Huquqiy munosabatlar deb nimaga aytiladi ?
Huquqiy munosabatlar - shaxslar o'rtasidagi yuridik aloqa bo'lib, bu ularning o‘zaro huquq va majburiyatlarida ifodalanadi. 0‘zaro huquq va burchlarsiz huquqiy munosabat vujudga kelmaydi. Huquqiy munosabatlar - bu ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari bilan tartibga solingan bir qismi bo‘lib, ularning subyektlari subyektiv huquq va subyektiv yuridik majburiyatlarga ega bo‘ladi
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining nechanchi moddalari vijdon erkinligi bilan bog'liq?
18-19-modda
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qaysi tashkilotda qabul qilingan ?
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
1948 yil, 10 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 217 A (III) ko'rsatmasi orqali qabul qilingan va e'lon qilingan.
Qaysi kun "Xalqaro bag‘rikenglik kuni” deb e’tirof etilgan?
16 noyabr
Huquqiy munosabatlarning elementlari qaysilar ?
huquq obyekti
huquq subyekti
yuridik fakt (harakat va hodisa)lar
subyektiv huquq va yuridik majburiyat
BMTga nechtadan ortiq davlat a'zo ?
193
Huquqiy munosabatlar sub’ektlari nechta
toifaga bo‘linadi?
1. insonlar
2. Tashkilotlar
Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi qachon qabul qilingan ?
Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi - 1995 yil oktyabr - 16 noyabrda Parijda YUNESKO Bosh konferentsiyasining yigirma sakkizinchi sessiyasiga to‘plangan Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan qabul qilingan.
Davlatning o‘zi to‘lig‘icha huquq egasi bo‘lishi mumkinmi ?
Davlatning o‘zi to‘lig‘icha huquq egasi bo‘lish holatlari ham mavjud. Masalan, xalqaro huquqiy munosabatlarda
BMTning bosh tashkiloti qaysi ?
Bosh assambleya
HUQUQIY LAYOQAT nima ?
shaxsning huquq normalariga muvofiq sub’ektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo‘la olish qobiliyatidir
HUQUQIY MUOMALA LAYOQATI nima ?
HUQUQIY MUOMALA LAYOQATI — jismoniy va yuridik shaxsning o‘ziga tegishli huquqini o‘zi bevosita amalga oshirish qobiliyatini anglatadi.
Obyekt so'zinning ma'nosi ?
«Ob’ekt» — lotincha so‘zdan olingan bulib, «narsa», «mavzu» degan ma’noni anglatadi.
YURIDIK SHAXSga ta'rif bering ?
O‘z mulkiga, xujalik yuritishida yoki kundalik boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan javob
bera oladigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga
ega bo‘la oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar
va javobgar bo‘la oladigan tashkilot YURIDIK SHAXS hisoblanadi.
tashkilotlar (jamoaviy sub’ektlar) ga kimlarni misol qilsak bo'ladi?
Huquqning jamoaviy sub’ektlariga turli-tuman davlat va nodavlat tashkilotlar hamda idoralar,
shuningdek, davlatning o‘zi xam kiradi.