Haqida
Muqimiy qachon tug‘ilgan? Qachon vafot etgan?
1850-yilda tuğilgan. 1903-yil 25-mayda vafot etgan
Asarlari nechta asosiy guruhga bo‘linadi?
4 guruhga (lirika, hajviyot, sayohatnoma, maktublar).
“Muqimiy” taxallusining ma’nosi nima?
Bir joyda doimiy turuvchi.
Qaysi janrni mustaqil darajaga ko‘targan?
Sayohatnoma janrini.
Rus tilida chiqqan to‘plami qanday nomlangan?
“Lirika i satira”.
Muqimiy qanday kasb bilan shug‘ullangan?
Xattotlik bilan.
Hajviyotda nima tasvirlanadi?
Jamiyatdagi illatlar tanqid qilinadi.
Lirik janrlari qaysilar?
G‘azal, muxammas, murabba’, masnaviy, ruboiy va boshqalar.
Muqimiy ijodini o‘rganishda kim boshchilik qilgan?
G‘afur G‘ulom.
Epistolyar adabiyot degani nima?
Adabiy maktublar.
Qo‘qonda qanday adabiy guruhga boshchilik qilgan?
Furqat va Zavqiylar ishtirok etgan adabiy guruhga.
Eng mashhur hajviy asari qaysi?
“Tanobchilar”.
“Tanobchilar”da kimlar fosh etiladi?
Sulton Ali va Hakimjon kabi amaldorlar.
Muqimiy o‘zbek adabiyotida qanday o‘rin egallaydi?
Yirik lirik va hajvchi shoir sifatida muhim o‘rin egallaydi.
Qaysi zilzila haqida marsiya yozgan?
1902-yil Andijon zilzilasi haqida.
Qaysi shaharlarga sayohat qilgan?
Namangan, Andijon, Marg‘ilon, Toshkent va boshqalar.
“Saylov” asarida nima haqida yozilgan?
Poraxo‘rlik va adolatsizlik haqida.
“To‘yi Iqonbachcha”da nima tanqid qilingan?
Ziqnalik va pastkashlik.
Ijodida qanday g‘oya yetakchi?
Hayotni sevish va adolatsizlikni fosh etish.
Muqimiy qaysi adabiy muhit vakili?
Qo‘qon adabiy muhiti.
Qaysi madrasalarda o‘qigan?
“Hokim oyim” (Qo‘qon) va “Mehtar anbar” (Buxoro) madrasalarida.
Hajviy asarlarida qanday badiiy vositalar ishlatilgan?
Mubolag‘a, o‘xshatish, qarshilantirish va boshqalar.
“Sayohatnoma” qaysi vaznda yozilgan?
Rajazi murabba’i solim vaznida.
Qaysi davr adabiyotining yirik vakili?
XIX asr oxiri – XX asr boshidagi milliy uyg‘onish davri.
Muqimiy hajviyotda nimasi bilan mashhur?
Ijtimoiy tanqidni kuchli ifodalagani bilan.