Buxoro xonligiga 1501-yilda kim asos solgan ?
Muhammad Shayboniyxon
(1-reja, 18-slayd)
O'rta Osiyodagi uch xonlikdan ikkitasi Buxoro va Xiva. Uchinchisi qaysi?
Qo'qon xonligi.
(1-reja, 15-slayd)
O'rta Osiyoning bosib olinishi necha bosqichda amalga oshirilgan?
To'rt bosqichda.
(2-reja, 42-slayd)
Turkiston general-gubernatorligining birinchi general-gubernatori kim?
K.P. fon Kaufman (1867–1882).
(2-reja, 48 va 60-slaydlar)
1892-yil Toshkentdagi qo'zg'olon qanday nom bilan mashhur?
"Vabo isyoni".
(3-reja, 70-slayd)
Xonlik qaysi hukmdor davrida (1583–1598) qudrati cho'qqisiga chiqqan?
Abdullaxon II
(1-reja, 19-slayd)
Xiva xonligi qaysi yillarda mavjud bo'lgan?
1511–1920-yillar.
(1-reja, 15-slayd)
Toshkent qaysi yilda bosib olingan?
1865-yil iyun oyida.
(2-reja, 42-slayd)
Turkiston general-gubernatorligi qaysi yil va oyda tashkil etilgan?
1867-yil 11-iyunda.
(2-reja, 48-slayd)
1898-yil Andijon qo'zg'olonini kim boshqargan?
Muhammad Ali eshon (Dukchi eshon).
(3-reja, 71 va 77-slaydlar)
Ashtarxoniylar sulolasining asoschisi kim ?
Boqi Muhammad (1601–1605).
(1-reja, 19-slayd)
1756-yildan Buxoroda qaysi sulola hokimiyat tepasiga kelib, davlat "amirlik" deb atalgan?
Mang'itlar.
(1-reja, 22 va 24-slaydlar)
1876-yil 19-fevralda Qo'qon xonligi tugatilib, o'rnida qaysi viloyat tashkil etilgan?
Farg'ona viloyati.
(2-reja, 55-slayd)
Turkiston harbiy okrugi qaysi imperator buyrug'iga asosan tuzilgan?
Aleksandr II (1867-yil 13-iyul).
(2-reja, 48-slayd)
1916-yil qo'zg'olonlarga nima sabab bo'lgan?
Nikolay II ning 25-iyundagi farmoni, unga ko'ra 19–43 yoshli erkaklar front ortidagi ishlarga safarbar qilinishi kerak edi.
(3-reja, 73-slayd)
Ubaydullaxon poytaxtni nega aynan Buxoroga ko'chirgan?
Otasi Mahmud Sulton Buxoro hokimi bo'lgan.
(1-reja, 20-slayd)
Qaysi Buxoro amiri rus podshosining general-adyutanti hisoblangan?
Amir Abdulahad (1885–1910).
(1-reja, 25-slayd)
1873-yil 12-avgustda Xiva xonligi bilan qaysi bitim imzolangan?
Gandimiyon bitimi.
(2-reja, 55-slayd)
Turkiston general-gubernatorligidagi 5 ta viloyatni sanang.
Sirdaryo, Farg'ona, Samarqand, Yettisuv, Kaspiyorti.
(2-reja mavzusi, 63-slayd)
1876-yil 25-aprelda Abdullabek qo'shini qaysi jangda general Skobelev qo'shinidan mag'lub bo'lgan?
Yangiariq jangida.
(3-reja, 68-slayd)
Buxoro xonligidagi yer egaligining uch shaklini ayting.
Mulki sultoniy (davlat), mulk (xususiy), vaqf (din va masjidlar).
(1-reja, 21-slayd)
1920-yilda amirlik tugatilgach, Qizil Armiya qo'li ostida qaysi respublika tuzilgan?
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR).
(1-reja, 30-slayd)
Rossiyaning Turkistonni bosib olishdagi sabablaridan kamida uchtasini ayting.
Arzon xom ashyo bazasi, Rossiya mahsulotlari uchun bozor, Qrim urushidan keyin Qora dengiz portlarining yo'qotilishi o'rnini to'ldirish va Angliya ta'sirini kamaytirish, yersiz aholini ko'chirib keltirish (to'rttasidan istalgan uchtasi).
(2-reja, 40-slayd)
1879-yil 1-yanvarda THO da jami necha nafar harbiy xizmat qilgan?
47 867 nafar (1402 ofitser va 46 465 quyi daraja).
(2-reja, 52-slayd)
Toshkent vabo isyonini bostirishga Sirdaryo viloyati gubernatori sifatida qaysi general bosh bo'lgan?
N.I. Grodekov.
(3-reja, 70-slayd)