Konseptual asos nima?
Konseptual asos deganda, ma'lum bir masala, loyiha yoki g'oyani tushuntirish va asoslash uchun zarur bo'lgan nazariy va ilmiy asoslar tushuniladi.
Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi nechta ustuvor yo'nalishi doirasida nechta maqsadga erishishga qaratilgan?
Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 7 ta ustuvor yo'nalishi doirasida 100 ta maqsadga erishishga qaratilgan.
1997-yildagi "Ta'lim to'g'risida"gi qonun nechta bob va nechta moddadan iborat?
5 bob 34 modda
2020-yildagi "Ta'lim to'g'risida"gi qonun nechta bob va nechta moddadan iborat?
11 bob, 75 modda
O'rta maxsus professional ta'limga ta'rif bering.
O'rta maxsus professional ta'lim texnikumlarda umumiy o'rta, o'rta maxsus, boshlang'ich professional va o'rta professional ta'lim negizida davlat buyurtmasi yoki to'lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan. holda, davomiyligi kamida ikki yil bo'lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari boʻyicha amalga oshiriladi.
Boshlang'ich professional ta'limga ta'rif bering.
Boshlang'ich professional ta'lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta'lim shakli boʻyicha umumta'lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi.
O'rta professional ta'limga ta'rif bering.
O'rta professional ta'lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to'lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi ikki yilgacha boʻlgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari bo'yicha umumiy o'rta, o'rta maxsus ta'lim hamda boshlang'ich professional ta'lim negizida amalga oshiriladi.
"Pedagogning maqomi to'g'risida"gi qonun qachon qabul qilingan va u nechta moddadan iborat?
2024-yil 1-fevral, 21 modda
O'zbekistondan ilk bor "Ta'lim to'g'risida"gi qonun qachon qabul qilingan?
1997-yil 29-avgust
Yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi qonun qachon qabul qilingan?
2020-yil 23-sentyabr
Yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning nechanchi moddasida professional ta'lim va uning darajalari to'g'risida so'z boradi?
10-modda
Taraqqiyot strategiyasining nechanchi bobida ta'lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan maqsadlar belgilab berilgan va u bob qanday nomlanadi?
IV bobi: adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish
Nuqtalar o'rnini to'ldiring: TS 41-maqsad: Maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta'limi tizimida qo'shimcha ..... o'quvchi o'rni yaratish.
1 200 000
Nuqtalar o'rnini to'ldiring: TS 46-maqsad: Oliy ta'lim bilan qamrov darajasini ..... foizga yetkazish va ta'lim sifatini oshirish.
50 foiz
Quyidagilar Taraqqiyot strategiyasining nechanchi maqsadida belgilab qo'yilgan: Maktablarda ta'lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish
44-maqsad
Nuqtalar o'rnini to'ldiring: TS 48-maqsad: Qariyb ..... o'rinli talabalar turar joylarini barpo etish.
100 ming
O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 50-moddasini aytib bering.
Har kim ta'lim olish huquqiga ega va Davlat bepul umumiy o'rta ta'lim va boshlang'ich professional ta'lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o'rta ta'lim majburiydir
Quyidagilar yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning nechanchi moddasida belgilangan? "Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi".
79-modda
Nuqtalar o'rnini to'ldiring: TS 37-maqsad: Har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o'qish imkoniyatini yaratish. Kasbga o'qitish ko'lamini ..... baravar oshirib, jami ..... nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarlarga o'qitish va bu jarayonda nodavlat ta'lim muassasalarining ishtirokini ..... foizga yetkazish
2 baravar, 1 million, 30 foiz
Nuqtalar o'rnini to'ldiring: TS 38-maqsad:2022/2023 yillarda .... yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini ..... foizga, 2024/2025 o'quv yili yakuniga qadar ..... foizga yetkazish.
6 yosh, 90 foiz, 100 foiz