1-kategoriya: Asosiy tushunchalar
2-kategoriya: Manbashunoslikdagi tamoyillar
3-kategoriya: Amaliy tanlov
4-kategoriya: Fikr va baho
5-kategoriya: “Xatoni top”
100

Ilmiy adabiyotlarni tanlash nima?

Bu ilmiy tadqiqot mavzusiga mos, dolzarb va ishonchli adabiyotlarni aniqlash jarayonidir.

100

Adabiy manbashunoslikda manba tanlashda nimalar e’tiborga olinadi?

Adabiy manbalarni tanlashda asarning kelib chiqish davri, nusxa holati va mualliflik masalasi o‘rganiladi.

100

Qanday manba tanlov xatoga sabab bo‘ladi?

Tadqiqotchi faqat internet maqolalariga tayanib, akademik manbalarni chetlab o‘tgan.

100

“Ilmiy adabiyotlarni tanlash – bu faqat bibliografiya emas, balki ilmiy tafakkurning yo‘nalishini belgilovchi bosqichdir.”

Ilmiy tafakkurning yo‘nalishini nima belgilaydi?

100

Qanday tanlov prinsipi buzilgan?

Tadqiqotchi manbalarni nashr yili yoki muallif nufuzi asosida tanlamagan.

200

Ilmiy adabiyotlarni tanlashda qaysi mezonlar muhim hisoblanadi?

Manbani tanlashda e’tibor beriladigan asosiy uchta mezon — dolzarblik, yangilik va ishonchlilikdir.

200

Matnshunoslikda manba tanlash nimaga yordam beradi?

Matnshunoslikda tanlangan manbalar matnning tahririy o‘zgarishlarini aniqlashga xizmat qiladi.

200

Qanday manba matnshunoslikning nazariy bazasini ta’minlaydi?

Manba sifatida “Matnshunoslik asoslari” (B. Qosimov, 2010) asari tanlandi, chunki u nazariy asos beradi.

200

“Tadqiqotchining manba tanlashdagi ehtiyotsizligi ishning ilmiy qiymatini pasaytiradi.”

Qanday holat ilmiy ish qiymatini tushiradi? 

200

Qanday xato manba tanlashdagi xilma-xillik tamoyiliga zid?

Faqat bitta muallif asarlariga tayanish natijasida tahlil biryoqlama bo‘lgan.

300

Qanday holatda ilmiy ishning konseptual yaxlitligi buziladi?

Tadqiqotchi o‘zi tanlagan adabiyotlarni bir-biri bilan mantiqan bog‘lab tahlil qilmasa, bu holat uning ishining konseptual yagonaligini buzadi.

300

Nima sababdan noto‘g‘ri tanlangan manbalar ilmiy natijaga zarar yetkazadi?

Agar manba tanlovi mavzuga nomutanosib bo‘lsa, tahlil mantiqan uziladi va natijalar ishonchsiz bo‘ladi.

300

Adabiy manbalar tanlashda qanday ilmiy jarayonlar amalga oshiriladi?

Adabiy manbalar tanlanayotganda qo‘lyozma tahlili va nashr tarixi o‘rganiladi.

300

Adabiy manbashunoslikda tarixiylik va zamonaviylik uyg‘unligi tahlilni chuqurlashtiradi.

Qanday tamoyil adabiy manbashunoslikda tahlilni kuchaytiradi?

300

Bu qanday ilmiy etik xato hisoblanadi?

Talaba maqolasida iqtiboslar manba ko‘rsatmasiz berilgan.

400

Tadqiqotchi o‘zi tanlagan adabiyotlarni bir-biri bilan mantiqan bog‘lab tahlil qilmasa, bu holat uning ishining konseptual yagonaligini buzadi. 

Manba tanlashda muallifning ilmiy nufuzi va manbaning nashr etilgan yili ham muhim omil hisoblanadi.

400

Ilmiy adabiyot tanlashda ob’yektivlikni qanday saqlash mumkin?

Klassik va zamonaviy manbalar o‘rtasida muvozanatni saqlash ilmiy ob’yektivlikning asosi sanaladi.

400

Iqtibosni kontekstdan ajratib olish qanday xatoga olib keladi?

Tadqiqotchi “Abdurahmonova (2020)” fikrini kontekstdan uzib olgan, natijada muallif g‘oyasi noto‘g‘ri talqin qilingan.

400

Ilmiy manba tanlovida natijaning muvozanatini nima ta’minlaydi?  

Manba tanlashda xilma-xil qarashlarni qamrab olish ilmiy natijani muvozanatli qiladi.

400

Ilmiylik tamoyiliga zid qanday holat bu yerda sodir bo‘lgan?

Tadqiqotda manba sifatida faqat internet sahifalaridan foydalanilgan.

500

 Qanday tanlov tadqiqot sifatini oshiradi?

Ilmiy adabiyotlarni faqat o‘zbek tilida emas, balki xorijiy manbalar bilan solishtirib tanlash tadqiqotning sifatini oshiradi.

500

Manbaviy izlanish muvaffaqiyatini nima belgilaydi?

Manbaviy izlanishning muvaffaqiyati — tadqiqotchining manbalarni tahliliy o‘qish ko‘nikmasiga bog‘liq.

500

Ilmiy adabiyot tanlashda nimalar asosiy mezon bo‘lishi kerak?

Manba tanlashda subyektiv didni emas, balki ilmiy mezonlarni ustuvor qo‘yish lozim.

500

Qanday yondashuv ilmiy ishda manba tahlilining yo‘qligini ko‘rsatadi?

Tadqiqotchi manbalarni faqat sanab o‘tgan, ammo ularni tahlil qilmagan.

500

Ilmiy ishning nazariy poydevorini nima zaiflashtiradi?

Manbalarni tartibsiz tanlash natijasida tadqiqotda umumiy nazariy asos yo‘qolgan.

M
e
n
u