Mavzu
Mavzu
Mavzu
eski mavzuni esla!
Tavvakkaliga
100

"Bay" so'zi islomda nimani anglatadi

Mahsulotni pul evaziga sotib olish

100

Jazaf qanday savdo turi — ulgurjimi yoki chakanami?

Ulgurji (ko'tara) savdo

100

Sarf so'zining ma'nosi nima?  

Qaytarmoq, o'tkazmoq, sarflamoq

100

"Ribo" so'zining arab tilidagi so'zma-so'z tarjimasi nima?

Ortish", "qo'shimcha" yoki "o'sish" demakdir

100

"Dayn" yoki "qarz" — qarz so'zining lug'aviy ma'nosiga ko'ra qarz nima?

"Bo'lak" — ya'ni berilgan qarz, qarz beruvchi kishiga tegishli mol-mulkning bir qismidir 3x

200

Vazia savdosida tovar qanday narxda sotiladi

Tannarxidan arzon — zarariga sotiladi

200

Murobaha savdosining asosiy xususiyati nima — sotuvchi nimani oshkor qiladi?

Tovarning tannarxini va ustiga qo'yilgan foyda miqdorini ochiq ko'rsatadi

200

Salam savdosida pul qachon to'lanadi — oldinmi yoki tovar kelgandanmi

Oldindan, to'liq va naqd shaklda shartnoma tuzilgan joyning o'zida

200

Riboning ikki asosiy turi qanday nomlanadi?

Ribo an-nasiya (kechiktirilgan muddat uchun ustama) va Ribo al-fadl (teng tovarlarni tengsiz almashtirish) 

200

Salam munosabatlarida qarz to'g'ri bo'lishi uchun qarz beruvchi va oluvchi qanday shartlarga javob berishi kerak?

Ikkalasi ham balog'atga yetgan, aqli hushi joyida bo'lishi va shartnoma tuzishga layoqatli bo'lishi shart 

2x

300

Musovama va murobahaning farqi nima

Murobahada tannarx va foyda ochiq aytiladi, musovamada esa yashiriladi

300

Sarf shartlaridan biri: bir jinsda bo'lgan pullarni almashtirishda nima talab qilinadi?  

Miqdori teng bo'lishi shart

300

Salam savdosida bitim bekor qilinishi mumkinmi? Nima uchun?

Yo'q, bitim qat'iy — bekor qilib bo'lmaydi

300

Ribo al-fadl nima va unga misol keltiring?  

Bir jinsli tovarlarni tengsiz miqdorda almashtirish — masalan 10 gramm eski oltinni 8 gramm yangi oltinga almashtirish ribo hisoblanadi

300

Qarz munosabatlarida "qarzni uzish joyi" masalasida to'rt mazhab ulamolari qanday bir fikrga kelgan?

Qarz faqat qarz berilgan joydagina uzilishi lozim, degan fikrga kelganlar 2x

400

Tavliya savdosi nima uchun "ishonchli savdo" (amana) deb ataladi?

Sotuvchi tovarning asl narxini xaridorga oshkora aytishi shart bo'lgani uchun — aldov yo'q

400

Salam savdosi to'g'ri bo'lishi uchun tovar haqida qanday ma'lumotlar aniq belgilanishi shart? (kamida 4 ta ayting)

Ma'lum o'lchov, ma'lum muddat, jinsi, sifati va navi, yetkazib berish joyi, sarmoya miqdori

400

Sarf bitimida "hiyoriy shart" bo'lishi mumkinmi va nega?

Yo'q, sarf bitimida hiyoriy (tanlov) sharti bo'lishi mumkin emas — bu shartlardan biri

400

Payg'ambarimiz (s.a.v.) hadisida oltita mahsulot zikr etilgan — ularni almashtirish uchun qanday ikki shart bo'lishi kerak?

O'xshashiga o'xshash va tengma-teng (teng miqdorda) hamda qo'lma-qo'l (joyida, kechiktirishsiz) amalga oshirilishi shart

400

Xanafiy mazxabi olimlariga ko'ra qarz muddatini oldinga yoki orqaga surish mumkin bo'lgan to'rt holat nima?  

Vasiyatda, inkorda (qarzni inkor etganda), qozi hukm qilganda va qarz beruvchi mablag'ni boshqa kishiga ko'chirmoqchi bo'lganda 2x

500

Salam savdosida "mahsulotni topshirish muddatida xuddi shunday tovarni bozordan topish imkoni bo'lishi" sharti nima uchun qo'yilgan?

Sotuvchi o'z majburiyatini bajara olishini kafolatlash uchun — tovar bozorda mavjud bo'lmasa bitim to'siqqa uchraydi

500

Murobaha, tavliya va vazia savdolari bir-biridan qanday farqlanadi? Ularning umumiy jihati nima?

Murobaha — tannarx + foyda bilan; tavliya — tannarxga teng; vazia — tannarxdan arzon. Umumiy jihati: barchada sotuvchi tovarning asl narxini xaridorga oshkor qiladi

500

Islom savdo huquqida "muqoyada" va "salam" savdolari ikkalasi ham mahsulotni mahsulotga ayirboshlash turiga kiradi, ammo ularning asosiy farqi nima? 

Muqoyada — ikki tovar hozir mavjud holda ayirboshlanadi (barter); salam — pul hozir to'lanib, tovar keyinroq yetkazib beriladi, ya'ni kechiktirilgan yetkazib berish asosida

500

Ibn Xaldun "Muqaddima" asarida ribo haqida qanday ijtimoiy-iqtisodiy xulosa chiqargan?

Ribo iqtisodiy faoliyatni susaytiradi, jamiyatda ishlab chiqarish va mehnatga rag'batni kamaytiradi hamda davlat tanazzuliga olib keladi

500

Bilol sahobaning past sifatli xurmoni yuqori sifatli xurmoga almashtirgan voqeasida Payg'ambarimiz (s.a.v.) to'g'ri yo'l sifatida qanday maslahat berganlar va bu qaysi ribo turini taqiqlaydi?

"Past sifatli xurmoni avval pulga sot, so'ng tushgan pulga yuqori sifatli xurmo sotib ol" — bu Ribo al-fadlni (teng tovarlarni tengsiz almashtirish) taqiqlaydi; ikki bosqichli halol yo'l ko'rsatilgan 2x

M
e
n
u