faylasuflarni emas, faylasuflar paygʻambarlarni ketidan ketish kerak " ushbu jumlalar kimga tegishli?
Abu Xayyom Tavhidiy
Badr jangida musulmonlar safida 2 ta suvoriy (otliq) boʻlgan. Ular:
1. Zubayr ibn Avvom
2. Miqdod ibn Amr
Qadimgi Xitoyda bir narsani "ming chaqirimlik ko‘z" deb atashgan.
Savol: Bugungi kunda biz bu nom bilan nimani atashimiz mumkin?
Teleskop
Qancha asari bor va ulardan ayting? Kamida 5 ta
400 ga yaqin
Al-Futuhot al-Makkiya
Fusus al-hikam
Kitob as-saba
Mafotih Al-gʻayb
Kitob al-haq
Vahdatul vujud nazariyasini tushuntiring?
Alloh taoladan boshqa barcha narsalar shu'un va tayinotlar olamidir. Barcha shu'un va tayinotlar U zotning koʻrinishidir.
Ixvon us-Safo inson kamoloti yoshini necha bosqichga boʻlgan va ular qaysilar?
4 bosqichga
1. Al-Abror val-Ruhama
2. Al-Axyor val-fudalo
3. Al-fudalo val kirom
4. Al-Martabat al-malakiyya
Qurʼonda qaysi suraning har bir oyati "Alloh lafzini oʻz ichiga olgan"
Mujodala
Bir ingliz yozuvchisi: "Bu insoniyatning eng demokratik ixtirosi. Undan podshoh ham, kambag‘al ham bir xil foydalanadi", degan. Gap nima haqida ketmoqda?
Karavot