Jamoat ne’matlarining asosiy belgisi nima?
Raqobatsizlik va iste’moldan chiqarib bo‘lmaslik.
Ta’lim qaysi ne’mat turiga kiradi?
Aralash (meritor) ne’mat.
Jamoat boyliklarini moliyalashtirishning eng asosiy manbasi nima?
soliqlar
Moliyaviy nazoratning vazifasi nima?
Budjet mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanishni tekshirish.
“Davlatning qo‘lida bo‘laman,
Lekin jamiyatga xizmat qilaman.”
Davlat moliya resurslari.
Free-rider kim?
Jamoat ne’matidan bepul foydalanishga urinuvchi shaxs.
Xususiy ne’matlarda iste’mol kim tomonidan cheklanadi?
mulk egasi tomonidan
Talab egri chizig‘ida YE nimani bildiradi?
Ta’limning ijtimoiy nafini.
Budjet siyosatining maqsadi nima?
Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash.
“Puling emasman,
Ammo pulning harakatini boshqaraman.”
G’aznachilik
Jamoat ne’matlarida talab qanday yig‘iladi?
Vertikal yig‘indi bo‘yicha.
Aralash ne’matlarda ijtimoiy naf nimadan kelib chiqadi?
Tashqi samaralardan (externalities).
Jamoat ne’mati bir kishi iste’mol qilganda boshqalarnikiga ta’sir qiladimi?
Yo‘q, ta’sir qilmaydi
Budjet taqchilligi nima?
Xarajatlarning daromaddan oshib ketishi.
“Xarajatni tartiblaydi, daromadni rejalaydi,
Iqtisodiyotni yo‘naltiradi, barqarorlikni ta’minlaydi.
Bu qanday siyosat?”
Budjet siyosati
Xususiy tovarlarda talab yig‘ilishi qanday?
Gorizontal yig‘indi.
Klub ne’matlari muallifi kim?
Dj. Byukenen.
Merit ne’matlar tushunchasini kim kiritgan?
R. Musgrave.
Davlat moliyasini kim boshqaradi?
Prezident, Oliy Majlis, VM, Moliya vazirligi va boshqa organlar.
Davlat puliga egalik qilmayman,
Lekin uni kimga berilayotganini tekshiraman.
Noto‘g‘ri sarf bo‘lsa, birinchi bo‘lib men bilaman.
Men kimman?”
Davlat moliyaviy nazorati (Hisob palatasi).
Pareto optimumi nimani anglatadi?
Ijtimoiy va xususiy ne’matlar optimal muvozanati.
Nima uchun jamoat ne’matlari bozor tomonidan yetarli ishlab chiqarilmaydi?
Free-rider muammosi sababli.
Aralash ne’matlar qanday xususiyatga ega?
Xususiy naf + ijtimoiy naf (tashqi samaralar).
Davlat moliyasi nima?
Davlatning moliyaviy resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish tizimi.
“Daromad kam, xarajat ko‘p,
Ammo menga ruxsat berilsa iqtisod to‘xtamaydi.
Meni haddan oshirsang – inflyatsiya uyg‘onadi.
Bu nima?”
Budjet taqchilligi va uni moliyalashtirish.