Eshitish qobiliyatiga zarar yetkazadigan fizik xavf nima?
Kuchli shovqin
Zaharli gazlardan nima himoya qiladi?
Respirator yoki gaz niqobi
Biologik xavflarga nima sabab bo‘ladi?
Virus, bakteriya va zamburug‘lar
Hozirgi ish joylarida eng ko‘p uchraydigan psixologik muammo nima?
Stress
Nam qo‘l bilan nimaga tegish mumkin emas?
Elektr jihoziga
Qurilish maydonida ishchilar nima kiyishi kerak?
Kaska va himoya vositalari
Kimyoviy moddalar organizmga qanday kiradi?
Nafas, teri yoki ko‘z orqali
Biologik xavflar ko‘p uchraydigan joyni ayting.
Shifoxona, laboratoriya yoki oziq-ovqat korxonasi
Stress nimani kamaytiradi?
Ish unumdorligini va diqqatni
Yong‘in vaqtida korxonada nima bo‘lishi kerak?
O‘t o‘chirgich, signalizatsiya va favqulodda chiqish yo‘li
Elektr toki nima uchun xavfli?
Jarohat yoki o‘limga olib kelishi mumkin
Kimyoviy xavflar nimaga sabab bo‘ladi?
Zaharlanish, allergiya, teri yoki nafas yo‘li kasalliklari
Biologik xavflar qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?
Yuqumli kasalliklarni
2 ta psixologik xavfni ayting.
Stress, ruhiy bosim, uyqusizlik, asabiylik
Yong‘inning asosiy sabablaridan birini ayting.
Qisqa tutashuv, gaz sizishi yoki ehtiyotsizlik
Fizik xavflarga 2 ta misol ayting.
Elektr toki, vibratsiya, radiatsiya, yuqori harorat, shovqin
Kimyoviy xavflar qayerlarda ko‘p uchraydi?
Zavod, laboratoriya va kimyo sanoatida
Biologik xavflarning oldini olish uchun nima qilish kerak?
Tozalik, dezinfeksiya, maxsus kiyim va tibbiy ko‘rik
Doimiy stress qanday kasalliklarga sabab bo‘ladi?
Yurak va asab tizimi kasalliklariga
Yangi texnologiya bilan ishlashdan oldin xodimlarga nima beriladi?
O‘qitish va xavfsizlik yo‘riqnomasi
Nosoz elektr jihozidan foydalanish nimaga olib keladi?
Tok urishi, yong‘in, jarohat yoki o‘limga
Kimyoviy xavfni kamaytirishda qaysi tizim muhim?
Ventilyatsiya tizimi
Sanitariya qoidalariga amal qilinmasa nima bo‘ladi?
Kasalliklar tez tarqaladi
Nima uchun dam olish muhim?
Ruhiy va jismoniy salomatlikni saqlaydi
Mehnat kodeksiga ko‘ra xavfsiz ish sharoitini kim yaratishi kerak?
Ish beruvchi yoki korxona rahbari